Matematika fani o’qituvchisi Zulxumor Boltaboyevaning 5- sinflarda “Yuz. To‘g‘ri to‘rtburchak va kvadrat yuzi formulalari.”mavzusida ochiq dars ishlanmasi Quyidagi rasmda tasvirlangan devorlar nechta kvadratcha shaklidagi plitkalar bilan qoplangan? - Quyidagi rasmda tasvirlangan devorlar nechta kvadratcha shaklidagi plitkalar bilan qoplangan?
- Ko‘pgina amaliy masalalarda biror yer maydoni, devor, pol yuzini o‘lchashga to‘g‘ri keladi. Bunday hollarda oldin yuz o‘lchov birligini tanlash lozim bo‘ladi.
- Yuz o‘lchov birligi sifatida tomoni uzunlik birligiga teng bo‘lgan kvadrat olinadi. Masalan, agar tomoni 1 m ga teng kvadrat olinsa, yuz o‘lchov birligi 1 m2 (1 kvadrat metr) bo‘ladi. Agar tomoni 1 sm ga teng bo‘lgan kvadrat tanlansa, yuz o‘lchov birligi 1 sm2 (1 kvadrat santimetr) bo‘ladi.
Buni yodda tuting! Masalan, 1- rasmda tasvirlangan birinchi shakl – yuzi 1 sm2 ga teng bo‘lgan 6 ta, ikkinchi shakl esa 8 ta kvadratlardan iborat. Demak, ularning yuzi mos ravishda 6 sm2 va 8 sm2 - Masalan, 1- rasmda tasvirlangan birinchi shakl – yuzi 1 sm2 ga teng bo‘lgan 6 ta, ikkinchi shakl esa 8 ta kvadratlardan iborat. Demak, ularning yuzi mos ravishda 6 sm2 va 8 sm2
ga teng bo‘ladi To‘g‘ri to‘rtburchak yuzi - Bo‘yi 3 sm, eni 6 sm bo‘lgan to‘g‘ri to‘rtburchakni qaraylik. Bu to‘g‘ri to‘rtburchak 6 · 3 = 18 ta birlik kvadratlardan tashkil topgan (2- rasm). Demak, uning yuzi 18 sm2 ga teng. Agar to‘g‘ri to‘rtburchak yuzini – S, bo‘yini – a, enini esa – b harflari bilan belgilasak,
S = ab ko‘rinishidagi to‘g‘ri to‘rtburchak yuzini hisoblash formulasiga ega bo‘lamiz. To‘g‘ri to‘rtburchak yuzini topish uchun uning bo‘yini eniga ko‘paytirish kerak. Ma’lumki, kvadrat tomonlari teng bo‘lgan to‘g‘ri to‘rtbur chakdir. 3- rasmda tasvirlangan kvadratning tomoni 5 sm ga teng. U 5·5=25 ta birlik kvadratdan iborat. - To‘g‘ri to‘rtburchak yuzini topish uchun uning bo‘yini eniga ko‘paytirish kerak. Ma’lumki, kvadrat tomonlari teng bo‘lgan to‘g‘ri to‘rtbur chakdir. 3- rasmda tasvirlangan kvadratning tomoni 5 sm ga teng. U 5·5=25 ta birlik kvadratdan iborat.
Demak, uning yuzi 25 sm2 ga teng. Kvadrat tomonlarini a deb belgilasak, kvadratning yuzi S=a·а formula bilan ifodalanadi. Birining ustiga ikkinchisi qo‘yilganda ustma-ust tushadigan shakllar teng shakllar deb ataladi. Teng shakllarning yuzi ham teng bo‘ladi. - Birining ustiga ikkinchisi qo‘yilganda ustma-ust tushadigan shakllar teng shakllar deb ataladi. Teng shakllarning yuzi ham teng bo‘ladi.
Savollarga javob bering! - 1. Yuz o‘lchov birligi sifatida nima olinadi?
- 2. Shaklning yuzi deganda nima tushuniladi?
- 3. To‘g‘ri to‘rtburchak yuzini topish formulasini yozing.
- 4. Qanday shakllar teng deyiladi?
- 5. Teng shakllar yuzi haqida nima deyish mumkin?
- 6. Bo‘laklari yuziga ko‘ra butun shakl yuzi qanday topiladi?
465. Bitta kichkina kvadratchaning yuzi 1 s m2 - 465. Bitta kichkina kvadratchaning yuzi 1 s m2
ga teng ekanligi ma’lum bo‘lsa, 6- rasmdagi shakllarning yuzini va perimetrini ayting. 466. To‘g‘ri to‘rtburchak yuzini hisoblash formulasidan foydalanib, uning yuzini toping. - 466. To‘g‘ri to‘rtburchak yuzini hisoblash formulasidan foydalanib, uning yuzini toping.
a) a= 5 m, b= 3 m; b) a= 4 dm, b= 360 sm; d) a= 12 sm, b= 43 sm; e) a= 12 m, b= 56 dm. Ko‘rsatma: Hisoblashdan oldin berilganlarni bir xil o‘lchov birligiga o‘tkazing.
467. S = a· b formulaga ko‘ra jadvalni to‘ldiring:
Do'stlaringiz bilan baham: |