Xulosa
Mavzuning asosiy mohiyati turistlarga sayohat (ekskursiya) tashkil qilish, ekskursiyaning turizmga bog‘liqligi, turistlarning ekskursiyadan maqsadini o‘rgatish.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. O‘zbekiston Respublikasining “Turizm to‘g‘risidagi” qonuni. Xalq so‘zi / 1999 yil 20 avgust.
2. Ильина E.Н. Туропeрeйтинг: организация дeятeльности: Учeбник. - М.: Финансы и статистика, 2005. – 48-50 с.
3. Alieva M.T., Mirzaev M va boshqalar. Turizm huquqi. O‘quv qo‘llanma. T:, Talqin. 2003. -6-8 b.
4. Мирзаeв. Р. Туристичeскиe жeмчужины Узбeкистана. Илмий манография. Т.: Ипак «Шарқ» 2005г -67-69 с.
5. www.e-tours.ru – дeловыe туры, выставки, конфeрeнции
Kirish
Hozirgi paytda turizm industriyasi dunyo biznesining doimiy o’zgarib turuvchi sharoitlarida rivojlanib bormoqda. Bozorning globallashuvi, iqtisodiy kuchlarning kontsentratsiyasi, bozorda raqobatning yuqori darajasi va texnologiyalarning rivojlanishi turistlarni doimo murakkablashib boruvchi ehtiyojlari va talablari bilan birgalikda turistik korxonalar faoliyatini yangi parametrlarini belgilaydi. Shuni inobatga olgan holda agar ular raqobatda ishtirok etishni hamda turistik oqimlarni ko’paytirishni istashsa turistik yo’nalishlarda yangi strategiyani ishlab chiqishni taqazo etmoqda. Respublikamiz iqtisodiyotini rivojlantirishda transportning ahamiyati beqiyosdir. Mamlakatimizda barcha transport turlari – temir yo’l, avtomobil transporti, quvur, suv va havo transporti mavjud. Respublikamiz hayotida temir yo’l va avtomobil transportlari yetakchi ahamiyatga ega. Temir yo’l transporti respublikamizning ichki hududlararo hamda uning tashqi aloqasida muhim o’rinni egallaydi. Hududlarda tor izli va keng izli temir yo’llar o’tgan. Respublikamiz tashqi iqtisodiy aloqalarida Dushanbe – Termiz temir yo’lining ahamiyati katta. Bu yo’l orqali Tojikiston Markaziy Osiyo va boshqa MDH davlatlari bilan bog’langan. 1970 yillarda mamlakatning janubiy sharqiy qismida TermizQo’rg’ontepa-Yovon, hamda Vaxsh bilan Ko’lob vodiylarini tutashtiruvchi yangi temir yo’llar qurilgan. Rayonlararo yuk tashishda tog’li respublika bo’lganligi sababli avtomobil transportining ahamiyati kattadir. Avtomobil yo’llarining 80 foizdan ortig’i qattiq qoplamali yo’llardir. Yurtimizda havo transporti rivojalnishi yurtimizga kelayotgan turistlar sonining ko'payishiga zamin yaratadi.Yurtimizga kelayotgan turistlarning 80-90% havo transportida tashrif buyurishadi. Shu sababli transport xizmatlarini ko’rsatish bo’yicha talabalar ma’lum bilim va ko’nikmalariga ega bo’lishlari muhim ahamiyat kasb etadi.
Fanning dolzarbligi
Fan va texnika taraqqiyotining odamlarni yer yuzining istalgan nuqtasiga tez eltib qo‘yishga qodir transport vositalari (ovozdan tez uchar samolyotlar, tezyurar poyezdlar, avtomobillar, muzyorar va suvosti transport i va b.) paydo bo‘lishiga, shuningdek transport xizmatlari ko‘rsatish sohasiga yangi texnologiyalar joriy etilishiga olib keldi. Bu chiptalarni bronlashning global tizimlarida va chiptalar sotishning noan’anaviy usullarida, yuk va yo‘lovchi tashuvchilarning charter dasturlari vujudga kelishi va rivojlanishida, turli axborot tizilari ishlab chiqilishida, yo‘lovchi tashishning texnik va texnologik rejimlarini nazorat qilish elektron qurilmalaridan foydalanilishida, ularning xavfsizligi oshirilishida o‘z ifodasini topmoqda.
