4.3 Yer ishlarini olib borishda xavfsizlik talablari
Yer ishlari juda sermehnat jarayonlardan boʻlib, ularni bajarilishi ishlab chiqarishning turiga va bajarilish uslubiga, joyning relefiga, gruntning jinsiga va inshootning hiliga bogʻliq boʻladi.
Gruntlar ichki tuzilishiga koʻra bogʻlanuvchi va bogʻlanmaydigan turlarga boʻlinadi. Bogʻlanuvchi gruntlarda zarrachalari orasidagi ishqalanish kuchlaridan tashqari, tortishish kuchlari xam mavjud. Bogʻlanmaydigan gruntlarda yuqoridagi hususiyatlar mavjud emas
Birinchi guruhga loyli, suglinokli gruntlar kirsa, ikkinchi guruhga esa - qumli, shagʻalli va toʻkma gruntlari, xamda boʻz tuproqlar kirgani xolda, ular quruq holatida juda yuqori mustaxkamlikka ega boʻla turib, namlanganida zarrachalari orasidagi bogʻlanish buziladi va yer inshootlarining devorlari sun’iy ravishda mahkamlanmasa agʻdarilib ketadi.
Muzlagan gruntlarda ham past haroratlarda yetarlicha mustaxkamlik saqlangani xolida, tik devorlari oʻz vaziyatini saqlab turgani bilan haroratning oʻzgarishi, issiq paytlarda muz yerishi tufayli mustaxkamligi yoʻqoladi, ularda yoriqlar paydo boʻladi, natijada mahkamlanmagan va tik qiyaliklar qulaydi.
Ohirgi yillardagi olingan ma’lumotlarning taxlili shuni koʻrsatdiki, oʻta ogʻir jarohatlanishlarning 10 % atrofidagi miqdori yyer ishlarini bajarish bilan bogʻliq boʻlib, ularning asosiy sabablari quyidagilardir:
- grunt mahkamlanmagan boʻlsa va mustaxkamlik yetarli boʻlmasa;
- gruntni maxkamlamasdan qayta ishlashdagi kritik balandlikning oshib ketishi;
- mahkamlash elementlarini yechib olishda ketma-ketlikka rioya etmaslik.
Elektr kabellari va yer osti muxandislik tarmoqlari trassalari atrofidagi gruntni belkurak yordamida keskin zarbalarsiz va usta yoki ish boshchiining nazorati ostida qaziladi, kabelga bevosita yaqin joylarda, kabel kuchlanish holatida boʻlganida elektr xoʻjaligi hodimi kuzatuvida qazuv ishlari olib boriladi.
Yer ishlaridagi jarohatlanishlarning quyidagi sabablarini keltirish mumkin:
- kotlovan va transheyalarda ishlayotgan ishchilar ustiga qiyaliklardan grunt kesaklarining dumalab tushishi;
- agʻdarilish prizmasi xududida transport vositalari va mexanizmlarning xarakatlanishi;
- transport vositasiga gruntlarni yuklashning havfsiz usullariga rioya etmaslik;
- tumanli va kunning qorongʻi paytlarida ekskavator ish joyi (zaboyi) sharoitining havfsizligi yetarli emasligi;
- qishning qorli, sovuq va sirpanchiq paytlarida ishchilarning qiyaliklardan sirpanib, tushib ketishlari.
Transport inshootlarini qurish jarayonida ish olib borish joylarida tashkilot rahbariyati xavfsiz ish sharoitlarini ta'minlashlari shart. Ish boshlashdan oldin har bir ish joyi aniq yoki sodir etilishi mumkin bo'lgan xavf-xatarlarni aniqlash maqsadida ish rahbari yoki uning topshirig'i bilan brigadir tomonidan koʻzdan kechirilishi kerak. Vaqtincha to'xtatilgan yoki odamlar uchun xavf tug'diradigan holatdagi o’byektlarning atrofi to'siqlar bilan o'ralgan bo'lishi, shuningdek barcha kirish joylarida ko'zga ko'rinadigan taqiqlovchi plakatlar osilishi lozim. Pol sathidan 1,3 m va undan ortiq balandlikdagi ishlar, ishlarni amalga oshirish rejasiga muvofiq yaxlit to'shamali maydonchalarda olib borilishi zarur. Maydonchalar balandligi 1,1 metrli to'siqlar bilan o'ralgan bo'lib, bu to'siqlarning 0,45 metr balandligida qo'shimcha gorizontal elementlar bilan jihozlangan va balandligi 15 sm bo'lgan bort taxtasi bo'lishi kerak. Bitta vertikal bo'ylab joylashgan ikki va undan ortiq ustma-ust joylashgan qatlamlarda himoya to'shamalarisiz, peshayvonsiz va fartuksiz (peshbandsiz) ishlash taqiqlanadi. Tirkama norvonlardan turib ishlash faqat ish joylarini qisqa muddatli ko'zdan kechirish, o'lchash ishlarini olib borish, shuningdek orqaga surib bo'lmaydigan avariya ishlarini norvonning pastki qismini ehtiyot shartidan ushlab turuvchi ishchi ishtirokida ruxsat etiladi. O'lchash va ko'zdan kechirish bo'yicha boshqa qisqa muddatli ishlarni narvondan turib bajarish texnologik xaritaga muvofiq olib borish ruxsat etiladi. Narvon va maydonchalar standart talablariga javob berishi kerak. Zararlangan maydonlarda ish boshlashdan oldin sanitariya-epidemiologiya nazorati markazi mutaxassislari gruntlarni tekshirish va havodan namuna olish maqsadida chaqiriladi. Transport inshootlari qurilashida asosiy ish joylarining yoritilganlik me'yorlari, qurilish maydonlarining yoritilganlik me'yorlari to'g'risidagi standartlarda keltirilgan ko'satkichlarga mos bo'lishi kerak.
