2. Öilindrik ko’zguli analizatorga ega bo’lgan spektrometrlar.
Bunday analizator bitta markaziy o’qqa ega bo’lgan ikkita (ichki va tashqi) tsilindrdan iborat bo’ladi. Ichki tsilindr ichiga optik o’qi analizatorlarning markaziy o’qi bilan ustma-ust tushadigan qilib elektron to’p joylashtiriladi. Analizator ikkita fokusga ega bo’lib, ulardan biriga nishon, ikkinchisiga esa ikkilamchi elektronlarni qabul qiluvchi asbob (elektron kuchaytirgich-EK) o’rnatiladi. Nishondan emitterlangan elektronlar radial yo’nalishlar bo’ylab harakatlanib ichki tsilindrdagi halqasimon tirqish orqali o’ta boshlaydi. Tashqi tsilindrga berilgan manfiy potentsial ma’lum energiyali elektronlarni orqaga qaytarib, ikkinchi halqasimon tirqish orqali EK ga yo’naltiradi. Analiz qilinayotgan elektronlarning energiyasi tashqi tsilindr potentsialiga proportsional bo’ladi. Maydonning ekvipotentsialligini saqlash uchun halqasimon tirqishlarga to’rlar qoplanadi. Elektronlar ichki tsilindr orqali EK ga tushmasligi uchun ET ning orqa tomoniga to’siq qo’yiladi (16.3-rasm).
16.3-расм. Цилиндрик кўзгу анализаторли спектрометр. ЭК – электрон кучайтиргич, Т – тўсиš, 1 ва 2 – ички ва ташšи цилиндрлар.
Bu usulda yozib olingan signal to’g’ridan-to’g’ri ikkilamchi elektronlarning spektri N(E) ni beradi. Oje-signallarni yozish uchun tashqi tsilindrga qo’shimcha ozgina sinusoida kuchlanish DU=Ksinwt beriladi. Bu spektrometrda signalning shovqinga nisbati 103 va undan katta bo’ladi. Ajrata olish qobiliyati esa 0,2¸0,5% ni tashkil qiladi. Demak, tsilindrik ko’zguli analizatorlarning sezgirli va aniqlik darajasi to’xtatuvchi maydonli analizatorlardan ancha yuqori bo’ladi.
Tayanch so’zlar:
Oje-elektron, oje-elektron spektroskopiya, oje-elektron spektrometr, ikkilamchi elektron, to’xtatuvchi potensial, to’xtatuvchi maydon, energetik spektr, analizator, to’xtatuvchi (tormozlovchi) maydonli analizator, OES qurilmasi, yuqori vakuumli, kamera, elektron to’p, nishon, elektron analizator (spektrometr), silindrik ko’zguli analizator, emitterlangan elektron, musbat yoki manfiy potensial, ekvipotensial maydon, sinusoidal kuchlanish, sezgirlik va aniqlik darajasi.
Savollar
Oje-elektron spektrometrining tuzilishi.
Oje-elektronlarning tokini bir va ikki marta differensiallash va ularni Teylor qatoriga yoyish.
To’xtatuvchi maydonli analizatorning tuzilishi va ishlash prinsipi.
Silindrik ko’zguli analizatorning tuzilishi va ishlash prinsipi.
Oje-signallar qanday yoziladi?
Ikkilamchi elektronlarning energetik spektrida juda kichik intensivlikka ega bo’lgan cho’qqichalarni qanday sezish mumkin?
Silindrik ko’zguli analizatorlarning sezgirligi va aniqlik darajasi.
Nima uchun silindrik ko’zguli analizatorlarda halqasimon tirqishlarga to’rlar qoplanadi?
Do'stlaringiz bilan baham: |