Ushbu fan dasturi turistlarga transport xizmati ko‘rsatishni tashkil qilishning asosiy tushunchalarini yoritishga qaratilgan
Fanning maqsad va vazifalari «Turizmda transport xizmatlari» fanini o‘qilishidan maqsad - talabalarning tashish xizmatlarini amalga oshirishda turistlarning ehtiyojlarini to‘la qondirishdan iborat masalalarni talabalarga o‘rgatish hamda egallangan bilimlar bo`yich ko`nikma va malakalarni shakllantirishdir.
Fanning asosiy vazifalari ushbu maqsaddan kelib chiqqan holda talabalarga fan bo`yicha o`qitiladigan asosiy mavzulari va ularning mohiyatini o`zlashtirish, fanning boshqa fanlar bilan bogliqligini aniqlash va turistlarga havo transportida xizmat ko‘rsatish, havo laynerlarida ko‘rsatiladigan xizmatlarning asosiy turlari; harakatlanadigan tarkib tasnifi hamda turistik avtobuslarga qo‘yiladigan talablar, sayohatlarda transport xavfsizligining umumiy masalalari, turistlarga suv transportida xizmat ko‘rsatishda chuqur bilimlarni egallash hisoblanadi.
Fan bo‘yicha talabalarning bilimi, ko’nikma va malakalariga qo‘yiladigan talablar -yo‘lovchilarni, shu jumladan turistlarni tashish turli transport vositalari yordamida, chunonchi: havo, yer usti, suv transportida amalga oshiriladi. Har bir transport turining o‘z ustun jihatlari va kamchiliklari mavjud bo‘lib, ular tarixiy rivojlanish, texnik, iqtisodiy va ekologik ko‘rsatkichlar bilan belgilanishi haqida tasavvurga ega bo`lishi kerak;
106
-bu borada transport sohasining jadal sur’atlarda rivojlanishi, bevosita turizm sohasining barqaror o‘sishiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir ko‘rsatish dasturini bilishi va ulardan foydalana olishi kerak;
-turistlarni tashish uchun transport turlarining ommaviyligi yoki talab etilish darajasi mamlakatning jo‘g‘rofiy o‘rni va iqlim sharoitlariga, iqtisodiy rivojlanish darajasiga, milliy an’analariga, odamlarning ijtimoiy holati va turmush darajasiga hamda boshqa omillari bo`yicha malaka va ko`nikmalariga ega bo‘lishi kerak.
Fanning o‘quv rejadagi boshqa fanlar bilan o’zaro bog‘liqligi va uslubiy jihatdan uzviyligi «Turizmda transport xizmatlari» fani umumkasbiy fan hisoblanib, 4 – semestrda o‘qitiladi. Dasturni amalda oshirishda o`quv rejasida rejalashtirilgan oliy matematika; informatika va axborot texnologiyalari, iqtisodiy geografiya va ekologiya, menejment, marketing, turizm, xalqaro turizm fanlaridan yetarlicha ma’lumotga ega bo’lishi lozim.
Darsliklar va o’quv qo’llanmalari ro’yxati Asosiy adabiyotlar: 1. Stephen J. Page. Transport and Tourism: Global Perspectives, Third ed. Harlow (England); London. New York [etc.]. Pearson Education Limited. 2009. 2. Gross, S., Klemmer, L. (Eds.). Introduction to tourism transport. CABI. 2004. 3. Birjakov M.B., Nikiforov V.I. Industriya turizma: Perevozki. Uchebnoe posobie. – SPb, 2001. 4. Gulyaev V.G. Turistskie perevozki: Uchebnoe posobie. – Moskva, 2003. 5. Gulyaev V.G. Organizatsiya turistkix perevozok: Uchebnoe posobie. Moskva, 2001. 6. Hamidov O.X. «Transport servisini tashkil qilish» O‘quv qo‘llanma Toshkent.: 2007. TDIU Qo‘shimcha adabiyotlar
1. Dextyar G.M. Litsenzirovanie i sertifikatsiya v turizme: Ucheb.posob. – M.: FiS. – 256 s. 2. Yeliseeva B.P. Vozdushnыe perevozki: Normativnыe aktы. – Moskva, 2001. 3. I.I. Budko. Transportnoe obslujivanie turizma. Ucheb pos. M.: 2006. 4. Osipova O.Ya. Transportnoe obslujivanie turistov: Uchebnoe posobie. Moskva, 2004. – 365 s. 5. Informatsionnыe jurnali, izdannie NAK «O’zbekiston Xavo Yullari». Internet saytlari
1.www.ziyonet.uz 2.www.uzbekturizm.uz 3.www.tours.ru 4.www.orexa .com
5.www.tourism.ru 6.www.tour.uz
Kirish
O‘zbekiston Respublikasining turizm sohasi jahon turistlik jarayonining ajralmas tarkibiy qismi bo‘lib, ekspertlarning tahlili shuni ko‘rsatmoqdaki, keyingi yillarda mamlakat turizm sohasi davlat investitsiyalarisiz va dotatsiyalarisiz mahsulotlar va xizmatlar ishlab chiqarish hajmini oshirib borayotgan iqtisodiyot tarmoqlaridan biriga aylanmoqda.
Shularni hisobga olib, turizm sohasi mamlakatlar va mintaqalar iqtisodiyotini rivojlantirish uchun muhim ahamiyat kasb etishini va u XXI asr jahon xo‘jaligining ustuvor tarmoqlaridan biri ekanligini alohida ta’kidlash lozim.
O‘zbekiston zamonaviy turizm industriyasini rivojlantirish uchun barcha zarur manbalarga ega. Buyuk Ipak yo‘li ustida joylashgan Vatanimiz qulay tabiiy-iqlim sharoitlariga, boy tarixiy, madaniy merosga va ayni paytda ham ichki, ham xalqaro turizmni rivojlantirish uchun yuqori salohiyatga ega.
Zamonaviy turistlik tashkilot va korxonalar bugungi kunda yangi axborot tizimlari, kompyuter texnologiyalaridan foydalanuvchi texnika bilan ta’minlangan yuqori texnologiyali ishlab chiqarishga ega.
Hozirgi davrda mamlakatni iqtisodiy modernizatsiyalash bosqichida turizm va mehmondo‘stlik industriyasi sohasidagi yechimini kutib turgan masalalar qatorida, turizm industriyasi mehnat bozorida ishlovchi xodimlarga qo‘yiladigan malakaviy talablarga javob bera oladigan kadrlarni tayyorlash dolzarb masala bo‘lib turibdi.
Shularni hisobga olib, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan «Samarqand iqtisodiyot va servis institutini tashkil etish to‘g‘risida» gi qaroriga asosan Samarqand iqtisodiyot va servis institutida turizmning ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash belgilandi. Hozirgi paytda ushbu o‘quv dargohda «Turizm marketingi», «Turizm menejmenti», «Turizm operatorlik xizmatini tashkillashtirish», «Servis (turizm va mehmonxona xo‘jaligi)» ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha kadrlar tayyorlanmoqda. Bundan tashqari, Toshkent Davlat iqtisodiyot universitetining «Xalqaro turizm» fakulteti va qator turizm kasb-hunar kollejlari bu ishga o‘z hissalarini qo‘shib kelmoqdalar.
Bu o‘quv maskanlarning namunaviy o‘quv rejalariga muvofiq umumkasbiy fanlar blokidan tashqari, ixtisoslik fanlar blokida o‘qitiladigan fanlar qatorida turgan «Turizm asoslari» fani ham ahamiyati jihatidan ixtisoslik fanlarining alifbosi bo‘lib hisoblanadi.
Ushbu kursning yangiligini nazarda tutib va hozirda davlat tilida darslik va uslubiy qo‘llanmalarning yetishmasligini hisobga olgan holda, muallif tamonidan tayyorlangan ushbu o’quv qo‘llanma turizm asoslarini o‘qitishda oliy o‘quv yurtlari talabalariga va turizm kollejlariga yordam beradi degan fikrdamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |