212
e’tirof etadilar va shu bilan Konv nsiyada aks etilgan huquqni tan oladilar va
gishli choralar ko‘rish orqali bu huquqni himoya qilish va unga rioya etish uchun
harakat qilish majburiyatini o‘z zimmasiga oladilar. Bunday choralar pozitiv
xarakt rga ega bo‘lishi va umrni uzaytirish, chaqaloqlar va bolalar o‘lim darajasini
pasaytirish, kasalliklarga qarshi kurash olib borish, va sog‘liqni tiklash, normal
tarzda oziq-ovqat va toza ichimlik suvini yetkazib b rishni o‘z ichiga olib hayotni
himoya qilishga qaratilgan bo‘lishi mumkin. Bunday choralar hayotdan mahrum
qilishni oldini olishga ham qaratilgan bo‘lishi mumkin, jumladan, o‘lim hukmini
chiqarish, noqonuniy, nizoli yoki jamoaviy jazo choralar ko‘rilishini va majburiy
yo‘qolish holatlarini ta’qiqlash va oldini olish orqali. Ishtirokchi davlatlar bu uchun
bola hayotdan mahrum bo‘lishiga olib k ladigan choralarni amalga oshirishdan
tiyilishi hamda bola hayotini himoya qilishga qaratilgan choralar ko‘rishi k rak.
Bolaning yashash huquqi O‘zb kiston R spublikasining 24-moddasida aks
etilgan bo‘lib, unda “yashash huquqi har bir insonning uzviy huquqidir. Inson
hayotiga suiqasd qilish eng og‘ir jinoyatdir” d yilgan.
O‘zb kistonda bolaning yashash huquqi va sog‘lom rivojlanish huquqining
amalga oshirilishi quyidagi choralar orqali ta’minlanadi:
1. Onalik va bolalikni muhofaza etish bo‘yicha k ng qamrovli tibbiy-
sog‘lomlashtirish choralarni ko‘rish;
2. Bolalar o‘lim darajasini pasaytirish
3. Bolaning sog‘lom rivojlanishi, rasional va xavfsiz ovqatlanishini ta’minlash
4. Kasalliklarni oldini olish. Sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish
5. Bolalarga b pul malakali tibbiy yordam ko‘rsatilishini amalga oshirish
6. Bolalarni kundalik hayotda o‘quv tarbiyaviy muassasalarda baxtsiz
xodisalarga duch k lishini oldini olish
7. Bola hayotiga va sog‘lig‘iga suiqasd qilish bilan bog‘liq jinoyatlarni sodir
etishda aybdor shaxslar uchun dinoiy javobgarlikni o‘rnatish;
8. Bolaning hayotiga kattalar tomonidan jinoiy suiqasd qilinishini oldini olishga
qaratilgan choralarni ko‘rish;
213
9. Qiynoqlarni va muomala va jazolashning qattiq shafqatsiz insoniylikka zid
yoki qadr qimmatni kamsituvchi turlarini oldini olish;
10.Bolaning hayotini va sog‘lig‘ini muhofaza etishga qaratilgan boshqa choralar
Bolaning yashash huquqini va sog‘lom rivojlanishga bo‘lgan huquqini
buzishda aybdor shaxslar bolaning hayotiga va sog‘lig‘iga qasddan yoki
ehtiyotsizlik oqibatida zarar yetkazgan hollarda ma’naviy zararni qoplashi shart.
Do'stlaringiz bilan baham: