Yuridik shaxslardan olinadigan yer solig’i Yer solig’i o’zining iqtisodiy mohiyatiga ko’ra u renta to’lovidir. Yer solig’i Mahalliy Soliqlar va yig’imlar tarkibiga kiradi. U Mahalliy byudjetning daromad manbai bo’lib hisoblanadi. - Yer solig’i o’zining iqtisodiy mohiyatiga ko’ra u renta to’lovidir. Yer solig’i Mahalliy Soliqlar va yig’imlar tarkibiga kiradi. U Mahalliy byudjetning daromad manbai bo’lib hisoblanadi.
Yer solig’i to’lovchilar - Yer solig’ini to’lovchilar bo’lib, mulk huquqi, egalik qilish huquqi, foydalanish huquqi yoki ijara huquqi asosida yer uchastkalariga ega bo’lgan yuridik shaxslar, shu jumladan O’zbekiston Respublikasining norezidentlari hisoblanadi.
- Yer uchastkasidan bir nechta yuridik shaxs birgalikda foydalangan taqdirda, har bir yuridik shaxs yer uchastkasining foydalanilayotgan maydonidagi o’z ulushi uchun yer solig’ini to’laydi.
Yer solig’i obyekti - Soliq solish obyekti bo’lib, mulk huquqi, egalik qilish xuquqi foydalanish huquqi yoki ijara xuquqi asosida yuridik shaxslarda bo’lgan yer uchastkalari hisoblanadi.
- Aholii punktlarining umumiy foydalanishdagi yerlari yeki uning madaniy-maishiy, kommunal-maishiy ehtiyojlarini qondirish va dam olish uchun foydalaniladigan hamda zahira yerlar Soliq solish obyekti sifatida qaralmaydi.
Soliq solinadigan baza - Yuridik shaxslar ixtiyorida mavjud bo’lgan yer uchastkalaridan Soliq solinmaydigan yer uchastkalari maydonlarini chegirib tashlash orkali yer solig’i solinadigan baza aniqlanadi.
Yer solig’i bo’yicha imtiyozlar - Yuridik shaxslarda yer solig’i bo’yicha imtiyoz huquqlari vujudga kelgan taqdirda, Soliq solinadigan baza ushbu huquq vujudga kelgan oydan e’tiboran kamaytiriladi. Yer solig’i bo’yicha imtiyoz huquqi bekor qilingan taqdirda, Soliq solinadigan baza ushbu huquq bekor qilinganidan keyingi oydan e’tiboran hisoblab chiqariladi.
Yer solig’idan quyidagi yuridik shaxslar ozod qilinadi: - madaniyat, ta’lim, soglikni saqlash, aholini ijtimoiy muxofaza qilish muassasalari;
- nogironlarning jamoat birlashmalari, «Nuroniy» jamg’armasi va «O’zbekiston chernobilchilari» assosiasiyasi mulkida bo’lgan, ishlovchilari umumiy sonining kamida 50 foizini nogironlar, 1941-1945 yillardagi urush va mehnat fronti faxriylari tashkil kilgan yuridik shaxslar, bundan savdo, vositachilik, ta’minot-sotish va tayyorlov faoliyati bilan shug’ullanuvchi yuridik shaxslar mustasno.
- Yangi tashkil etilgan dehqon xo’jaliklari – davlat ro’yxatidan o’tkazilgan paytdan boshlab, ikki yil muddatga;
Yer solig’i stavkalari - Yuridik shaxslardan olinadigan Yer solig’i stavkalari Prezident Qarori bilan tasdiqlanadi. Soliq stavkalari tuprok sifatini (bonitetini) hisobga olgan holda belgilanadi. Yer resurslaridan yanada samarali foydalanish uchun Soliq stavkasi 2009 yilga nisbatan 2010 yilda 1,15 barovarga indeksasiya kilindi, ya’ni 15 foizga oshirildi. 2010 yil uchun belgilangan yuridik shaxslardan olinadigan yer solig’i stavkalarining guruhlanishini quyidagi ma’lumotlardan kurish mumkin:
Yuridik shaxslardan undiriladigan yer solig’i stavkalari - Baholanmagan yerlar uchun Soliq 41 dan 50 ballgacha bo’lgan yerlar uchun belgilangan stavkada to’lanadi.
Yer solig’ini hisobi va to’lash tartibi - Yer solig’i har yili 1-yanvargacha hisoblab chiqariladi va uning hisob-kitobi davlat Soliq xizmati organiga hisobot yilining 15 fevraliga kadar taqdim etiladi. Yer solig’i Soliq solinadigan baza va belgilangan stavka asosida hisoblab chiqiladi. Yil mobaynida yuridik shaxslarda yer uchastkalariga bo’lgan mulk huquqi, egalik qilish huquqi, ulardan foydalanish huquqi yoki ijara huquqi vujudga kelganida (bekor qilinganda), shuningdek ular foydalanayotgan yer maydoni ko’paygan (kamaygan) yoki yer solig’i bo’yicha imtiyozlar huquqlari bekor qilingan (vujudga kelgan) taqdirda, yuridik shaxslar davlat Soliq xizmati organiga yer solig’ining aniqlashtirilgan hisob-kitobini yer uchastkasi ajratilgan (olib kuyilgan) yoki imtiyoz huquqlari bekor qilingan (vujudga kelgan) kundan e’tiboran bir oylik muddatdan kechiktirmay taqdim etishlari shart.
Do'stlaringiz bilan baham: |