Vrach majburiyatlari sifatida namoyon bo‘lib bemor, uning qarindoshlari va yaqinlari, hamkasblari oldida rioya etilishi shart bo‘lgan tibbiy etikadan farqli ravishda, bioetikaning asosiy tamoyillari bemor huquqlarini himoya qilishda namoyon bo‘ladi. Umuman olganda ulami quyidagicha shakllantirish mumkin:
Bemoming tushunarli va qulay ko‘rinishda maTumot olish huquqi. Bemor shuningdek vujudga kelishi mumkin bo‘lgan xavf haqida ham ma’lumotga ega bo‘lishi lozim.
Bemor o‘z taqdiriga taalluqli masalalami hal etishda ishtirok etish va qarorlar qabul qilish huquqiga ega.
Insonqadr-qimmatini e’zozlashgava tibbiy etikaning asosiy tamoyili siftida bemor tomonidan patemalizmni mustaqil tanlashga asoslangan shaxsning erkinligi tamoyili.
Bioetikaning bosh tamoyili - bemoming ma’lumotli roziligi (informed consent).
Bag‘rikenglik.
Shunday qilib, tibbiy xodim va bemor o‘rtasida vasiylik ko‘rinishidagi munosabat sifatida keng tarqalgan paternalizm o‘z
o‘mini hamkorlik ko‘rinishidagi munosabatlarga bo‘shatib berdi. Shaxs mustaqilligi tamoyilining ma’naviy qadriyati juda yuqoridir va aynan shu sababli bioetika bemorning hoxish va irodasiga qarshi hattoki unga muruvvat ko‘rsatishni ham mumkin emas deb hisoblaydi.
Bemorning ma’lumotli roziligi muammosi
Vrachmajburiyatlarigataalluqli bo‘lgan vabemomi ehtimoliy xavfdan ogohlantirishni ko‘zda tutadigan mazkur jumla va unga mos amaliyot ilk bor XX asming 50-60 yillarida uchray boshlagan. Haqiqatda, o‘sha vaqtlarda ushbu ma’lumot kasbiy ko‘rinishga ega bo‘lgan.
70-yillardan boshlab Amerika shifoxonalari assotsiatsiyasida bemor huquqlari masalasining qizg‘in muhokamasi boshlandi va shunga mos hujjat - bemor huquqlari haqidagi bill qabul qilindi. Ushbu hujjatga muvofiq ma’lumotli rozilik uchun zarar bo‘lgan ma’lumotlami olish huquqi bemor huquqlari orasida o ‘ta ahamiyatlisi deb e’tirof etildi.
Bemorning ma’lumotli roziligi deganda vrach lozim bo‘lgan informatsiyani tushunarli va qulay ko‘rinishda taqdim etgandan so‘ng rejalashtirilgan tibbiy muolajalami bemor ixtiyoriy qabul qilishi tushuniladi. Shunga mos tarzda “bemorga mo‘ljallangan ma’lumot” jumlasi (“partient oriented information”) paydo bo‘ldi. Ushbu jarayon ikki: ma’lumot berish va rozilik olish bosqichini ko‘zda tutadi.
Ma’lumotni taqdim etish barchaga qulay shaklda amalga oshiriladi va uch ko‘rsatkichda namoyon bo‘ladi:
taklif etilgan tibbiy muolajaning maqsadi va mazmuni; muolaja bilan bog‘liq holda vujudga kelishi mumkin bo‘lgan
xavf;
taklif etilayotgan muolajaning o ‘rnini bosadigan mavjud
al’temativ usul.
Ma’lumotli rozilik jaryonida taklif etilayotgan muolajaning
albtemativ ko‘rinishi haqida tushunchaning bo'lishi o‘ta muhim ahamiyatga ega. Vrach o‘z nuqtai-nazaridan eng qulay va samarali bo‘lgan variant haqida ma’lumot beradi, ammo hal etuvchi qaromi bemoming o‘zi qabul qiladi.
Taklif etilayotgan muolaja bilan bog‘liq bo‘lgan xavftiing mavjudligiga ma’lumot berish jarayonida alohida e’tibor beriladi. Ya’ni, bemor xavfning tavsifi va jiddiyligi, vujudga kelish ehtimoli va tezkorligi haqida xabardor bo‘lishi lozim.
Ixtiyoriy rozilik berish bemomi qaror qabul qilishida muhim bosqich bo‘lib, vrach tomonidan majburlash, aldash, qo‘rqitish va sh. k. tadbirlarni qo‘llamaslikni ko‘zda tutadi. Bemor bilan munosabatda vrach haqqoniy boiishi lozim.
Ma’lumotli rozilikning ikkita asosiy ko‘rinishi farqlanadi: vaziyatli va protsessual.
Birinchi modelda qaror ma’lum bir vaziyatda hodisa sifatida qabul qilinadi. Vrach tashxis qo‘ygandan so‘ng tavsiya etiladigan davolash tadbirlari rejasini tuzadi. Vrach tavsiyanomasi afzalliklari va ehtimoliy xavfi, mavjud albternativ usullar haqidagi ma’lumotlar bilan bemorga taqdim etiladi, va patsient o‘zi uchun tibbiyot nuqtai- nazaridan ma’qul bo‘lgan qaromi qabul qiladi.
Ikkinchi modelda bemor tomonidan qaror qabul qilish uzoq vaqtga cho‘zilib, o‘zaro ma’lumot almashish vrach va bemor muloqotining barcha davrida davom etadi. Ushbu modelda ulaming maqsadi bilan bog‘liq bo‘Igan bir necha bosqich farqlanadi: muloqot o‘matish, muammoni aniqlash, davolash maqsadini belgilash, davolash rejasini tanlash, davolashni tugatish. Bemor mazkur modelda vaziyatli modelga nisbatan ancha aktiv ishtirok etadi.
Ma’lumotli rozilik masalasida Lissabon deklaratsiyasi (JTA, 1981) va Evropada bemor huquqini ta’minlash borasida siyosat haqidagi Deklaratsiya (JSST, 1994) muhim ahamiyatga ega.
Oldinlari tibbiyotning asosiy maqsadi odatiy tarzda bemor hayoti va sog‘lig‘ini saqlash deb hisoblangan. Ushbu maqsadga
erishish ayrim holatlarda bemor erkini cheklash yoki ularga daxl etishi bilan amalga oshirilib, bemomi passiv ko‘rinishdagi muruwat oluvchiga aylantirib qo‘ygan.
Bioetika nuqtai-nazaridan zamonaviy tibbiyotning bosh maqsadi bu bemoming farovonligi bo‘lib, salomatlikni tiklash esa, uning tarkibiy qism sifatida ushbu maqsadga xizmat qiladi. Shaxs mustaqilligini hurmat qilish taraqqiyotning tsivilizatsiya bosqichidagi hayot tarzining bosh qadriyatlaridan biridir. Har qanday inson o‘z sog‘lig‘i va hayoti borasida qaromi mustaqil qabul qilishdan manfaatdordir.