KIRISH
Yurtimizning dengiz yo’llaridan olisda joylashgani milliy iqtisodiyotning o’sishi, mahsulotlar raqobatbardoshligini ta’minlashga to’sqinlik qilayotgan jiddiy omillardan biri sanaladi. Ayni paytda Yevropa va Osiyo mamlakatlari o’rtasida savdo-iqtisodiy munosabatlarning tobora rivojlanayotgani natijasida qadimiy Buyuk ipak yo’lini qayta tiklashga e’tibor kuchaymoqda. Eng asosiysi, xalqimizning transport xizmatlariga bo’lgan talabi oshib borayotgan hozirgi davrda zamonaviy talablarga hamohang transport infratuzilmasini yaratishni hayotning o’zi taqozo etmoqda. Ta’kidlash joiz, mustaqillik yillari yurtimizda 4 ming kilometrdan ziyod uzunlikdagi temir yo‘l xalqaro talablarga javob beradigan darajaga keltirilib, 560 kilometrdan ortiq yangi temir yo‘l qurildi. Keyingi 15 yil ichida MDHga a’zo davlatlarning birortasida bunchalik katta masofada po‘lat iz yotqizilmagan. Yurtimizda amalga oshirilayotgan bunday keng ko‘lamli ishlar xalqimizning bunyodkorlik borasidagi ulkan salohiyatidan yana bir dalolatdir. Jumladan amudaryo ustidan o’tgan uzunligi 234,2 metrni tashkil etgan va Markaziy Osiyoda yagona bo‘lgan ko‘prik qurilishi muhandislik-texnik nuqtai nazardan eng murakkab ishlardan biri bo‘ldi. Ushbu inshootning o‘ziga xos jihati shundaki, uni trassaning 350 metr radiusli yoysimon qismida balandligi 43 metrni tashkil etuvchi tayanch ustunlari ko‘tarib turadi.
2007 yili “Toshg’uzor – Boysun – Qumqo’rg’on” temir yo’l liniyasi xamda 2016 yili Angren – Pop liniyasining foydalanishga topshirilishini mamlakatimizda yagona milliy temir yo’l tizimini yaratilishining navbatdagi muhim bosqichlaridan biri bo’ldi.
Temir yo’l transporti iqtisodiyotining asosiy qon tomiri hisoblandi. Bugungi kunda malakatimizda yo’lovchi tashishning 60, yukning qariyb 70, eksport va import uchun yuk tashish umumiy hajmning esa 80 foizi temir yo’l orqali amalga oshirilayotgani bu fikrni tasdiqlaydi.
Ayni kunda “O’zbekiston temir yo’llari” aksiyadorlik kompaniyasi poezdlarni o’ndan ortiq xalqaro va ko’plab mahalliy yo’nalishlarda qatnovni amalga oshirmoqda. Shuningdek shaxarlararo va shaxar atrofi yo’nalishlarida elektropoezdlar harakat yo’lga qo’yilgan. Xizmat ko’rsatish sifati yaxshilanib borayotgan ushbu poezd va elektrapoezdlar kuniga minglab yo’lovchilar manzilga etkazilmoqda.
Bularning barchasi mamlakatimizda qilinayotgan bunyodkorlik ishlari xalqimiz turmush farovonligini yanada yuksaltirish, milliy temir yo’l transporti xizmatini rivojlantirish, yo’lovchilarga har tomonlama qulaylik yaratish borasida amalga oshirayotgan keng ko’lamli islohatlar natijasidir.
Bitiruv malakaviy ishimda “Toshkent-Keles temir yo’l liniyasidagi 9,3+23,6+9,3m sxemali temirbeton yo’l o’tkazgich qurilishini tashkil etish loyihasi”ni ishlab chiqdim. Bunda, Loyihaviy bo’lim, Qurilish hududining mahalliy shartlarining tahlili, Qurilishning general rejasini ishlab chiqish, Qurilayotgan inshootning konstruksiyasini o’rganib chiqish, Zaminlarni, tayanch tanalarini qurish va oraliq qurilmani montaj qilishning variantlarini ishlab chiqish, Variantlarni o’zaro taqqoslash va eng ratsional variantni tanlab olish, Qurilish texnologiyasi va uni tashkil etish bo’limi, Zamin va poydevorlarni qurish texnologiyasi, Tayanchlarni qurish texnologiyasi, Oraliq qurilmalarning montaj qilish texnologiyasi, Shpunt to’siq hisobi, Opalubkalar hisobi, Hisobiy iqtisodiy bo’lim, Inshoot qurilishi uchun smeta tuzish, Qurilishning kalendar yoki tarmoqli grafigini ishlab chiqish va Mexnat muhofazasi va texnika xavfsizligi masalalari bo’yicha chora-tadbirlari ko’rib chiqilgan. Bitiruv malakaviy ish 4 ta bo’lim, adabiyotlar va chizma ishlaridan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |