Yuridik shaxslarning vujudga kelishi


Yuridik shaxslarning vujudga kelish va



Download 26,35 Kb.
bet4/6
Sana22.07.2022
Hajmi26,35 Kb.
#837411
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
YURIDIK SHAXSLARNING VUJUDGA KELISHI

Yuridik shaxslarning vujudga kelish va
bekor boiish tartibi
Yuridik shaxslar quyidagi usullarda vujudga kelishi mumkin:
1. Buyruq orqali. Bunday usul bilan davlat tashkilotlari hisoblangan
yuridik shaxslar tashkil topadi.
2. Murojaat qilish usuli. Bunda muassislar tomonidan tuziladigan
yuridik shaxslarning vujudga kelishi imkoniyati qonun tomonidan
oldindan belgilab qo‘yilmagan bo‘ladi. Binobarin, bunday hollarda
davlat organi xuddi shunday yuridik shaxsning bo‘lish-bo‘lmasligining
maqsadga muvofiqligini tekshiradi.
3. Ruxsat olish usuli. Bunday usulda tashkil topadigan yuridik
shaxslarning vujudga kelish imkoniyatlari qonunlarda oldindan belgilab
qo‘yiladi va binobarin, ularning tashkil bo‘lish-bo‘lmasligi maqsadga
muvofiqligi tekshirilmaydi, balki ta’sis hujjatlarining qonunga muvofiqligi
tekshiriladi, xolos. Yuridik shaxs ta’sis shartnomasi ishtirokchilar
tomonidan tuziladi, ustavi (nizomi) esa tasdiqlanadi.
Ta’sis hujjatlarida yuridik shaxslarning tarkibi va vakolatlari hamda
boshqa zaruriy ma’lumotlar bo‘lmog‘i kerak. Ta’sis shartnomasida:
• Yuridik shaxsning nomi, joylashgan joyi, pochta manzili;
• Yuridik shaxslar va fuqarolarning yakka tadbirkor sifatida davlat
ro‘yxatidan o‘tganligi to‘g‘risida ma’lumotlar;
• maqsadi va faoliyat sohalari;
• yuridik shaxsning huquqiy maqomi;
• ta’sischilarning huquq va majburiyatlari;
• yuridik shaxsni ustav fondini shakllantirish tartibi;
• ustav fondini ko‘paytirish va kamaytirish;
• foydani taqsimlash va zararlarni qoplash tartibi;
• yuridik shaxsni boshqaruv organlari;
• yuridik shaxsning hujjatlarini saqlash;
• yuridik shaxsni qayta tashkil etish va tugatish tartibi;
• qonunda nazarda tutilgan boshqa ma’lumotlar belgilanadi.
Yuridik shaxs murojaat qilish va ruxsat olish usullari orqali tashkil
topganda albatta, uni tashkil qiluvchilar tashabbuskor guruh bo‘ladi.
Bu guruh fuqarolar (jismoniy shaxslar)dan ham, yuridik shaxslardan
ham iborat bo‘lishi mumkin. Ular muassislar yoki ta’sischilar deb
ataladi. Ta’sischilar orasida davlat ham uning organlari bo‘lishi mumkin.
Muassislar ko‘p hollarda yuridik shaxsning mol-mulkini vujudga
keltirishga o‘z ulushini qo‘shadi. Bu ulushlar asosida ko'p hollarda
ustav fondi tashkil topadi.
Fuqarolik qonun hujjatlari ≪ta’sischi≫ va ≪muassis≫ atamalarining
tushunchasi hamda ular o‘rtasidagi farqli jihatlarni belgilamaydi.
Ko‘pchilik hollarda ayniqsa, keyingi paytda ≪ta’sischi≫ atamasi huquq
normalarida deyarli qo‘llanilmayapti. Yuridik shaxsni tashkil etayotgan
shaxs (yoki shaxslar) huquq normalarida muassis (yoki muassislar)
atamasi bilan nomlanmoqda. Bu holat esa o‘z-o‘zidan kundalik
hayotda ishlatilayotgan ≪ta’sischi≫ va ≪muassis≫ atamalarining bir xildagi
ma’noga egaligini ifodalaydi.
Yuridik shaxs o‘z faoliyatida ko‘zlangan maqsad bo‘yicha tijoratchi
va tijoratchi bo‘Imagan turlarga bo‘linadi (FKning 40-moddasi). Yuridik
shaxslarning tijoratchi turlari muassislarning foyda olish maqsadini
ko‘zlab tuziladi. Notijorat turlarida muassislar foyda olish maqsadini
ko‘zlamaydilar.
Qonun hujjatlariga muvofiq tijoratchi yuridik shaxslar ham va
notijorat yuridik shaxslar ham tadbirkorlik (foyda olishga qaratilgan
faoliyat) faoliyati bilan shug‘ullanishlari mumkin, lekin bunda, tijorat
yuridik shaxslardan farq qilib notijorat yuridik shaxslar o‘z tadbirkorlik
faoliyatlaridan olgan foydani faqat a’zolarining ehtiyojini qondirish
yoki o‘zga mushtarak maqsadni amalga oshirish uchun ishlatadilar.
Olingan foydani boshqa maqsadlarda ishlatilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Shu munosabat bilan notijorat yuridik shaxslarga nisbatan FK ≪foyda
olishni maqsad qilib qo‘ymagan≫ degan ibora emas, balki, ≪foyda
olishni o‘z faoliyatining asosiy maqsadi qilib qo‘ymagan≫ iborasi belgilangan.
Bu esa, notijorat tashkiloti tadbirkorlik bilan shug‘ullanishi
muayyan foyda ko‘rishi mumkinligini belgilaydi. Faqatgina notijorat
yuridik shaxslarning asosiy maqsadi (yordamchi yoki boshqa maqsadlar
bundan mustasno) foyda olish bo‘lmaydi, xolos.
Yuridik shaxs bekor bo‘lganida ularning tijorat turlarida yuridik
shaxs hamma kreditorlar bilan hisob-kitob qilgandan keyin mol-mulki
muassislar o‘rtasida taqsimlab olinadi. Notijorat xarakterdagi yuridik
shaxslarda esa qolgan mol-mulkka nisbatan muassislar haq-huquqqa
ega bo‘lmaydilar. Yuridik shaxslaming davlat ro'yxatidan o‘tish ma’lumotlari,
shuningdek o‘ziga xos nomi davlat reestriga kiritiladi.
Yuridik shaxslami ro‘yxatdan o‘tkazishni tashkil etishning maqsadga
muvofiq emasligi haqidagi asos bilan uni ro‘yxatdan o‘tkazishni rad
etish faqat yuridik shaxslarning murojaat etish usuli bilan tashkil qilish
tartibida qoMlaniladi. Davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni rad etilganda sudga
shikoyat bilan murojaat qilish mumkin bo‘ladi. Yuridik shaxslar davlat
ro‘yxatidan o‘tgan paytidan boshlab tuzilgan hisoblanadi. Yuridik shaxsni
qayta tuzish bu haqdagi tegishli qaror bilan amalga oshiriladi. Qarorda
muassislarni shartnomaga qo‘shilish va shartnomadan chiqish tartibi
kabilar ko‘rsatiladi. Odatda, tijoratchi yuridik shaxslarning ustavlari
qonunda belgilangan tartibda tuman hokimliklarida davlat ro‘yxatiga
olinadilar. Jamoat birlashmalari maqomiga ega bo‘lgan yuridik shaxslar,
shuningdek, yirik qo‘shma korxonalar, davlat tomonidan tashkil etilgan
yuridik shaxslar nizomlari maxsus vakolatni davlat organlari tomonidan
(Vazirlar Mahkamasi, Adliya vazirligi) tasdiqlanadi. Respublikamiz
hozirgi bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o‘tish davrida yuridik
shaxslar ko‘pincha qayta tashkil etish yo‘li bilan bekor bo‘ladi. Qayta
tashkil etish yo‘li bilan turli shakllarda, jumladan, FKning 49-moddasida
ta’kidlanishicha, yuridik shaxsni qayta tashkil etish:
qo‘shib yuborish,
qo‘shib olish,
boiish,
ajratib chiqarish,
o‘zgartirish shakllarida amalga oshirilishi mumkin.
Yuridik shaxs birlashganida ikki yoki bir necha tashkilot o‘zining
mustaqil ravishda ish olib borishini bekor qiladi va yagona tashkilotga
birlashadi, ularning huquq va majburiyatlari yangidan vujudga kelgan
yuridik shaxsga o‘tadi.
Yuridik shaxs bo‘linganda o‘z faoliyatini bekor qiladi va uning
negizida ikki yoki bir necha yuridik shaxs paydo bo‘ladi hamda awalgisining
huquq va majburiyatlari yangidan vujudga kelgan yuridik
shaxslarga o‘tadi.
Yuridik shaxsning qo‘shilishida uning huquq va majburiyatlari uni
qo‘shib olayotgan yuridik shaxsga o‘tadi hamda qo‘shilgan yuridik
shaxs o‘zining mustaqil ravishda faoliyat yuritishini to‘xtatadi. Ajralish
shaklida esa faoliyat yuritayotgan yuridik shaxs tarkibidan mustaqil
tashkilot ajralib chiqadi va o‘z holicha yuridik shaxs huquqini oladi.
Kooperativ jamoat tashkilotlarining birlashishiga, bo‘linishiga
a’zolaming umumiy majlislari (yig‘ilishlari) va vakillari majlisi (yig‘ilish)
ning qarori asosidagina yo‘l qo‘yiladi.
Yuridik shaxslarning qayta tashkil qilish tartibi 0 ‘zbekiston Respublikasi
qonunlari yoki kooperativ va jamoat tashkilotlari ustavlari bilan
belgilanadi.
Yuridik shaxslar qayta tashkil etilganida universal huquqiy vorislik
vujudga keladi.
Yuridik shaxsni tugatish uning huquq va burchlari huquqiy vorislik
tartibida boshqa shaxsga o‘tmasdan bekor qilinishiga olib keladi.

Download 26,35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish