Yuridik va jismoniy shaxslarni bojxona nazoratidan o`tkazish reja: kirish


Jismoniy shaxslar tomonidan bojxona chegarasi orqali tovarlarni olib o‘tish maqsadini aniqlash



Download 34,62 Kb.
bet8/10
Sana22.02.2023
Hajmi34,62 Kb.
#913926
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Yuridik va jismoniy shaxslarni bojxona nazoratidan o (2)

3.Jismoniy shaxslar tomonidan bojxona chegarasi orqali tovarlarni olib o‘tish maqsadini aniqlash
5. Jismoniy shaxslar tomonidan bojxona chegarasi orqali tovarlarni olib o‘tish maqsadini aniqlash bojxona organining mansabdor shaxsi tovarlarning miqdori, xususiyati va olib o‘tilishining takroriyligi hamda safarning holatlari, shuningdek, bojxona chegarasi orqali olib o‘tiladigan tovarlar jismoniy shaxs va uning oila a’zolari shaxsiy ehtiyojlari uchun mo‘ljallanganligini inobatga olib, xavfni boshqarish tizimi qo‘llanilgan holda aniqlaydi.
6. Bojxona organi mansabdor shaxsi tovarning olib o‘tish maqsadini aniqlash to‘g‘risida qaror qabul qilishda quyidagi mezonlarga asoslanadi:
a) chegara bojxona postlari orqali tovarlarni olib o‘tishda:
tovar xususiyati — tovarning iste’mol xususiyatlari, uning tijorat maqsadida foydalanish bilan bog‘liq bo‘lmagan, shaxslarning shaxsiy, oilaviy va maishiy ehtiyojlarini qondirish uchun mo‘ljallanganligi inobatga olinadi;
tovarlarning miqdori — tovarlarni olib o‘tayotgan jismoniy shaxs va uning oila a’zolari ehtiyojlaridan ortiq miqdordagi bir turdagi (bir nomda, bir o‘lchamdagi, bir shakl hamda rangda va boshqalar) tovarlarga, agar tovarlarni olib o‘tayotgan shaxs aksini isbotlab bermasa, tijorat maqsadida foydalanish uchun olib kirilayotgan tovarlar deb e’tirof etiladi;
tovarlarni olib o‘tishning takroriyligi — ayni bir shaxs tomonidan bir turdagi tovarlarning oz miqdorda bo‘lsada bir necha bor olib kirilishiga, agar tovarlarni olib o‘tayotgan shaxs aksini isbotlab bermasa, tadbirkorlik faoliyatida foydalanish uchun tovarlarni olib kirish deb e’tirof etiladi. Chegara xizmati organlari tomonidan fuqarolik pasportiga qo‘yiladigan belgi (shtamp) O‘zbekiston Respublikasi Davlat chegarasidan o‘tkazish punktidan o‘tish takroriyligini aniqlash uchun asos hisoblanadi;
safarning holatlari — safarning maqsadi va davomiyligi, kelish davlati inobatga olinadi;
huquq-tartibot organlaridan tovarlar va ularni olib o‘tayotgan shaxslar to‘g‘risida kelib tushgan ma’lumotlar.
Tovarning olib o‘tish maqsadini aniqlash to‘g‘risida qaror qabul qilishda oila tarkibi (tovarlarni olib o‘tayotgan shaxs tomonidan tasdiqlangan taqdirda), ko‘rsatib o‘tilgan tovar turlariga shaxsning odatiy ehtiyoji va olib o‘tiladigan tovarlar turlari ham inobatga olinadi.
b) xalqaro pochta va xalqaro kuryerlik jo‘natmalari orqali, shu jumladan xorijiy davlatlarning internet-do‘konlarida xarid qilingan tovarlarni olib o‘tishda:
xalqaro pochta va xalqaro kuryerlik jo‘natmalari oluvchining yoshi uning manziliga jo‘natilgan tovarlarning xususiyatlari bilan muvofiqligi;
bir manzil bo‘yicha yashovchi bir yoki bir necha jismoniy shaxs tomonidan olib o‘tiladigan bir xil turdagi tovarlarni olib o‘tishning takroriyligi;
deklaratsiyada ko‘rsatilgan tovarlarni qabul qiluvchi manzilning jismoniy shaxs haqiqatda ro‘yxatdan o‘tgan joyi bilan farqliligi.
Yuqorida ko‘rsatilgan mezonlardan birining mavjudligi, bojxona chegarasi orqali jismoniy shaxs va uning oila a’zolari tomonidan olib o‘tiladigan tovarlar belgilangan me’yorlardan ortiq bo‘lganda, ular shaxsiy ehtiyojlari uchun mo‘ljallanmaganligiga (shaxsiy foydalanish yoki iste’mol maqsadida emasligi) taxmin qilishga asos bo‘ladi.
Jismoniy shaxslar tomonidan olib o‘tilayotgan bojxona to‘lovlari undirilmaydigan va tadbirkorlik yoki boshqa tijorat faoliyati uchun mo‘ljallanmagan tovarlar respublikaga olib kirishning cheklangan me’yorlaridan ortganda, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasi kodidan va kelib chiqish mamlakatidan qat’iy nazar ushbu tovarlarning bojxona qiymatidan kelib chiqqan holda, cheklangan me’yorlardan ortiq qismiga nisbatan yagona bojxona to‘lovi undiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Jismoniy shaxslar tomonidan bojxona chegarasi orqali tovarlarni olib o‘tishni yanada tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 6-fevraldagi PQ-3512-son qaroriga 1-ilovada nazarda tutilgan bojxona to‘lovlari undirilmaydigan ayrim turdagi tovarlar olib o‘tilganda, shu bilan birga, jismoniy shaxslar tomonidan tadbirkorlik yoki boshqa tijorat maqsadlarida tovarlar bojxona chegarasi orqali olib o‘tilganda ularning miqdori olib kirish me’yorlardan ortgan taqdirda, ularga nisbatan bojxona qonunchilik hujjatlarida belgilangan bojxona rasmiylashtiruvining umumiy qoidalari olib o‘tilayotgan tovarlarning umumiy miqdoriga nisbatan qo‘llaniladi.
(6-bandning o‘n beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
7. O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududiga kuzatib borilayotgan va (yoki) kuzatib borilmayotgan bagajlarda shaxsiy ehtiyojlar uchun bo‘lgan tovarlarning olib kirish cheklangan normalari, yo‘nalish va yetib borish manzilida zarur hamda ilgari foydalanishda bo‘lgan shaxsiy ehtiyojlar uchun mo‘ljallangan tovarlarni hisobga olmagan holda quyidagi mezonlar asosida aniqlanadi:
yo‘nalish va (yoki) yetib borish manzilida an’anaviy (odatda) tartibda foydalanish amaliyoti, shu bilan birga mavsumiyligini, sayohat maqsadini, transport turini, bojxona chegarasidan o‘tish takroriyligi;
eskirish va boshqa ishlatilganlik belgilari (qirilish, bukilish va boshqa mexanik shikast) mavjudligi;
birkalar, yorliqlar, ishlab chiqaruvchi o‘rovi yo‘qligi;
tovarlarni odatiy tartibda foydalanish uchun yetarli bo‘lgan darajada bitta yoki boshqa miqdorda, shu jumladan mavsumiyligini, sayohat maqsadini, transport turini, yo‘nalish davomida yoki yetib borish manzilida obyektiv zaruratliligi.
8. Jismoniy shaxs bojxona organi mansabdor shaxsining bojxona chegarasi orqali tovarlarni olib o‘tish maqsadini aniqlash bo‘yicha qabul qilgan qarori yuzasidan qonunchilikda belgilangan tartibda yuqori turuvchi mansabdor shaxsga hamda sudga shikoyat bilan murojaat qilishi mumkin.

Download 34,62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish