Yuristlar malakasini oshirish markazi jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti


- bob. Bolalarning shaxsiy huquq va erkinliklari hamda siyosiy huquqlari



Download 2,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet101/405
Sana06.01.2022
Hajmi2,3 Mb.
#324231
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   405
Bog'liq
1.Bola huquqlari

7- bob. Bolalarning shaxsiy huquq va erkinliklari hamda siyosiy huquqlari

1. Bolalarning shaxsiy huquq va erkinliklarini amalga oshirishning xalqaro va

milliy huquqiy asoslari

2. Bolalarning siyosiy huquqlarini amalga oshirishning xalqaro va milliy huquqiy

asoslari

3. Bolalaning shaxsiy huquq va erkinliklari hamda siyosiy huquqlarini buzganlik

uchun javobgarlik, bu huquq va erkinliklarni ta’minlashning kafolati sifatida va uni

amalga oshirishning huquqiy asoslari



1. Bolalarning shaxsiy huquq va erkinliklari va ularni amalga oshirishning

xalqaro va milliy huquqiy asoslari

O‘zb kiston R spublikasining Konstitutsiyasi, “Bola huquqlarining

kafolatlari to‘g‘risida”gi qonun va boshqa qonun hujjatlariga muvofiq har bir

bolaga inson hamda fuqaro huquqlari va erkinliklari t gishli bo‘ladi hamda davlat

tomonidan kafolatlanadi.

Nikohda va nikohsiz tug‘ilgan bolalar t ng hamda har taraflama himoyadan

foydalanadi.

Davlat bolaning barcha shakllardagi kamsitishlardan himoya qilinishini

ta’minlash uchun zarur choralarni ko‘radi.

Bola huquqlari ch klanishi mumkin emas, qonunda b lgilangan hollar

bundan mustasno.

Bola huquqlari davlat himoyasidadir. Bola huquqlari va erkinliklarining

konstitutsiyaviy huquqiy asoslari O‘zb kiston R spublikasi fuqarosining

konstitutsiyaviy-huquqiy maqomining asosiy qoidalaridan k lib chiqqan holda

lgilanadi. O‘zb kiston R spublikasi Konstitutsiyasining VII-X-boblarida, ayrim

istisnolardan tashqari, bolalarga b vosita t gishli bo‘lgan shaxsiy, siyosiy,

iqtisodiy va ijtimoiy inson huquqlari aks etilgan. Shu bilan birga, davlat va jamiyat

bolalarga voyaga yetmaganligi va muayyan yoshgacha o‘z huquqlarini mustaqil

himoya qila olmasligi sababli alohida ijtimoiy himoyani va vasiylikni ta’minlaydi.



211

Shaxsiy huquq va erkinliklar

– bu tabiiy xarakt rda bo‘lgan, ya’ni insonga

tug‘ilishi bilan b riladigan huquqlar. Ular insonning individual erkinligini

kafolatlashga, shaxsni boshboshdoqlikdan va davlat hamda uning organlarining

arlashuvidan himoya qilishga qaratilgan. Bunday huquqlar sirasiga yashash

huquqi, erkinlik va shaxsiy daxlsizlik, shaxsning sha’ni, qadr-qimmati, adolatli va

mustaqil ommaviy sud, e’tiqod erkinligi, ko‘chib yurish erkinligi kabi huquqlar

kiradi.


“Bolalar huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi qonunning 8-moddasi

bolaning eng muhim bo‘lgan huquqini, ya’ni yashash huquqini e’tirof etgan.

Ushbu huquq shuni anglatadiki, davlat bolaning hayotini muhofaza qilishga bolani

hayotdan mahrum bo‘lishiga olib k lishi mumkin bo‘lgan qasddan yoki

ehtiyotsizlik oqibatida sodir etiladigan harakatlarni oldini olishga qaratilgan zarur

bo‘lgan huquqiy, tashkiliy, iqtisodiy va madaniy sharoitlarni yaratib b rishi shart.

Ushbu huquq bola huquqlarini himoya qilish va bola o‘ldirishda aybdor bo‘lgan

yoki ehtiyotsizlik oqibatida bolaning o‘limiga yo‘l qo‘ygan shaxslarni jinoiy

javobgarlikka tortish m xanizmini nazarda tutgan qonuniy, ma’muriy va boshqa

choralar tizimi orqali ta’minlanadi.

“Bola huquqlari to‘g‘risida”gi konv nsiyaning 6-moddasiga binoan,

“ishtirokchi –davlatlar har bir bola yashash uchun ajralmas huquqqa ega ekanligini

e’tirof etadilar. Ishtirokchi-davlatlar bolaning omon yashashi va sog‘lom

rivojlanishi uchun mumkin qadar yuqori darajada imkoniyat yaratib b radilar”.

Ushbu moddada Konv nsiyaning uchta asosiy tamoyili, ya’ni yashashga,

omon qolishga va rivojlanishga bo‘lgan huquq yoritilgan. 1-bandiga binoan,

ishtirokchi-davlatlar har bir bola yashash uchun ajralmas huquqqa ega ekanligini


Download 2,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   405




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish