3-BOB. VASIYLIK YoKI HOMIYLIK BYeLGILANIShIGA
MUHTOJ BO‘LGAN ShAXSLAR VA ULARNING
MOL-MULKI TO‘G‘RISIDAGI AXBOROT
15-modda. Davlat r striga kiritish
uchun ma’lumotlarni taqdim etish
Vasiylik va homiylik organlari vasiylik yoki homiylik b lgilanishiga muhtoj
bo‘lgan shaxslar to‘g‘risidagi, ularning joylashtirilganligi hamda mol-mulki
haqidagi ma’lumotlarni davlat r striga kiritish uchun har oyda tuman, shahar
hokimligiga taqdim etadi.
Vasiylik yoki homiylik b lgilanishiga muhtoj bo‘lgan shaxsning yashash joyi
va uning mulkiy ahvoli o‘zgargan taqdirda, vasiylik va homiylik organlari mazkur
o‘zgarishlar to‘g‘risida yetti ish kuni ichida tuman, shahar hokimligini xabardor
etishi hamda uning shaxsiy hujjatlar yig‘majildini mazkur shaxsning yangi yashash
joyidagi vasiylik va homiylik organiga yuborishi shart. Bunda shaxsiy hujjatlar
yig‘majildining ko‘chirma nusxasi vasiylik va homiylik organining arxivida qolishi
shart.
Do'stlaringiz bilan baham: |