Yurak yetishmovchiligi miokard qisqarish qobiliyatining zaiflashuvi va katta yoki kichik qon aylanishi doirasida dimlanish hodisalari tomonidan chaqirilgan o’tkir yoki surunkali holat


Yurak yetishmovchiligini tashxislash



Download 74,61 Kb.
bet6/8
Sana05.04.2022
Hajmi74,61 Kb.
#530191
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Yurak yetishmovchiligi

Yurak yetishmovchiligini tashxislash
Yurak yetishmovchiligi ma’lum kasalliklar oqibatida rivojlanadigan ikkilamchi sindrom bo’lganligi sabab, tashxisiy chora-tadbirlar aniq belgilar bo’lmasa ham, birlamchi kasallikni erta aniqlashga yo’naltirilishi kerak.
Klinik anamnezni yig’ishda yurak yetishmovchiligining dastlabki belgilari sifatida charchoq va dispnoega e’tibor berish kerak, keyingi o’rinlarda bemorda YIK, gipertenziya, o’tkazilgan miokard infarktlari va revmatik shikastlanishlar, kardiomiopatiya mavjudligiga. Kichik boldir shishlari, astsitlar, tezlashgan past amplitudali yurak urishi, III yurak ohangini tinglash va yurak chegaralarining siljishi yurak yetishmovchiligining o’ziga xos belgilari bo’lib xizmat qiladi.
Agar yurak yetishmovchiligi shubha qilinsa, qonning elektrolit va gaz tarkibi, kislota-asos balansi, mochevina, kreatinin, kardiospetsifik fermentlar va oqsil-uglevod almashinuvi ko’rsatkichlarini tekshirish o’tkaziladi.
EKG ma’lum o’zgarishlar bo’yicha miokard ishemiyasi va gipertrofiyasini, shuningdek aritmiyani aniqlashga yordam beradi Elektrokardiografiya asosida turli mashqlar bajarilish davomida sinovlar o’tkaziladi, bunda velotrenajor (veloergometriya) va yugurish yo’lakchasidan (tredmil-test) foydalanish mumkin. Yuk darajasini bosqichma-bosqich oshirib boruvchi bunday sinovlar yurak funktsiyasining rezerv qobiliyatini aniqlashga imkon beradi.
Ultratovushli exokardiografiya yordamida yurak yetishmovchiligining sababini aniqlash, shuningdek, miokardning nasos funktsiyasini baholash mumkin. Yurak MRT`si yordamida YIK, tug’ma yoki orttirilgan yurak poroklari, arterial gipertenziya va boshqa kasalliklar muvaffaqiyatli tashxislanadi. Yurak yetishmovchiligida o’pka va ko’krak qafasi a’zolarining rentgenografiyasi kichik qon aylanish doirasida dimlanish jarayonlari, kardiomegaliyani aniqlaydi.
Bemorlarda radioizotop ventrikulografiya qorinchalarning qisqaruvchanlik qobiliyatini baholash va ularning hajmini aniqlash uchun yuqori aniqlikdagi natijalarni olish imkonini beradi. Kasallikning og’ir shakllarida, ichki a’zolarning shikastlanishi darajasini aniqlash uchun qorin bo’shlig’i, jigar, taloq, oshqozon osti bezining ultratovush tekshiruvi qo’llaniladi .

Download 74,61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish