3-bob. Yakunlovchi qoidalar 47. Mazkur Nizom talablarini bajarishdan kelib chiqadigan nizolar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
48. Ushbu Nizom talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Bojxona nazorati ostidagi tovarlarga nisbatan yuk operatsiyalarini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
1-ILOVA
Bojxona nazorati ostidagi tovarlarga nisbatan yuk operatsiyalarini amalga oshirish SXEMASI
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Bajarish muddatlari
1-bosqich
Tashuvchi
O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududiga olib kirilgan bojxona nazorati ostidagi tovarlar bojxona ombori hududiga yetkaziladi.
Transport turiga qarab bevosita bojxona omboriga yetkazib berish imkoni bo‘lmaganda, tovar avtotransport vositasiga qayta yuklangan holda bojxona ombori hududiga yetkaziladi.
Tovarni yetkazib berishning nazorat hujjatida ko‘rsatilgan muddatda
2-bosqich
Tashuvchi, bojxona organi, vakolatli shaxs
Bojxona nazorati zonasiga yetkazilgan va transport vositasiga ortilgan tovarlar yigirma to‘rt soat ichida tovarlarni chiqarib yuborish bilan bog‘liq bojxona rejimiga rasmiylashtirilganda, shuningdek, bojxona ombori hisoblanmaydigan joyda turgani holda bojxona ombori bojxona rejimiga joylashtirishga ruxsat berilganda ularni bojxona ombori hududiga yetkazish talab etilmaydi.
Tovarlar bojxona nazorati zonasida doimiy bojxona nazorati ostida bo‘lganda hamda bojxona ombori hisoblanmaydigan joyga joylashtirishga ruxsat berilganda
3-bosqich
Bojxona ombori (yuridik shaxs)
Tovarlar yetkazib berilgach bojxona ombori egasi yoki uning vakolatli shaxsi transport vositas�ning tovarlar ortilgan yuk bo‘limlari va unga qo‘yilgan bojxona identifikatsiya vositalarini tovarning kuzatuv hujjatlari hamda tovarni yetkazib berish nazorat hujjati ma’lumotlari asosida ko‘zdan kechiradi.
Etib kelgach, bojxona omboriga kirishi bilan
2.Jismoniy shaxslarni bojxona nazoratidan o`tkazish. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Jismoniy shaxslar tomonidan shaxsiy ehtiyojlari uchun tovarlarni olib o‘tish tartibini yanada takomillashtirish to‘g‘risida” 2019-yil 7-noyabrdagi PQ-4508-son qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek, jismoniy shaxslar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali tovarlarni olib o‘tish maqsadini aniqlash jarayonlarini samarali tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
a) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Jismoniy shaxslar tomonidan bojxona chegarasi orqali tovarlarni olib o‘tishni yanada tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 6-fevraldagi PQ-3512-son qarori bilan jismoniy shaxslar tomonidan bojxona to‘lovlari undirilmaydigan tovarlarni respublikaga olib kirishning cheklangan me’yorlari hamda jismoniy shaxslar tomonidan bojxona to‘lovlari undirilmaydigan ayrim turdagi tovarlarni olib kirish me’yorlari tasdiqlanganligi;
b) Vazirlar Mahkamasining “Jismoniy shaxslar tomonidan O‘zbekiston Respublikasiga tovarlarni olib o‘tish tartibini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2018-yil 22-iyundagi 463-son qaroriga asosan jismoniy shaxslar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi davlat chegarasining avtoyo‘l (yo‘lovchi), temir yo‘l va daryo o‘tkazish punktlari orqali bojxona to‘lovlari undirilmaydigan ayrim tovarlarni olib o‘tishning miqdor me’yorlari tasdiqlanganligi;
v) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Jismoniy shaxslar tomonidan shaxsiy ehtiyojlari uchun tovarlarni olib o‘tish tartibini yanada takomillashtirish to‘g‘risida” 2019-yil 7-noyabrdagi PQ-4508-son qaroriga asosan:
2020-yil 1-yanvardan boshlab, notijorat maqsadlar uchun bojxona chegarasi orqali qo‘l yukida va kuzatib borilayotgan bagajida tovarlar olib kirayotgan jismoniy shaxslar uchun, shuningdek, jismoniy shaxs nomiga xalqaro pochta va kuryerlik jo‘natmalari orqali keladigan tovarlarga nisbatan qonun hujjatlarida belgilangan bojxona boji, qo‘shilgan qiymat solig‘i va aksiz solig‘i o‘rniga yagona bojxona to‘lovini to‘lashni nazarda tutuvchi bojxona to‘lovlarini undirishning soddalashtirilgan tartibi joriy etilganligi;
tovarning bojxona qiymatidan 30 foiz, lekin har bir kilogrammi uchun 3 AQSh dollaridan kam bo‘lmagan miqdorda yagona bojxona to‘lovi stavkasi tasdiqlanganligi;
jismoniy shaxslar tomonidan shaxsiy ehtiyojlari uchun olib kiriladigan tovarlar toifasiga kirmaydigan tovarlar ro‘yxati tasdiqlanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. Jismoniy shaxslar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali tovarlarni olib o‘tish maqsadini aniqlash tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-martdagi 139-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 11-son, 166-modda) bilan tasdiqlangan Davlat veterinariya xizmati nazoratidagi tovarlarni eksport, import qilishga hamda O‘zbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit qilishga ruxsatnomalar berish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 64-bandi birinchi xatboshisidagi “tayyor” so‘zi chiqarib tashlansin.
4. Ushbu qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oy o‘tgach kuchga kiradi.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.U. Umurzakov hamda O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi raisi M.B. Azimov zimmasiga yuklansin.