Ota-ona yashash joyida vaqtincha bo‘lmaganda, agar bola ular tomonidan olti
oydan ortiq muddatga qarindoshlarining yoki boshqa yaqin kishilarining
vasiyligida yoki homiyligida va nazorati ostida qoldirilgan bo‘lsa, mazkur
shaxslarning bolaga nisbatan vasiyligi yoki homiyligi b lgilanadi.
Ota-ona yashash joyida olti oydan kam muddatga vaqtincha bo‘lmaganda,
basharti bola ular tomonidan qarindoshlarining yoki boshqa yaqin kishilarining
vasiyligida yoki homiyligida va nazorati ostida qoldirilgan bo‘lsa, vasiylik yoki
homiylik, agar bu bolaning manfaatlari uchun zarur bo‘lsa, b lgilanadi.