Z ahiriddin Muhammad Bobur buyuk davlat arbobi va sarkarda



Download 1,17 Mb.
Sana01.01.2022
Hajmi1,17 Mb.
#290398
Bog'liq
Z. M. Bobur


Z ahiriddin Muhammad Bobur – buyuk davlat arbobi va sarkarda

Buyuk Amir Temurning beshinchi avlodi Zahiriddin Muhammad Bobur 1483-yilda Andijonda tugʻilgan.

U koʻplab iste’dodlarga ega boʻlgan inson edi: Hindiston va Afgʻonistonni zabt etgan buyuk sarkarda va davlat arbobi, lirik asarini sharq she’riyatining yorqin asarlari bilan taqqoslash mumkin boʻlgan buyuk shoir, buyuk yozuvchi, geograf va tarixchi, biolog. Uning qalbida ajdodlari va zamondoshlarining ijodi alohida oʻrin egallagan.

Javaharlal Neru, Mahatma Gandi kabi hind davlat arboblari va olimlari Bobur (1483-1530) hamda Boburiylar nafaqat Hindiston uchun, balki taraqqiy etgan dunyo tarixida ham katta ahamiyatga ega ekanligini e’tirof etdilar.

Bobur hamisha el-yurt, xalq uchun mas’uliyatni his etib kelgan. U oʻz oldiga Temuriylar davlatini barpo etish, Samarqand atrofida markazlashgan imperiya tuzish, shu tariqa Sohibqironning orzusini roʻyobga chiqarish vazifasini qoʻydi. Ammo uning istaklari amalga oshmadi. Taqdir irodasi bilan Qobulda taxtga chiqdi, Hindistonda buyuk Boburiylar imperiyasiga asos soldi.

Temuriylar sulolasining buyuk vakillari hisoblanmish boburiylar tarixi hind xalqlari tarixida oʻzining munosib oʻrniga ega. G‘arbdagi boburshunos olimlardan biri ingliz olimi Valdemar Xansen oʻzining 1986 yilda Dehlida chop etilgan “Tovus toj yoki moʻgʻullar saltanati qismati” kitobida boburiylar sulolasining Hindistondagi 332 yillik faoliyatiga yuksak baho beradi: “Hindiston va uning 8 ming yillik tarixi bamisoli bir tovus boʻlsa, oʻsha koʻp ming yillik tarixdagi boburiylar sulolasining 332 yillik hukmronlik davri ana shu tovusning gultojisidir”.

Hindistonda davlatchilik siyosatini mustahkamlash, mayda-mayda feodal, rojaliklarga bo‘linib ketgan yurtni yaxlit davlatga aylantirish, o‘lka viloyatlarini markaziy saltanatga birlashtirish  kabi maqsadlarda Bobur Mirzo Hind zamini sari harbiy yurishlarini amalga oshirdi.

1 525-yilda Bobur Rano Sango bilan ittifoq tuzib, Shimoliy Hindistonni egallash maqsadida Ibrohim Lo’diyga qarshi jangga kirdi.1525-yil kech kuzda  Bobur Panjobni bo‘ysundirdi, 1526-yilda  Panipat qishlog‘i yaqinidagi birinchi jangda Boburshoh qo‘shini Dehli sultoni Ibrohim Lo‘diyning ukasi Mahmud Lo‘diy qo‘shini ustidan g‘alaba qozonib, Bengal shohi Nusratshoh bilan do‘stona aloqalarni o‘rnatdi. 1526-yil apreldagi Panipat j angida Bobur asosiy raqibi, Dehli sultoni Ibrohim Lo‘diyning 100 ming kishilik qo‘shinini o’zining 12 minglik askari bilan tor-mor qiladi hamda Dehlini egallaydi. 1527-yil martda Bobur Sikri yaqinidagi jangda rajputlar sardori Rano Sango qo‘shinini tor-mor etib,  butun Shimoliy Hindiston bo‘ysundurdi.

Zahiriddin Bobur Hindistonda Boburiylar imeriyasiga asos solish bilan birga, pochta-aloqa sohasiga ham jiddiy o‘zgartirishlar kiritdi, vaqt birligiga yangilik joriy etdi, arxitekturada Movarounnahr me’morlik uslublarini qo‘lladi, milliy artilleriya, harbiy-dengiz flotiga asos soldi.

Buyuk Boburiylar imperiyasi davri nafaqat tarixiy ahamiyatga ega, balki Hindistonni ulkan me’moriy yodgorliklar, noyob adabiy-tadqiqot ishlari bilan boyitdi. Hindistonning Buyuk Boburiylar sulolasiga qarashli me’moriy obyektlari – Fotihpur-Sikridagi Shoh saroy majmuasi, Agra, Dehli va Lahor qirgʻoqlari saroylari va bogʻlari kabilardir. Boburiylar tomonidan yaratilgan bogʻlarning eng koʻzga koʻringan namunalari – Kashmirdagi Shalimar (1620) va Lahor bogʻlari (1642), Anantag yaqinidagi Achabal bogʻi, Chashma Shahi Bagh (1632), Kashmirdagi Nishat Bagh bogʻi (1633), Lahor, Dehli, Agra qirlari ichidagi koʻplab bogʻlar; Qobuldagi maqbara va oʻnlab bogʻlar.

B obur doimo bogʻdorchilik faoliyatiga alohida mehr berdi va Hindiston hamda Pokistonda hanuzgacha Samarqand nomi bilan mashhur boʻlgan uzumning yangi navlarini oʻstirdi. Hozirgacha uning koʻplab bogʻlari “Boburi Anguri Xudo” – “Bobur uzum bogʻlari” deb nomlanadi.

Zahiriddin Muhammad Boburning Hindistonni qoʻlga kiritishi tufayli Hindistonda buyuk oʻzgarishlar sodir boʻldi, san’atda, me’morchilik va madaniyatning qator sohalarida ulkan oʻzgarishlar yuz berdi. Boburning tarixchi, geograf, etnograf, nasriy yozuvchi va shoir sifatidagi layoqati hozirgi kunda jahon sharqshunoslari tomonidan keng e’tirof etilmoqda. Tarixchi, iste’dodli soʻz san’atkori, davlat arbobi va sarkarda Bobur vafotidan toʻrt asrdan koʻproq vaqt oʻtdi, ammo uning nomi boqiydir.

Hindiston boburiylardan boʻlgan Humoyun, Akbarshoh, Jahongirshoh, Shohjahon davrlarida, ayniqsa gullab-yashnadi, hududlari kengaydi. Xususan, Akbarshoh va uning nabirasi Shohjahon hind xalqining qalbidan chuqur joy oldilar.

Boburshohning yuragi ba’zan Vatanni – Andijonni qoʻmsab tursa ham, vaqti soati kelib boqiy dunyoga ketgunicha hayotining qolgan qismini Hindistonda bunyodkorlik, davlat va ma’muriy ishlarni odilona hal qilish bilan oʻtkazdi. Boburiylar butun dunyoga mashhur boʻlgan tarixiy obidalarni bunyod etdilarki, ular hozirda ham dunyoni lol qoldirib kelmoqda.

Xulosa qilib aytadigan boʻlsak, Bobur va boburiylar xalqimizning buyuk farzandlaridir. Ular oʻzlarining serqirra faoliyati va ijod durdonalari bilan jahon madaniyati tarixiga munosib hissa qoʻshdilar.

Zahiriddin Boburning (1483-1530) tarjimayi holi juda qiziqarlidir. Bu iste’dodli inson 47 yillik umri davomida tarix va adabiyotda ulkan iz qoldirgan. Uning hayoti va faoliyati haqidagi qiziqarli ma’lumotlar bizning maqolamizda keltiriladi.



1-fakt. Bobur - "Yo‘lbars"

To‘liq ismi - Zahiriddin Muhammad Bobur. Bobur degan nom "yo‘lbars" yoki "sher" degan ma’noni anglatib, jangdagi jasorati uchun berilgan edi. U harbiy jasorat va zehnga ega iqtidorli harbiy rahbar edi.

2-fakt. Yorqin shoirlik iste’dodi

Bugungi kun yoshlari Boburning lirik asarlarini deyarli o‘qimaydilar, bu esa mutlaqo noto‘g‘ridir. Uning lirikasi  insonning go‘zalligi va muhabbati haqidashi qo‘shiqdir. U o‘z asarlarida chin, halol, vafodor insonni ulug‘laydi. Adolatli va munosib odamni yuksaltiradi.

U o‘z his-tuyg‘ularini shunday nozik va nafislik tasvirlab beradiki, uning muhabbat satrlarini o‘qib, insonda ushbu dahoning g‘oyat chuqur va hissiy tabiati haqida tushuncha shakllanadi.

Har yerdaki gul bo‘lsa, tikon bo‘lsa, ne tong?!

Har qandaki may durdidan bo‘lsa, ne tong?!

She’rimda agar xazl, agar jid, kechurung,

Yaxshi borida agar yomon bo‘lsa, ne tong?!

3-fakt. Buyuk Mo‘g‘ullar imperiyasining asoschisi

Buyuk Mo‘g‘ullar imperiyasi Bobur boshchilidagi hukmron sinf Hindistonga kirib borganda uning tomonidan tashkil etilgan. Imperiya 16-asrning o‘rtalaridan 18-asr o‘rtalariga qadar ancha vaqt mavjud bo'lib, hozirgi Hindiston, Pokiston, Bangladesh va Afg‘onistonning janubi-sharqiy hududlarida faoliyat ko‘rsatgan.

Shunisi e‘tiborga loyiqki, na Bobur, na Imperiya avlodlari o‘zlarini bunday deb nomlashgan. Bu nom ingliz mustamlakachilari tomonidan berilgan. Shimoliy  Hindiston va Markaziy Osiyodagi musulmon aholini shunday atashgan.

4-fakt. Tojmahalga bevosita aloqador

H indistonning mashhur ramzi – Tojmahal masjid-maqbarasi XVII asrda Boburning nabirasi Shohjahon tomonidan qurilgan. Ushbu ulug‘vor yodgorlikni Boburiylar sulolasining avlodi qurgani, u shunday inshoot qurilishi orqali o‘z nomini abadiylashtirgani haqida kamdan-kam odam biladi.

5-fakt. "Boburnoma" bebaho adabiy yodgorligi

"Boburnoma" – Boburning tarixiy asaridir. Asar haqli ravishda "turkiy nasrning eng yaxshi asari" deb nomlangan. Ushbu kitob tarixiy yozuvlarning qisqa ma’lumoti emas. Asarda Boburning faoliyati, uning muvaffaqiyatli va muvaffaqiyatsiz harbiy yurishlari, boy sarguzasht hayotining barcha voqealari tasvirlangan. Bugungi kunga qadar "Boburnoma" dunyoning 31 tiliga tarjima qilingan.

6-fakt: Alisher Navoiy bilan yozishmalar olib borgan

Bobur o‘z davrining taniqli shoir va yozuvchilari bilan xat va she’rlar almashgan. Bir kuni u buyuk Alisher Navoiyga she’rlarini yubordi va uning ijodi haqidagi ma’qullagan sharhlarini oldi. Keyinchalik "Boburnoma"da Bobur Alisher Navoiyni tengi yo‘q shaxs sifatida tilga olib, uni ilm va san’at odamlarining homiysi deb ataydi.

7-fakt. Gulbadanbegim – Boburning qizi

Gulbadanbegim – Boburning kenja qizi va Islom sharqidagi yagona tarixchi ayol. "Humoyunnoma" asarida o‘z davrining tarixiga oid muhim materiallar, shuningdek, taniqli otasining xotiralari aks ettirilgan.

8-fakt. Andijondagi yodgorlik va Toshkentdagi bog‘

Bobur Andijonda tug‘ilib o‘sgan, shuning uchun bu yerda uning nomi bilan ko‘p narsa bog‘langan. Bu yerda Bobur nomidagi maydon bor, unda baland postamentda qizil granit haykal o‘rnatilgan. Shuningdek, shaharda Bobur kutubxonasi va Milliy bog'ga tashrif buyurish mumkin.

Toshkentda "Bobur nomidagi madaniyat va istirohat bog‘i" bor. "Yashil" bog‘da sayr qilish, stol tennisi o‘ynash, qahvaxonada o‘tirish, qayiqda suzish va shunchaki kapalak shaklidagi ko‘ldan zavqlanish mumkin.

MUSTAQIL ISH

Mavzu: “Zahiriddin Muhammad Boburning harbiy yurishlari”

Bajardi: Nazarova Dilshoda 21-OTSI-2

Tekshirdi: Mayor Mo`minov D. S.



Navoiy-2021
Download 1,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish