Biologiya fanidan tadbir ssenariysi



Download 36 Kb.
Sana18.01.2022
Hajmi36 Kb.
#385769
Bog'liq
Biologiya-tadbir-senariysi


Biologiya fanidan tadbir senariysi.

1-boshlovchi:

Yana bog’da bodom gulladi oppoq,

Qarang keldi bahor, keldi gulbahor.

Kuylab jon baxsh etar taronalarga,

Lola, boychekaklar taratar ifor.

2-boshlovchi:

Porloq egnida hur yashil libosda,

Barchadov-daraxtlar, qirlar-u tog’lar,

Uyg’onish fasli- bu go’zal fasl-bu.

1-b:

Assalom-u alaykum qalbida hamisha yurt ishqi bilan yashovchi, hayot zavqini, ham tashvishli lahzalarida



Suyuvchi, chinakam sursrni shirin diydor deb bilgan

aziz yurtdoshlar.

Assalom-u alaykum bizga bilim berishdan charchamaydigan qalbi qaynoq ustozlar va bilimga chanqoq o’uvchilar. Mana bugun biz “GULLAR VA QUSHLAR” bayramiga atab kichik bir tadbir uyushtirganmiz.

1-b: Mana shu tadbirimizni ochib berish uchun davraga biologiya fani o’qituvchisi va ilmiy bo’lim mudiri Nishonova Lazokat opaga so’zni beramiz. Marhamat.

2. 1-b: Eng avvalo, har bir narsaning yoki shaxsning yaratilish tarixi, kelib chiqishi, rivojlanish darajasi muhim o’rin egallaydi. Chunki tarixiy xotirasiz kelajak yo’q. Shuningdek, biologiya fanining ham o’ziga xos tarixi, rivojlanishi mujassam.

2-b: Uning tarixini esa bizning buyuk bobolarimiz, olimlarimiz barpo etganlar. Datavval, bu ulug’ fanni yuksak darajaga olib chiqishda o’z mehnatlari bilan bu fanga hissa qo’shgan olimlarimiz haqida qisqacha ma’lumot berib o’tamiz. Marhamat.

1-b: Gul yaprog’i kular emish,

Qizlar xirom aylaganda.

Quyosh nurin sochar emish,

Qizlar xirom aylaganda.

2-b: Endigi navbatni iqtidorli o’quvchilarimizdan biriga beramiz. Marhamat.

3. 1-b: bugungi kunda noyob o’simliklar, yoki yo’q bo’lib ketayotgan, insonlar yoki atrof-muhit ta’siri tufayli nobud bo’lib borayotgan gullar, qushlar, o’simliklar ham o’z himoyasiga ega.

2-b: Ya’ni bunday gullar va qushlar O’ZB. RES. “QIZIL KITOB”iga kiritilgan. Hozir navbatni “QIZIL KITOB”haqidagi ma’lumotlarga beramiz.

4. 1-b: Bahor kelib dov-daraxtlar kurtak yozgan, hamma yoq yam-yashil libosga burkangan bir pallada, atrofdagi dillarga xush kayfiyat ulashayotgan xushbo’y xid taratib turgangullar, tong saharda bahor havosidan darak berib ko’ngillarga huzur bag’ishlayotgan sayroqi qushlar bu ko’klam diyorimizga yanada ko’rk bag’ishlab turadi.

2-b: Darhaqiqat, bunday go’zalliklarinsonni o’ziga jalb etadi. Ular qanday xususiyatga egaligi, yanaqanday mo’jizakor ekanligi bilan qiziqamiz va hozir mana shu qiziqqan savollarimizga javob olamiz. Navbatni “GULLAR VA QUSHLAR” haqidagi ma’lumotlarga beramiz.

5. 1-b: Ijod, ilm izlanish – bular insonni dunyoga tanituvchi, uni barkamollikka chorlovchi ulug’ fazilatlardan biridir.

2-b: Demak, hozir navbatni yosh ijodkorlarimizdan biri, ana shunday fazilatga ega bo’lib borayotgan o’quvchimizga navbatni beramiz. Ular barchani ko’nglini o’z ijodlari bilan bahramand etadilar.

6. 1-b: Fasllarning elchisi Bahoroy kirib keldi,

O’zi bilan u birga rizq-u ro’z olib keldi.

Doshqozonda sumalak pishiradi momolar,

Yaxshi niyat qilishar yoshi ulug’ bobolar.

2-b: Biz yoshlarning qalbida orzularimiz bisyor, Yurtboshimizishonchin oqlamoqqa biz tayyor.

Navro’z muborak bo’lsin, yurtdoshlarim sizlarga.

Dunyo nazari bugun qaragandir.

O’ZB. RES.KONS.da ham atrof-muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo’lish, uni ko’z qorachig’day asrab-avaylash to’g’risidagi qonunlar ham belgilab qo’yilgan.

1-b: Hozir mana shu O’ZB. RES. KONS.ning moddalariga navbatni beramiz.

2-b: Mana shu qimmatli vaqtingizni ayamay tadbirimizni e’tibor bilan kuzatganingizdan bag’oyat xursandmiz.

1-b: O’qish va ishlaringizda, hayot faoliyatingizda doimo sizlarga omad tilagan holda “Yurtimiz jamoliga ko’z tegmasin”- deya tadbirimizni yakunlaymiz.



E’tiboringiz uchun tashakkur.
Download 36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish