Iplar qanday toladan iboratligini
bilish uchun quyidagi oddiy
tajribalarni o ’tkazish va ularning natijasiga asoslanib, iplarni farqlash
mumkin. Toza jun iplarni bilish uchun yondirilgan gugurt cho’pini
ipning bir uchiga tutiladi. Agar olov ip bo’ylab asta yo’nalsa va yonib
bo’lgan ipning uchida yumaloq shaklidagi shar hosil bo’lib, unga biroz
tegilganda maydalanib ketadigan bo’lsa, shuningdek, yonish jarayonida
kuygan suyak xidi kelsa. bunday ip toza jun
ip ekanligiga xech shubha
qolmaydi.
Paxta, viskoza tolali iplar yorqin, tez alangalanib yonadi. Yonish
jarayonida kuygan qog’oz xidi keladi, ip yonib bo’lgach mayin kukun
hosil bo ’ladi.
Sintetik iplar yonmaydi, balki olov ta’sirida eriydi, olovga tutilgan
ipning
uchida qattiq, ezishi ancha qiyin bo’lgan sharcha hosil bo’ladi.
Ipning qanday tolalardan iboratligini bilib olgach, jun iplargajun
iplar uchun mo’ljallab tayyorlangan, paxta, zig’ir iplar uchun ularning
o'ziga moslab tayyorlangan bo’yoqlardan foydalanish kerakligini bilish
lozim. Ayrim hollarda ipning aynan jun,
paxta ip, yoki zig’ir tolali ip
emas, balki aralash tolali ip ekanligiga gumon bo’lsa, bunday hollarda
jun va paxta iplar uchun m o’ljallangan 2 ta bir xil rangli bo’yoqdan
loydalanash kerak bo’ladi.
Bo’yoq eritmasini tayyorlash
B o ’yoq eritmasini tayyorlash uchun yarim litrli idishga bo’yoq
upasi solinib, uning ustidan qaynoq suv quyiladi. Agar to’q rang hosil
qilmoqchi bo’linsa, 500 gramm ipga bir yarim - ikki pachka bo’yoq
upasi, ochiq rang hosil qilmoqchi bo’linsa shuncha ipga bir chimdim
(pichoq uchida) bo’yoq upasi ishlatiladi.
Turli rangdagi bo’yoqlarni oz-ozdan qo’shib, kutilmagan natijaga
erishish mumkin. Masalan:
kul rang ip hosil qilish uchun, kul larig
bo’yoq yo’q bo’lsa, u holda 200 gramm ip uchun to’q ko’k yoki qora
rangli bo’yoq upasidan bir chimdim olib, eritma tayyorlab olinadi va bu
eritmada ipni bo’yaladi va kul rang ip hosil qilinadi. Agar aynan shu
eritmaga bir chimdimning yarmisicha, havorang yoki siyox rang bo’yoq
upasi qo’shib
yuborilsa, bu eritmada bo’yalgan ipning rangi kul
rangnamo havorang bo’ladi. Bir chimdim qizil rang bo’yoq upasidan
eritma tayyorlab - pushti rangli ipga; bir chimdim ko’k rang bo'yoq
upasidan eritma tayyorlab - havo rang ipga ega bo’linadi.
eritma tayyorlab - pushti rangli ipga; bir chimdim ko’k rang bo’yoq
upasidan eritma tayyorlab - havo rang ipga ega bo’linadi.
Turli rangli bo’yoq upalarini aralashtirib tayyorlangan eritmada
iplarni bo’yash -ham juda ajoyib natijalar beradi.
To’q sariq (xantal) rangni hosil qilish uchun 80% sariq va 20%
kesak ranglami aralashtirib, eritma tayyorlanadi.
Juda ajoyib kul rang ip
hosil qilish uchun esa, 80% kulrang, 15% jigarrang va 5% qizil rangli
bo’yoq upalari aralashmasi kerak bo’ladi. Bir chimdim kesak rang va
shuncha pushti ranglami aralashtirib, ajoiyb pushti rangga ega bo’linadi.
Bo’yash jarayoni uchun idishni to’g ’ri tanlash kerak. Bo’yaladigan
ip bir tekis bo’yalishi uchun katta emal tog’ora yoki kastryul kerak
bo’ladi. Agar eritmali idishda ipga bemalol erkin suzib,
rangni tekis
shimib olishi uchun imkoniyat bo’lmasa, ip ola-chipor, bir xil tekisda
bo’lmay
bo’yalib
qoladi.
Idishga
solingan
(bo’yoq
eritmasi)
suyuqlikning me’yori ipga nisbatdan 20 marta ortiq bo’lishi kerak.
Masalan: 300 gramm ipni bo’yash uchun 6 litr bo’yoq eritmasi kerak
bo’ladi.
800 - 900 gramm ipni bo’yash uchun esa, juda katta idish kerak
bo’ladi. Buning esa imkoniyati bo’lmasligi mumkin, ya’ni katta idish
yo’q bo'isa, bunday vaqtda bo’yash quyidagicha amalga oshiriladi:
bo’yaladigan ip kalavasi tekis tayoqchaga
kiydiriladi va kalavaning
pastki qismi bo’yoq eritmasiga tushiriladi.Kalavadagi ipning hamma
qismi bo'yoqqa botirilib, bo’yalib bo’lmaguncha, kalava bir tekis asta
aylantirib turiladi. Agar bo’yaladigan ip ko’p bo’lsa ularni bir nechta
bo'lakka bo’lib, bitta eritmada bo’yaladi. Har bir bo'lakning rangi bir
xilga o ’xshasada xech qachon bir xil bo’lib chiqmaydi. Shu sababli bir
xil rangli ko’p miqdorda ip kerak bo’lganda ularni birdaniga bo’yash
lozim, aks holda bir xil rang bo’lsada, turlicha
tovlanadigan iplarga ega
bo’linadi.
Do'stlaringiz bilan baham: