30-modda
Etnik, diniy yoki til jihatdan ozchilikni tashkil qiluvchi yohud tub aholiga
mansub shaxslar yashaydigan davlatlarda ana shunday ozchilikka yoki tub aholiga
mansub bolaning mazkur guruh boshqa a’zolari bilan birgalikda o‘z madaniyatidan
foydalanish, o‘z diniga e’tiqod qilish va uning rasm-rusumlarini bajarish,
shuningd k, ona tilidan foydalanish huquqi rad etilmasligi lozim.
31-modda
1. Ishtirokchi-davlatlar bolaning dam olish va bo‘sh vaqtini o‘tkazish
huquqini, o‘zining yoshiga mos k ladigan o‘yinlar va ko‘ngilochar tadbirlarda
ishtirok etish, madaniy hayotda erkin qatnashish, san’at bilan shug‘ullanish
huquqini e’tirof etadilar.
2. Ishtirokchi-davlatlar bolaning madaniy va ijodiy hayotda har tomonlama
421
qatnashish huquqini hurmat qiladilar, rag‘batlantiradilar hamda madaniy va ijodiy
faoliyat, bo‘sh vaqtni o‘tkazish va dam olish uchun t gishli t ng imkoniyatlar
yaratib b rilishiga ko‘maklashadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |