‘z b b ton respublikasi oliy va ‘rta vlaxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti


Muayyan toifadagi vazifalaming yechilish metodikasini ishlab chiqish



Download 3,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet112/273
Sana06.02.2022
Hajmi3,85 Mb.
#433797
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   273
Bog'liq
Azizxo`jayeva N.N.Pedagogik texnologiyalar

1. Muayyan toifadagi vazifalaming yechilish metodikasini ishlab chiqish
uchun zarur bo'lgan bilimlaming talabalar tomonidan o'zlashtirilishini
nazorat qilish;
2. yechilish metodikasini ishlab chiqishni ko'zda tutgan yangi vazifalami
qo'yish;
3. Qo'yilgan vazifaning yechilish metodikasini ishlab chiqishga qaratilgan
talabalaming fikrlashga urinishlarini tashkil etish;
4. Talabalar ishlarining natijalarini tahlil qilish, metodikani ishlab chiqish
jarayonida yuzaga kelgan qiyinchiliklami guruh bo'lib muhokama qilish,
uning sabablari va uni yengish usullarini aniqlash.
Amaliy vazifa va muammolami yechishdagi talabalaming umumiy 
faoliyatini tashkil etishning samarali shakli tadbirkorlik o‘yinlaridir. Ma’lumki, 
tadbirkorlik o‘yinlari talabalaming kollektiv faoliyatini tashkil etishni bildiradi. 
Bu jarayonda uning bo‘lg4isi kasbiy faoliyatining ashyoviy va ijtimoiy mazmuni 
yaratiladi.
Tadbirkorlik o ‘yinlarining pedagogik samaradorligi natijasi ko‘p 
jihatlardan o ‘yinning ssenariysini ishlab chiqish va uning tayyorlanish sifati 
bilan belgilanadi. Tadbirkorlik o‘yinlari talabani amaliy tayyorlashning 
pedagogik vazifalari tizimini yechishga qaratilgan bo(lishi lozim. Bularga 
birinchi navbatda: real kasbiy faoliyat sharoitida qo‘llanadigan amaliy malaka 
va ko‘nikmalami shakllantirish; amaliy vaziyatlar va shunga mos harakat 
usullarini ishlab chiqishni tahlil qiladigan fikrlash qobiliyatlarini 
shakllantirish; guruh (jamoa) faoliyatida faol ishtirok etishini ta’minlaydigan 
qobiliyatlami shakllantirish taalluqlidir.
0 ‘yinning mazmuni va tuzilmasi shunday shakllanishi va shunday tuzilishi 
kerakki, unda shunga mos malaka va qobiliyatlar har bir ishtirokchida butun 
о‘yin davomida shakllansin. 0 ‘yinning pedagogik vazifalari ssenariyda aniq 
ate etishi shart.
0 ‘quv vaziyatini modellashtirish bo‘yicha tadbirkorlik o ‘yinlarini 
tayyorlashda murakkab amaliy vazifalami (muammolami) yechishga qaratilgan 
kasbiy faoliyat mazmuni tanlanadi. Bunda mos vazifalami tahlil qilib chiqish,


uni yechishda ishtirok etadigan rahbarlar va ijrochilami, ulaming vazifalari, 
o 'zaro munosabatlari tartibi, vazifani samarali yechishning ibtidosi, 
bosqichlari va me’yorlari, unga kerak bo'ladigan texnik vositalar, me’yoriy, 
ehtiyoj (spravochnik), metodik va boshqa manbalami aniqlash zarur.
O'quv jarayonini takomillashtirish metodlari muammoli o'qitish 
jarayonida samaradorligi bilan alohida ahamiyatga ega. Ulardan talaba ijodiy 
shaxsni — bo'lg'usi mutaxassisni shakllantirish nuqtai nazardan foydalanish 
maqsadga muvofiqdir. Bunday o'qitishda talabalaming bilish mustaqilligini 
shakllantirish va rivojlantirish katta ahamiyatga ega, chunki u talabalarda 
bilimga bo'lgan barqaror qiziqishning shakllanganligini, tashabbus va mustaqil 
faoliyatning muntazamligini, muayyan aqliy harakatlar va aqliy sifatlar 
tizimini ko'zda tutadi.
Ma’lumki, bilish talabalaming tushunishi uchun bo'lgan aniq fan sathida 
boshlanar va bu bosqichga uning rivojlanishi, qobiliyati mos kelishi, tabiat 
jarayonlari va hodisalarining ichki mohiyati va haqiqiy mazmuniga yetish va 
shu tariqa asl ilmiy bilimlar o'zlashtirilar ekan, bu o'rinda o'qitishning 
faol, muammoli-ijodiy metodlarini qo'llash zarur. Vazifa ilmiy bilimlami 
egallash jarayonida o'z-o'zidan hal bo'lmaydi. Uning yechilishi tafakkumi 
maxsus mashq qildirishga jalb etadi. Shu ma’noda gap o'quv materialini 
o'rganishning muayyan obrazi, tashkiliy, pedagogik maqsadga muvofiqligi 
jarayoni, fikrlashning faol taraqqiy etib borishi, bilish faolligi va talabalaming 
mustaqilligi haqida boradi.
Demak, muammoli o'qitish bu o'qitishning pedagogik texnologiyasi 
bo'lib, o'zining mazmuni va tuzilmasi bo'yicha o'qituvchi va talabaning 
ijodiy jarayonlarini sintezlaydi.
Muammoli o'qitishda pedagogik faoliyatning xususiyatlari o'quv 
axborotlari mazmunini muammoli vazifalar va muammoli vaziyatlarga 
ko'chirish orqali maqsadlami oydinlashtirish jarayonidan iborat bo'ladi.
Ijodiy o'quv faoliyati muammoli o'qitishning asosiy qoidasini saqlagan 
holda — ma’lum darajada harakatlarga erkinlik berish va bu harakatlami bilish 
jarayonining butun tuzilmasi tizimida tartibga tushirish bilan boshqariladi.
Muammoli o'qitishdan foydalangan holdagina talabalarda o'quv 
muammolari va kasbiy vazifalarini yechishda ilmiy tekshirish jihatdan 
yondashuvni tarbiyalash, mustaqil bilish malakasi va m etodlarini 
shakllantirish mumkin. Muammoli o'qitishni qo'llash, bilishni tushunishni 
shakllantirishga yordam beradi, pedagogik ijod va kasbiy mahoratni 
rivojlantirishga psixologik va kasbiy tayyorlikni shakllantiradi.
Muammoli o'qitish o'quv axborotlarining maxsus tuzilmasini ishlab 
chiqishni taqqazo qiladi. Muammoli leksiya texnologiyasi savollar, 
gipotezalar tizimi, uning yechimi, nazorat vatuzatuvlami amalgaoshirish 
tizimi orqali mazmunni muntazam ochib borishni ko'zda tutadi.
Shuningdek, muammoli leksiyada muammoli vaziyat va uni muammoli


hal qilish tizimi ham kiradi. 0 ‘quv jarayonida bunday texnologiyani joriy 
qilish qiziqishni uyg'otadi, aqlni rivojlantiradi, bilish qarshiliklarini yengish 
uchun yo‘l-yo‘riqlar berishni talab qiladi. Shu bilan birga mantiqiy tadqiq 
qilishga yo'llaydi va uni bosqichlar bo'yicha o'igatadi, tafakkuming nazariy 
uslublarini tarbiyalaydi.
Muammoli leksiyani o'tkazishda o'quv axborotlari tuzilmasi shunday 
tasvirlanishi mumkin, ya’ni leksiya «O'zbekiston Respublikasida Xalq ta’limi 
taraqqiyotining hoziigi zamon konsepsiyasi» kabi muammolarga bag'ishlanishi 
mumkin. Bu leksiyani tashkil etishda muammoli vaziyat takliflar bo'yicha 
yechilish usulini tanlash, qo'yilgan muammo yechimi bo'yicha tanlangan 
usullami muhokama qilish, yangi axborotni olib kirish tarzida yaratiladi.
Muammoli vaziyatni yaratish uchun talabalarga ikki nazariy qoida taklif 
etiladi: bu xalq ta’limini bashorat qilish va xalq ta’limi maqsadi. Ularga bu 
muammolardan birini tanlash yoki muammoli vaziyat aniqlab berishi 
lozim bo'lgan o'zlarining yangi nazariy qoidasini tuzish taklif etiladi.
Keyingi bosqichda tanlangan vazifani muhokama qilish tashkil etiladi, 
uning hal qilinish jarayoni kuzatiladi, axborotlar tahlil qilinadi va tanlangan 
yechimning to'g'riligi tekshirib ko'riladi. Undan so'ng yangi nazariy nuqtai 
nazami tuzishga o4iladi.
Muammoli leksiya talabalaming faqat tinglovchi emas, balki faol 
ishtirokchi bo'lishini taqozo qiladi. U ilmiy tafakkur ushibini rivojlantiradi. 
Muammoli vazifalar o'zida operasion-prosessual tarkiblarni birlashtiradi. Ular 
axborot mazmunini yangilash va yangi bilimlar olish orqali tahlilga
tushunish va izohlashga, o'rganilayotgan ilmiy muammolami nazariy jihatdan 
fikrlashga diqqatni jalb qiladi. Muammoli leksiya davomida talabalarda mavjud 
bo'lgan bilimlardan foydalaniladi, ulami yangi axborotlar bilan bog'liq 
ravishda yangilanishini amalga oshiradi.

Download 3,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   273




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish