Ishdan maqsad: Talabalarda HTML yordamida Web-sahifa yaratishda jadval va rasm ustida amallar bajarish bo‘yicha amaliy bilim va ko‘nikmalarni hosil qilish
Masalaning qo’yilishi: Tinglovchi berilgan variant bo’yicha HTMLda amal bajara olishi lozim.
Ishni bajarish uchun namuna
Masala. HTMLda rrasm barcha atributlari berilgan holatda o’rnatilsin.
IMG- Hujjatga rasm qo‘yish uchun qo‘llaniladi. JPEG, GIF, PNG formatidagi rasmlarni qo‘yish imkonini beradi. Yakka holda qo‘llaniladi. Parametrlari:
SRC- Majburiy parametr bo‘lib, rasmli fayl manzilini ko‘rsatadi.
HEIGHT va WIDTH- tasvir bo‘yi va enini aniqlaydi.
HSPACE va VSPACE- tasvirni boshqa element (masalan, matn) bilan orasidagi bo‘sh joyni aniqlaydi.
ALIGN- Majburiy parametr bo‘lib, hujjatda tasvirni tekislash usulini ko‘rsatadi. left, right, top, textop, middle, absmiddle, bottom, baseline, absbottom qiymatlariga ega bo‘ladi.
NAME-joriy hujjat uchun unikal holda rasm nomini aniqlaydi. Ssenariylardan rasmlarga murojaat qilganda muhim ahamiyat kasb etadi.
ALT- brauzer matnli rejimda ishlagan holda rasm o‘rnida aks etadigan matn.
BORDER- tasvir ramkasi qalinligini aniqlaydi. Tasvir giperishorat sifatida qo‘llanilganda ramka hosil bo‘ladi. Ramkani yo‘qotish uchun qiymati 0 deb olinadi.
LOWSRC-rasmning o‘lchami kichik muqobili adresini ko‘rsatish uchun qo‘llaniladi.
Misol:
Amaliy mashg`ulot topshiriqlari
1. Rasm, jadval va obyektlar bilan ishlashda IMG tegi atributlarini vazifalari bilan birgalikda to’liq bayon etgan holda misol yozing
2. Rasm, jadval va obyektlar bilan ishlashda EMBED tegi atributlarini vazifalari bilan birgalikda to’liq bayon etgan holda misol yozing
3. Rasm, jadval va obyektlar bilan ishlashda NOEMBED tegi atributlarini vazifalari bilan birgalikda to’liq bayon etgan holda misol yozing
4. Rasm, jadval va obyektlar bilan ishlashda TABEL tegi atributlarini vazifalari bilan birgalikda to’liq bayon etgan holda misol yozing
5. Rasm, jadval va obyektlar bilan ishlashda TR tegi atributlarini vazifalari bilan birgalikda to’liq bayon etgan holda misol yozing
6. Rasm, jadval va obyektlar bilan ishlashda TD tegi atributlarini vazifalari bilan birgalikda to’liq bayon etgan holda misol yozing
7. Rasm, jadval va obyektlar bilan ishlashda TH tegi atributlarini vazifalari bilan birgalikda to’liq bayon etgan holda misol yozing
8. Rasm, jadval va obyektlar bilan ishlashda APPLET tegi atributlarini vazifalari bilan birgalikda to’liq bayon etgan holda misol yozing
Adabiyotlar ro’yxati
1. Morris B. HTML in action. Minnesota: Books, 2010, 266 p.
2. Гончаров А. Самоучитель HTML, СПб, Piter, 2012. 240 p
3. 2. Shoyqulov Sh.Q. Web-dizayn va Web-dasturlash. Qarshi: QarshiDU, 2015. – 248 s.
Do'stlaringiz bilan baham: |