33-modda
Ishtirokchi-davlatlar t gishli xalqaro shartnomalarda b lgilab qo‘yilganid k,
bolalarni giyohvandlik va psixotrop moddalarini g‘ayriqonuniy ravishda ist ’mol
qilishdan himoya etish maqsadda zarur barcha chora-tadbirlarni, jumladan,
qonuniy, ma’muriy va ijtimoiy, shuningd k ta’lim sohasidagi choralarni hamda ana
shunday moddalarni g‘ayriqonuniy ravishda ishlab chiqarishda va ularni sotishda
bolalardan foydalanishga yo‘l qo‘ymaslik choralarini ko‘radilar.
34-modda
Ishtirokchi-davlatlar bolani shahvoniy maqsadlarda foydalanish va
shahvoniy buzishning barcha shakllaridan himoya qilish majburiyatini o‘z
zimmalariga oladilar. Ana shu maqsadlarda ishtirokchi-davlatlar, jumladan, milliy,
ikki tomonlama va ko‘p tomonlama darajada quyidagi holatlarning oldini olish
uchun hamma zarur chora-tadbirlarni ko‘radilar:
a) bolani har qanday g‘ayriqonuniy ravishdagi shahvoniy faoliyatga
tortish va majburlash;
b) bolalardan fohishabozlik yoki g‘ayriqonuniy ravishdagi barcha
shahvoniy maqsadlarda foydalanish;
c) bolalardan pornografiya va pornografiya mat riallari tayorlash
maqsadlarida foydalanish.
422
Do'stlaringiz bilan baham: |