Qurilish mashinalari boshqa mashinalarga koʻra ogʻir va noqulay sharoitlarda ishlaydi. Ulardan foydalanish davrida, montajida, demontajida va tashishdagi havfsizligi, mashinaning xolatiga, yordamchi moslamalariga (ishchi organi, yuk koʻtarish, toʻsuvchi va b.), qayta ishlanadigan (grunt, yogʻoch va x.k.), aralashtirilib tayyorlanadigan matyeriallar (beton, qurilish qorishmasi va x.k.) va koʻtarib-tushiriladigan yuklariga bogʻliq boʻladi.
Qurilish mashinalarini montaji va foydalanishdagi havfsizlikni taʻminlashning umumiy talablari quyidagilardan iborat:
- barcha qurilish mashinalari foydalanish boʻyicha yoʻriqnomalariga ega boʻlishlari kyerak, xamda aloxida tuguni va agregatlariga pasporti va yoʻriqnomasi (murakkab mashinalar uchun- dvigatelga, elekr jixoziga, kompressoriga va x.k.) boʻlishi lozim;
- qurilish mashinalarini boshqarishga mahsus malakaviy xayʻatda attestatsiyadan oʻtgan va guvohnomasi boʻlgan shaxslarga ruxsat beriladi.
Qurilish mashinalaridan foydalanish, taʻmirlash, montaj va demontaj qilish davrlarida turli yuklanishlar (shamol, dinamik kuchlar, hususiy massasi) tasiriga turgʻunligi taʻminlanishi kyerak. Shu maqsadda, oʻziyurar va xarakatlanuvchi mashinalar, pasportida koʻrsatilgan talablarga javob byerishi, koʻtarish qobiliyati va boshqa parametrlari toʻgʻri kelishi, belgilangan nishablikka ega boʻlgan maydonlar va yoʻllarga ega boʻlishlari kerak. Turgʻun mashinalari loyihada koʻrsatilgan oqmas va siljimas asosga oʻrnatilishi va maxkamlanishi kerak.
Koʻpgina qurilish mashinalari elektr enyergiyasi bilan ishlaydi, shuning uchun ham xizmat koʻrsatish hodimlarning elektrdan himoyalash choralarini xam koʻrishga toʻgri keladi. Buning uchun, qurilish mashinalari, mexanizmlar, elektr asboblari yerga ulanib himoyalanishi, hamda minorali kranlarning relsli kran osti yoʻllari xam yerga ulanishi kerak. Elektr uzatmali qurilish mashinalarining va ular istemol qiluvchi kabellarining yaqinida momoqaldiroq paytida ishlashlari taqiqlanadi. Qurilish mashinalarining elektr uzatish tarmoqlari (EUT) va ulanish joylari yaqinida ishlashlariga juda jiddiy talablar qoʻyiladi. qurilish mashinalarining elektr tarmoqlari ostida, ular qanday kuchlanishga egaligidan qat’iy nazar ishlashlari taqiqlanadi. EUTning eng chetdagi simidan (havfli mintaqasi ichida) 30 m masofada kranlarning ishlashlariga toʻgʻri kelgan vaziyatlarda naryad- ruxsatnomasi talab qilinadi, unda ishlarni havfsiz sharoiti koʻrsatilgan boʻladi. Bunday naryad - ruxsatnomalar EUT dan foydalanuvchi tashkilotdan olinadi. Taqiqlovchi mintaqada kranni ishlatish, muxandis-texnik hodimlari tarkibidagi javobgar shahs raxbarligida olib boriladi. EUT yaqinida kran ishlashiga tarmogʻning eng yaqin simi va mashinaning chekka nuqtasi (qurilmasi, arqoni) yoki yuki orasidagi masofaga rioya etilgan xolatlarda ruhsat beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |