‘z b e k I s t n r e s p u b L ik a s I o L iy va o r t a m a X s u s t a ’l im V a z ir L ig I sh. J. Ergashxo‘jayeva innovatsion marketing


In n o v a tsiy a la r n i siljitislid a



Download 3,32 Mb.
Pdf ko'rish
bet70/86
Sana12.06.2022
Hajmi3,32 Mb.
#659088
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   86
Bog'liq
Innovarsion marketing. Ergashxo`jaeva SH. J (1)

9.3. In n o v a tsiy a la r n i siljitislid a
iste ’m o lc h ila r b ila n sh a x siy m u loq ot
153


o‘ylanishga vaqt beradi, biroq, boshqa tomondan, shaklga nisbatan 
qattiqroq talablar qo'yadi. Bundan tashqari, ayrim kishilar o 'z indi­
vidual xususiyatlaridan kelib chiqib, imkon qadar yozishmalardan 
uzoqlashishga harakat qiladi.
Texnika taraqqiyoti doimiy ravishda muloqot va yozishmalar 
vositalarini takomillashtirib boradi (va bu yutuqlar tufayli doimiy 
ravishda tezlashib boradi). Ixtisoslashgan ko‘rgazmalarda ko‘rish 
mumkin boigan, hozircha ekzotik sanalgan kommunikatsiyalar tex­
nik imkoniyatlarini chetda qoldirib turadigan bo'lsak, zamonaviy 
axborot va telekommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish 
yuqori sifatli ichki va global telefon aloqasidan, tarmoq texnikasi- 
dan, internet va elektron pochtadan, yuqori sifatli bosma qurilma- 
lardan, audio- va videotexnikadan, shuningdek, pochta va kuryerlik 
xizmatlaridan foydalanishga borib taqaladi. Bu innovatsion mahsu­
lotlarni siljitish va kommunikatsiya muammolarining katta qismini 
bartaraf qilish, shuningdek, doimiy ravishda ochilib kelayotgan yan­
gi kommunikatsion imkoniyatlarni o ‘zlashtirish bilan bog‘liq yangi, 
asosan, psixologik innovatsiyalar yaratish uchun yetarlidir.
9.4. R eklam a va uning sam aradorligi tahlili
Innovatsiyalarni bozorga siljitish usullari o ‘ziga xosliklarga ega- 
dir. Reklama tadbirlari maksimal axborot berish xarakteriga ega 
bo‘lishi lozim. Reklamaning eng muhim shakllari - bu reklama 
prospektlari va kataloglari, ixtisoslashgan jurnallardagi nashrlardir. 
Tovarni siljitishning samarali usullari sifatida o ‘quv seminarian va 
ko ‘rgazmalarni ham ko‘rsatish mumkin.
Iste’molchi tovarni xarid qilishni istashi uchun uning mavjudligi 
va sifatlari haqida bilishi lozim. «Ishlab chiqaruvchi-iste’molchi» 
aloqa kanalini esa reklama ta ’minlaydi.
Reklama uni yaratishda inson psixikasining xususiyatlari hisobga 
olingan holdagina maqsadga erishadi. Reklamani qabul qilishning
154


umum e’tiro f etilgan modeli sanalgan AIDM A modeli «e’tib o r- 
qiziqish-istak-m otiv-harakat» zanjirini nazarda tutadi.
Reklamaning ta ’siri undagi reklama qilinayotgan mahsulot baho- 
siga ham. uning foydasiga xizmat qiladigan dalillarga ham b o g iiq
bo‘ladi. Agar iste’molchi bunday baholar va dalillarni topmasa, 
reklama ta’siri ham susayadi. Dalillarni reklama qilinayotgan mah­
sulotning mahsulotini va ajralib turadigan xislatlarini mantiqiy 
ochib beradigan obyektiv dalillarga hamda m a’lum bir hissiyotlar va 
tasvvurlar uyg‘otadigan dalillarga ajratish mumkin. Tadqiqotlarning 
ko‘rsatishicha, reklam a quyidagi hollarda samarali b o iad i:
- mahsulot standartlashtirilgan;
- ko‘plab yakuniy iste’molchilar mavjud;
- qo‘shimcha xizmat ko‘rsatilishi muhim;
- ishlab chiqaruvchi sotuvining katta qismini yangi mahsulotlar 
tashkil qiladi.
Umuman olganda, reklama faoliyatida harakatlarning uchta aso­
siy guruhi mavjud:
- axborot berish (mahsulot mavjudligi va sifatlari qanady ekanli- 
gi haqida xabardor qilish);
- ishontirish (ijobiy hissiyotlar uyg‘otish, tovarni tan olish pozit- 
siyasini shakllantirish);
-m o y illik n i qoilab-quvvatlash (mavjud iste’molchilarni kelusi- 
dagi sotuvlaming asosiy manbasi sifatida mustahkamlash).
Sanoat iste’moli y o ‘nalishidagi innovatsion mahsulotlarni rekla­
ma qilish o ‘z xususiyatlariga ega. U k o 'p jihatdan shaxsiy muloqot- 
larda amalga oshirilib, ko'p axborot talab etadi. Bu kampaniyalar 
uzoq vaqt davom etadi, reklama kampaniyalari budjeti nisbatan 
kamroq (sotuv birligiga hisob-kitob qilganda). Kampaniya, qoidaga 
ko‘ra, har bir xaridor tashkilotda xarid uchun javob beradigan tor 
doiradagi shaxslarga y o ‘naltirilgan b o iad i.
T a’kidlash joizki, reklama ko'pincha yangi mahsulotni sotuvga 
keng taklif etishdan oldin keladi. Shuningdek, yangi mahsulot rekla­
masi iste’molchilarni u bilan dastlabki tanishtirishning o ‘rnini ol-
155


masligi lozim. Aks holda, reklama axborotga keragidan ortiq to ‘yin- 
gan va shu sababli samarasiz bo‘ladi.
Hozirgi paytda ko‘rgazma o ‘tkazishning yangi shakli - ko‘rgaz- 
ma-savdolardan foydalanilmoqda. Bu yerda tovarni do‘konda, sav­
do markazida, ko‘chada yangi tovarni sinab ko‘rish uchun taqdim 
etgan holda namoyish qilish amalga oshirilmoqa. Tovar uni tabiiy 
qo‘llash shaklida namoyish etiladi.
Internet tarmog‘idan foydalanishning keng tarqalishi ko'rgaz- 
malarning boshqa bir noan’anaviy shakli - internet orqali ko‘rgaz- 
malarning paydo bo‘lishiga olib keldi. Bu ko‘rgazmalar virtual real- 
lik va multimedia vositalarini qo‘llagan holda ishlab chiqiladi.

Download 3,32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   86




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish