Yuridik ma’lumot qidiruv tizimlarini qo‘llash


Yuridik ma’lumotlarni qidirish tizimlari



Download 1,36 Mb.
bet2/6
Sana26.04.2022
Hajmi1,36 Mb.
#582673
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
YURIDIK MA’LUMOT QIDIRUV TIZIMLARINI QO‘LLASH

Yuridik ma’lumotlarni qidirish tizimlari


Huquqshunoslarning ish faoliyatini qulaylashtirish maqsadida bir nechta huquqiy axborot qidiruv tizimlari ishlab chiqilgan.


Bulardan:
Norma– huquqiy axborot qidiruv tizimi;
Yurida –huquqiy axborot qidiruv tizimi;
LexUz – O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami milliy bazasi;
Pravo – Rossiya huquqiy axborot qidiruv tizimiga O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari bazasi joylashtirilgan.


Huquqiy axborot tizimlarining tasnifi.
“Yurida” huquqiy axborot tizimi o‘z ichiga quyidagilarni jamlagan:
O‘zbekiston Respublikasi qonun va kodekslari;
Konstitutsiyaviy sud, Oliy Majlis qarorlari;
Prezident farmon, farmoyish va qarorlari;
Prezident asarlari va ma’ruzalari;
Vazirlar Mahkamasi qaror va farmoyishlari;
Adliya vazirligida ro‘yxatga olingan qo‘mita va vazirliklarning idoraviy, me’yoriy hujjatlari;
Oliy sud va Oliy xo‘jalik sudi Plenumi qarorlari;
Amnitsiya aktlari, uni qo‘llash bo‘yicha nizomlar;
Fuqarolik, jinoyat va xo‘jalik ishlari bo‘yicha sud amaliyotidan misollar;
MDH davlatlari kodekslari, qonunlari;
Xalqaro shartnoma, konvensiya, bitimlar va boshqa axborot tarzidagi ma’lumotlar.

«YURIDA» dasturi bazasida 70.000 dan ortiq hujjat mavjud. 


«YURIDA» huquqiy axborot tizimi kompyuter dasturida hujjatlarni qidirish juda ham osonlik bilan amalga oshiriladi, oynaning yuqori qismida maxsus qidirish paneli mavjud. Biron-bir so‘z kiritilishi bilan barcha nomida shu so‘z bo‘lgan hujjatlar ro‘yxati paydo bo‘ladi. Masalan: nomida «reklama» so‘zi bo‘lgan hujjat kerak 



Undan tashqari, hujjatlarni quyidagi qo‘shimcha parametrlar bo‘yicha ham qidirish mumkin:


1. Hujjatning nomi;
2. Hujjatning sanasi yoki biron-bir interval oralig‘i;
3. Hujjatning raqami;
4. Hujjatning matnidagi so‘zlari bo‘yicha.



Mazkur yuqorida ko‘rsatilgan usullar tez qidirib topishda foydalaniladi. Agar biron-bir papkani belgilab, uning ichida qidirilsa, mazkur papkadagi hujjatlar orasidan qidiradi.


Keyingi usul (global qidiruv – hujjat parametrlari bo‘yicha qidirish):
Kichik oyna menyusining HUJJATLAR ustunidagi qidirish buyrug‘i yoki mavjud hujjatlar ro‘yxati turgan o‘ng oyna ustidagi QIDIRISH BELGISINI yoki CTRL+F bosish orqali qidirish oynachasiga kiriladi.
Paydo bo‘lgan oynachada izlanayotgan hujjatga xos parametrlarni kerakli kataklarda to‘ldirish lozim. Hujjatning qancha ko‘p parametri to‘g‘ri kiritilsa, shuncha tez va aniq topilganlar ro‘yxatiga chiqariladi.



Undan tashqari, qulaylik uchun, qidirish tarixi ham mavjud. Bunda qidirish natijasida topgan hujjatlaringiz ro‘yxati saqlanadi. 



Qidirish tarixidan bizga keraklilarini belgilab olishimiz mumkin, buning uchun sichqonchaning ko‘rsatkichini ustiga olib borib 2 marotaba chertsak etarli. SHunda dastur keyin yuklaganda ham qidirilgan hujjatlar ro‘yxati qidirish tarixida saqlanib qoladi. Hujjatlardan foydalanish mavjud hujjatlar bazasiga asosiy oyna menyusining FAYL ustunidagi OCHISH buyrug‘i orqali yoki OCHISH tugmasini bosish orqali kiriladi.





Paydo bo‘lgan oyna kichik menyusi turkum ustuni aktiv holatida chap yon oynachada hujjatlar bazasining yig‘ma jildlari ro‘yxati vertikal holatdagi ko‘rinishda joylashtirilgan, aktiv yig‘majilddagi mavjud hujjatlar o‘ng oynachada namoyon bo‘ladi. Hujjatlarning bunday joylashishi klassifikator va organlar ustunining aktiv holati uchun ham o‘rinlidir (ushbu hujjatlarni nomi, sanasi va turi bo‘yicha taxlash mumkin).


Hujjatlarni saralash uchun ustunlarning nomlanishiga sichqoncha tugmasini bir marta bosish etarli. Sichqoncha tugmasi bosilishi bilan hujjatlar ro‘yxati o‘sib borish yoki kamayib borish tartibida taxlanadi.



O‘ng oynada paydo bo‘lgan kerakli hujjatlar sichqoncha tugmasini ikki marta bosish orqali ochiladi. Shift tugmasini bosib turib sichqoncha chap tugmasini 2 marta (yoki kerakli hujjat ustida sichqoncha o‘ng tugmasi bosilganda paydo bo‘ladigan menyudagi yangi oynada ochish buyruqni) bosish orqali foydalanish uchun yangi oynada yana boshqa hujjatni ochish mumkin.





yoki hujjatni yangi oynada ochishni mazkur tugmalar orqali ham amalga oshirish mumkin.





Qonun normasini u bilan boshqa hujjatlarning bog‘liqligini ko‘rsatish oynasi

Qonun normasi matnidagi tushuncha, sharh beradigan, boshqa hujjatlarni o‘zaro bog‘lab beradigan havola (ssыlka) so‘zlar ko‘k rangda bo‘lib, mazkur so‘zlarni sichqoncha chap tugmasi bilan bir marta bosilganda shu so‘z birikmasiga tushuncha, sharh beradigan boshqa normativ hujjat matni yangi oynada paydo bo‘ladi. Rasmdagi sonlar quyidagilarni bildiradi:


1 – Taalluqli hujjatlar oynachasini ochadi;
2 – Moddalar ro‘yxatini ko‘rsatadi;
3 – Moddaning oldingi (bekor bo‘lgan) tahririni ko‘rsatadi.
Kursor qaysi moddada tursa, shu moddaga taalluqli hujjatlar ko‘rinadi. Aktiv oynada ochiq turgan hujjatning butun matni “Word”ga eksport qilish tugmasi bilan Microsoft Word tahrir dasturiga o‘tkaziladi, shuningdek transliteratsiya tugmasi orqali matn kirill alifbosidagi lotin alifbosiga o‘giriladi. "YURIDA" dasturi bir vaqtning o‘zida bir necha oyna bilan taqqoslash, qiyoslash uchun ishlash imkoniyatini beradi. Asosiy oynadagi hujjatlar bilan ishlashda xuddi Microsoft Word dasturidagi kabi buyruq funksiyalari qo‘llaniladi. “YURIDA” huquqiy axborot tizimi kompyuter dasturini hamda uning bazasini o‘rnatish (yangilash) tartibi «YURIDA»
dasturini Windows XP va undan yuqori bo‘lgan operatsion sistemaga o‘rnatish mumkin. «YURIDA» dasturini o‘rnatish «YURIDA» dasturini kompyuterga o‘rnatish diskida dasturni o‘rnatish fayli, masalan – Setup Yurida 6.6.3.1.exe, dastur bazasi fayli, masalan – Yurida baza 20012014 yurist.yrd fayllari hamda dotnetfx papkasi mavjud. SetupYurida 6.6.3.1.exe faylini ishlatish orqali «YURIDA» dasturini o‘rnatish boshlanadi.



Download 1,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish