21-modda. Vasiy yoki homiy tayinlash
Vasiylik yoki homiylik bo‘yicha majburiyatlarni bajarish uchun tuman,
shahar hokimining qarori bilan vasiy yoki homiy tayinlanadi.
Voyaga yetgan fuqarolar faqat o‘z roziligiga ko‘ra vasiy yoki homiy etib
tayinlanishi mumkin.
Tuman, shahar hokimi vasiy yoki homiy bo‘lish istagini bildirgan shaxsning
yozma arizasiga muvofiq vasiy yoki homiy tayinlaydi.
Vasiy yoki homiy tayinlashda uning axloqiy va boshqa shaxsiy fazilatlari,
majburiyatlarni bajarish qobiliyati, vasiy, homiy va vasiylikdagi yoki homiylikdagi
shaxs o‘rtasidagi munosabatlar, vasiy yoki homiy oilasining vasiylikdagi yoki
homiylikdagi shaxsga munosabati, shuningd k vasiylikdagi yoki homiylikdagi
shaxsning istagi inobatga olinishi lozim.
Vasiylik yoki homiylik b lgilash zarurligi haqida vasiylik va homiylik
organlariga ma’lum bo‘lgan kundan e’tiboran bir oydan k chiktirmay vasiy yoki
homiy tayinlanishi k rak.
Agar vasiylik yoki homiylik b lgilanishiga muhtoj bo‘lgan shaxsga bir oy
ichida vasiy yoki homiy tayinlanmagan bo‘lsa, vasiyning yoki homiyning
majburiyatlarini bajarish vasiylik yoki homiylik b lgilanishiga muhtoj bo‘lgan
shaxs aniqlangan joydagi t gishli vasiylik va homiylik organining zimmasiga
vaqtincha yuklatiladi.
Ota-onasi bo‘lgan voyaga yetmaganlarga nisbatan t gishli vasiylik va
homiylik organi ularning ota-onasi yoki qarindoshlari qaramog‘ida bo‘lmaganligi
fakti aniqlangan kundan e’tiboran vasiyning yoki homiyning majburiyatlarini
bajaradi.
Vasiylik va homiylik organi vasiy yoki homiy bo‘lish istagini bildirgan shaxs
haqidagi ma’lumotlarni olish maqsadida huquqni muhofaza qiluvchi organlarga,
fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlariga, shuningd k sog‘liqni saqlash
muassasalariga yozma so‘rov yuboradi. Bunda vasiylik va homiylik organi fuqaro
to‘g‘risidagi faqat vasiyning yoki homiyning majburiyatlarini bajarish qobiliyatini
aniqlash imkonini b radigan axborot taqdim etilishini talab qiladi.
Vasiy yoki homiy bo‘lish istagini bildirgan shaxs haqidagi vasiylik va
homiylik organi tomonidan olingan ma’lumotlar mahfiy bo‘lib, oshkor qilinmaydi,
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Yashash joyidan qat’i nazar, vasiylik yoki homiylik b lgilanishiga muhtoj
bo‘lgan shaxsning qarindoshlari, u yashayotgan oilaning shaxslari, aka-ukalarni va
opa-singillarni ular o‘rtasidagi qarindoshlik aloqalarini uzmasdan vasiylikka yoki
homiylikka olayotgan shaxslar, shuningd k O‘zb kiston R spublikasi fuqarolari
vasiy yoki homiy etib tayinlanishda imtiyozli huquqqa ega.
Vasiy va homiy tayinlash tartibi O‘zb kiston R spublikasi Vazirlar
Mahkamasi tomonidan b lgilanadi.
512
Do'stlaringiz bilan baham: |