39-modda
Ishtirokchi-davlatlar b parvolik, ishlatish yoki suiist ’molliklar, qiynashning
har qanday ko‘rinishlari yoki shafqatsizlik, noinsoniy yohud qadr-qimmatni
oyoqosti qiladigan boshqa har qanday muomala, jazolash yoki qurolli mojarolar
qurboni bo‘lgan bolaning jismoniy va ruhiy tiklanishi hamda ijtimoiy jihatdan
o‘zini o‘nglab olishiga ko‘maklashish uchun barcha zarur chora-tadbirlarni
ko‘radilar. Bunday tiklanish va o‘zini o‘nglab olish bolaning sog‘lig‘i, o‘zini o‘zi
hurmatlashi va qadr-qimmatini ta’minlaydigan sharoitlarda amalga oshirilishi
lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |