Yurak yetishmovchiligi miokard qisqarish qobiliyatining zaiflashuvi va katta yoki kichik qon aylanishi doirasida dimlanish hodisalari tomonidan chaqirilgan o’tkir yoki surunkali holat


Alomatlari O’tkir yurak yetishmovchiligi belgilari



Download 74,61 Kb.
bet4/8
Sana05.04.2022
Hajmi74,61 Kb.
#530191
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Yurak yetishmovchiligi

Alomatlari
O’tkir yurak yetishmovchiligi belgilari
Bu yurakning bitta bo’limi funktsiyasining zaiflashuvi tomonidan chaqiriadi: chap bo’lmacha yoki qorincha, o’ng qorincha. O’tkir chap qorincha yetishmovchiligi yuk asosan chap qorinchaga tushadigan kasalliklarda (gipertonik kasallik, aortal porok, miokard infarkti) rivojlanadi. Chap qorincha funktsiyalarining zaiflashuvida o’pka venalarida, arteriolalar va kapillyarlarda bosim ko’tariladi, ularning o’tkazuvchanligi ortadi, buning oqibatida qonning suyuq qismi sizib chiqa boshlaydi va natijada avval interstitsial, so’ngra alveolyar shish rivojlanadi.
O’tkir chap qorincha yetishmovchiligining klinik ko’rinishi kardial astma va o’pkaning alveolyar shishidir. Kardial astma xuruji, odatda, jismoniy yoki neyro-psixik stress tomonidan chaqiriladi. Keskin bo’g’ilish hollari ko’pincha tunda kuzatilib, bemorni qo’rquvdan uyg’onishiga olib keladi. Kardial astma havo yetishmayotganligi hissi, yurak urishi, qiyin ko’chuvchi balg’amli yo’tal, keskin zaiflik, sovuq terlash bilan namoyon bo’ladi.
Bemor ortopnoe holatiga o’tadi — oyoqlarini tushirib o’tirish. Ko’rik chog’ida terining rangi oqargan biroz kulrang tusli, sovuq ter, akrosianoz, kuchli hansirash qayd qilinadi. Zaif, aritmik puls, yurak chegaralarining chapga kengayishi, jarangsiz yurak ohanglari, ot yugurishi ritmi aniqlanadi; arterial bosim ko’pincha pasaygan bo’ladi.
Kichik qon aylanish doirasi dimlanishlarining kuchayishi bilan o’pka shishi rivojlanadi. Keskin bo’g’ilish ko’p miqdorda pushti rangli ko’pikli balg’am ajralishi bilan kechadi. Masofadan nam xirillashli nafas olish eshitiladi. Bemorning joylashuvi ortopnoe holatida, yuzi ko’kargan, bo’yin venalari bo’rtib qolgan, teri sovuq ter bilan qoplangan. Puls ipsimon, aritmik, tez-tez, qon bosimi pasaygan, o’pkada har xil xirillashlar eshitiladi. O’pka shishi o’limga olib kelishi mumkinligi sababli intensiv davolanishni talab qiladigan favqulodda vaziyat hisoblanadi.
O’tkir chap bo’lmachali yurak yetishmovchiligi mitral stenozda (chap bo’lmacha-qorincha klapani) uchraydi. Klinik ko’rinishi bo’yicha o’tkir chap qorincha yetishmovchiligi bilan bir xil. Ko’pincha o’ng qorinchaning o’tkir yetishmovchiligi o’pka arteriyasi yirik shoxlarining tromboemboliyasida yuzaga keladi. Katta qon aylanish doirasida dimlanish rivojlanadi, bu oyoqlar shishishi, o’ng qovurg’a ostidagi og’riq, bo’yin venalarining bo’rtishi va pulsatsiyasi, hansirash, sianoz, yurak sohasidagi og’riq va bosim bilan kechadi. Periferik puls tez va zaif, arterial bosim keskin pasaygan, markaziy venoz bosim ko’tarilgan, yurak o’ng tomonga kengaygan.
O’ng qorinchaning dekompensatsiyasiga olib keladigan kasalliklarda yurak yetishmovchiligi chap qorincha yetishmovchiligiga qaraganda ancha oldin namoyon bo’ladi. Bu yurakning eng qudratli qismi bo’lgan chap qorinchaning katta kompensatorlik imkoniyatlari bilan izohlanadi. Biroq, chap qorincha funktsiyasi pasayishida yurak yetishmovchiligi katastrofik sur’at bilan o’sib boradi.

Download 74,61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish