Yuridik ma’lumot qidiruv tizimlarini qo‘llash


Lex.Uz tizimida ikkita izlash shakli mavjud



Download 1,36 Mb.
bet4/6
Sana26.04.2022
Hajmi1,36 Mb.
#582673
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
YURIDIK MA’LUMOT QIDIRUV TIZIMLARINI QO‘LLASH

Lex.Uz tizimida ikkita izlash shakli mavjud:
- hujjat nomi;
- matndagi so‘z yoki so‘z birikmasi;
- hujjat turi;
- hujjat shakli;
- normativlik xarakteri;
- hujjat tili;
- Adliya vazirligida ro‘yxatdan o‘tgan raqami, ro‘yxatdan o‘tgan sanasi;
- qo‘shimcha va o‘zgarishlar kiritishi bo‘yicha.
Hujjatni qabul qilgan organlar:
- organ nomi ;
- qabul qilingan sana;
- hujjat raqami.
Hujjatning amaldaligi:
- hujjat holati;
- aktualligi;
- kuchini yo‘qotish sanasi (oraliq);
- Kuchini yo‘qotish (oraliq);
Rasmiy e’lon qilinish manbasi:
- rasmiy manba nomi;
- rasmiy manba nashr raqami;
- rasmiy manba nashri yili;
- rasmiy manbadagi moddasi.
Klassifikatorlar va ko‘rsatkichlar:
- Qonunchilik tarmoqlari umumhuquqiy klassifikatori;
- qonunchilikning mavzuga oid qo‘llanmasi;
- tushunchalar va terminlar qo‘llanmasi;

«LexUZ» HATning bosh sahifasini ochish uchun veb-brauzerni (Internet Explorer, Mozilla Firefox, Opera, Google Chrome va hokazo) ishga tushiring va www.lex.uz manzilini tering.


«LexUZ» HATning bosh sahifasi tizim menyusi va bir nechta bloklardan iborat:

Tizim menyusi – «LexUZ» HATning muhim imkoniyatlari hamda axborot bo‘limlariga murojaat qilish uchun havolalar ro‘yxatidir .


Menyuning har bir bandi bir nechta kichik bandlardan tashkil topgan bo‘lib, foydalanuvchi ular orqali qo‘shimcha ma’lumotlarga ega bo‘lishi mumkin.
Menyuning bandida «O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami» va «O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari to‘plami» nashrlari, shuningdek yuridik adabiyotlar elektron shaklda joylashtirilgan.



Hujjatlarni izlash
Izlash tizimi barcha foydalanuvchilar kirishi mumkin bo‘lgan Izlashning soddalashtirilgan shakli hamda faqatgina ro‘yxatdan o‘tgan foydalanuvchilar kirishi mumkin bo‘lgan Izlashning kengaytirilgan shakliga bo‘linadi. Izlashning soddalashtirilgan shakli «LexUZ» HATning bosh sahifasida joylashtirilgan. Izlashning soddalashtirilgan shakli – maxsus shakl bo‘lib, hujjatlarni tez topish uchun ularning eng ko‘p ishlatiladigan rekvizitlari asosida yaratilgan. Xususan: hujjatning nomi va/yoki matnidagi so‘z, jumlalar, qabul qilingan sanasi, raqami (Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar uchun Adliya vazirligida ro‘yxatga olingan sanasi va raqami), hujjat turi (ro‘yxatdan tanalanadi (qonun, farmon, qaror, yo‘riqnoma, buyruq va hokazo), organ (ro‘yxatdan tanalandi), hujjat tili (ro‘yxatdan tanalandi). Hujjatni izlash uchun izlash shaklining bir yoki bir nechta kiritish maydon- chasiga oldindan ma’lum bo‘lgan rekvizitlarni kiritish va tugmasi yoki «Enter» klavishasini bosish kerak. Izlash natijasida tizim izlash shakli maydonchalari to‘ldirilishida kiritilgan rekvizitlarga to‘la muvofiq keladigan hujjatlar ro‘yxatini chiqarib beradi.
Izlashning soddalashtirilgan shaklining xususiyati uning shakldagi izlash rekvizitlariga bog‘liqligidir. Bu Izlashning soddalashtirilgan shakli orqali quyidagi vazifalarni hal etishda yordam beradi:
«LexUZ» HATning barcha ma’lumotlar bazalari bo‘yicha hujjatlarni izlash;
mahalliy davlat hokimiyati organlari qarorlarining ma’lumotlar bazalari bo‘yicha hujjatlarni izlash;
O‘zbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalarining ma’lumotlar bazalari bo‘yicha hujjatlarni izlash;
texnikjihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarning ma’lumotlar bazalari bo‘yicha hujjatlarni izlash.
Hujjatlarni izlash qoidalari
Izlash shakllarida izlashning mavjud bitta rekvizitini yoki bir nechta rekvizitlarini ixtiyoriy birikmasini kiritgan holda izlashni amalga oshirish mumkin. Masalan: Sizga 1997 yilda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonuni kerak. Ushbu Qonunni topish uchun Izlashning soddalashtirilgan shaklining quyidagi maydonlarini to‘ldiring:
So‘z, jumla kiritish maydonida – «ta’lim»;
«Hujjat nomida izlash» funksiyasiga belgi qo‘ying;
Qabul qilingan sanasi – 01.01.1997 dan 31.12.1997 gacha;
Hujjat turi – Qonun;
Tili – o‘zbekcha.
Yana bir misol: Siz O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 8 sentyabrdagi 8-sonli qarorini topmoqchisiz. Buning uchun Izlashning soddalashtirilgan shaklining quyidagi maydonlarini to‘ldiring:
Qabul qilingan sanasi – 08.09.2011.
«Aniq sana» funksiyasiga belgi qo‘ying;
Raqami – 252;
Hujjat turi – Qaror;
Organ – O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi;
Tili – o‘zbekcha.
tugmasini yoki «Enter» klavishasini bosing.
Hujjatlarni ko‘rish sahifasi
Funksional panel
Topilgan hujjat «sichqoncha»ning chap tugmasi bilan bosilganda funksional paneli va hujjatni o‘qish maydonchasidan (hujjat matnidan) iborat bo‘lgan hujjatni ko‘rish sahifasida ochiladi. Funksional panel hujjatni ko‘rish sahifasining yuqori qismida joylashgan bo‘lib, unda quyidagi funksiyalar mavjud:





– oldingi darchaga qaytish;
– «Mening tanlaganlarim» papkasiga qo‘shish;
– hujjatni ko‘rsatish tilini tanlash;
– bir vaqtda hujjatning ikki tildagi matnini ko‘rish;
– hujjatni chop etish;
– hujjatni MS Wordga eksport qilish yoki PDF formatda
yuklab olish;
– hujjat mundarijasini ko‘rish;
– hujjatning yuridik tahlil kartochkasini ko‘rish;
– hujjatning oldingi tahrirlarini ko‘rish;
– foydalanuvchi uchun kerak bo‘lmagan elementlarni ko‘rsatmaslik (norasmiy elementlar: klassifikatorlar bo‘yicha kodlar, sharhlar matnlari va hokazolar);

Biriktirilgan fayllar


Ko‘p hollarda hujjatlarda chop etiladigan va to‘ldiriladigan blanklar, hisobotlar shakllari namunalari beriladi. Ularni sifatli chop etilishi va to‘ldirilishini ta’minlash maqsadida bunday namunalar LexUZda MS Word yoki MS Excel formatida kiritilgan. LexUZ hujjatlarida matn ko‘rinishida bo‘lmagan hamda matnlarga biriktirilgan fayllarga havolalarni uchratish mumkin.
Bularga:
– MS Word va MS Excel formatdagi hujjatlar blankalari;
– .zip formatda joylangan fayllar misol bo‘la oladi.
Hujjatlardagi biriktirilgan fayllarni ochish uchun operatsion tizimda tegishli dasturiy ta’minotlar o‘rnatilgan bo‘lishi kerak.



Download 1,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish