Bog'liq Vrach faoliyatining huquqiy asoslari (G\'iyosov Z.A.) - 2012 y.
Passiv evtanaziya yoki ortotanaziya to‘liq va qisman bo‘lish mumkin. To‘liq ortotanaziya umidsiz, kuchli azobni boshidan kechirayotgan bemorlar hayotini saqlash va quwatlab turishga qaratilgan aktiv chora-tadbirlardan voz kechishini anglatadi. Qisman ortotanaziya esa zarur bo‘lgan tibbiy yordamni noto‘liq hajmda ko‘rsatishni nazarda tutadi.
Huquq nuqtai-nazaridan ortotanaziya jinoiy harakat bo‘lib, “o‘z kasbiy vazifalarini lozim darajada bajarmaslik” ( 0 ‘zR JK 116-modda) yoki “xavfda qoldirish” ( 0 ‘zR JK 117-modda) sifatida baholanishi mumkin.
Nisden shahri (Angliya) kasalxonasining rahbariyati xavfli o‘smalar, nafas a’zolari va bo‘yrakning surunkali kasalliklarida reanimatsion chora-tadbirlar qo‘llashni ta’qiqlash haqida buyruq bergan. Bunday bemorlaming kasallik tarixiga oldindan maxsus shift NTBR (not to be resuscitated - reanimatsiyaga molik emas) yozib qo‘yilgan.
AQSHning ayrim shifoxonalarida og‘ir, umidsiz bemorlar krovatiga DNR (do not resuscitate - reanimatsiya qilinmasin) harfli taxtachalar osib qo‘yiladi.
Umidsiz bemorlar tomonidan tibbiy muolajalami qisman yoki to‘liq rad etilishini nazariy jihatdan passiv evtanaziyaga taalluqli deb hisoblash mumkin. Shu bilan birga jamiyat ayrim holatlarda amalga oshirilgan ortotanaziya amaliyotiga turlicha munosabat bildiradi. Xususan, ayrim mashhur shaxslarning passiv evtanaziyasi tushunish bilan qabul qilingan.
AQSHning sobiq prezidenti Richard Nikson birinchi insultdan so‘ng vrachlargayozma ravishda murojaat etib, agarda insult ikkin- chi marta takrorlansa v a u o 'z irodasini ma’lum qiladigan holatda bo‘lmasa, hayotini sun’iy tarzda uzaytirishga qaratilgan amaliyotini qo‘llamaslikni iltimos qilgan.
Rakning so‘nggi bosqichi bilan og‘rigan Frantsiyaning sobiq prezidenti Fransua Mitteran shaxsiy vrachi bilan maslahatlashib,
vasiyatnoma rasmiylashtirgandan so‘ng ongli ravishda dori- darmonlar qabul qilishni to‘xtatgan.
“Reanimatsiyaga monelik qiladigan ko‘rsatma” sifatida ilm iy talqin etiladigan ortotanaziya amaliyoti ayrim tadqiqotchilaming fikricha insoniylik elementlariga ega boiib, zamonaviy tibbiyotda o‘zini oqlashi mumkin (A. Ya. Ivanyushkin, 1990).
Harbiy-dala jarrohligining asoschisi N. I. Pirogov tibbiy sortirovka tamoyillarini tuzish jarayonida umidsiz, og‘ir yaralanganlar guruhini ajratgan bo‘lib, ularga yordam ruhoniy va muruwat hamshirasi tomonidan amalga oshirilgan.
Og‘ir bemorlarga tashhis qo‘yish va kasallik oqibatlarini prognoz qilishda “qaltis xatolik”lar bo‘lishi mumkinligi evtanaziyaga qarshi bo‘lganlarning jiddiy asosi hisoblanadi. Buyuk shoir Petrarkani dafn etish marosimiga tayyorgarlik ko‘rilayotgan vaqtda, ko‘mishga bir necha soat qolganda u nafas ola boshlagan. Keyinchalik shoir o‘ziga kelib, yana 30 yil umr kechirgan.
asming mashhur jarrohi Ernst Bergman o‘ziga muolaja qilinmaydigan ichak raki tashhisini qo‘yib, operatsiyani rad etgan.
Uning murdasini tekshirish jarayonida xavfsiz o‘sma topilgan. Ushbu holatda jarrohlik amaliyoti uning hayotini saqlab qolishi mumkin edi.
Munosabatlaming o‘zaro zidligiga qaramay, ayrim davlatlarda passiv evtanaziya sekin-asta jamiyat fikri bilan ma’naviy tomondan tan olinmoqda, alohida mamlakatlarda esa mos tarzdagi qonunlar qabul qilingan. Xususan, Shvetsiyada va Finlandiyada hayotni samarasiz tarzda quwatlab turishni passiv evtanaziya yo‘li bilan to‘xtatish g‘ayriqonuniy hisoblanmaydi. Bemor o‘z irodasini mustaqil va ongli tarzda bildirishi vrach uchun bu kabi qarorni qabul qilinishiga asos hisbolanadi. Bemor hushsiz bo‘lgan holatda uning qarindoshlari tomonidan kiritilgan bu kabi iltimos, huquqiy tomondan asos bo‘la olmaydi.