“Yupqa qatlamlar fizikasi va texnologiyaSI”


Qattiq jismning elektron tuzilishi



Download 5,79 Mb.
bet21/47
Sana11.06.2022
Hajmi5,79 Mb.
#654268
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   47
Bog'liq
2 5222017720345691303

Qattiq jismning elektron tuzilishi.
Elektron sathlarining belgilanishi.
Qattiq jism bir-biriga juda yaqin joylashgan (1¸3 E) atomlar to’plamidan iborat sistemadir. Bunday sistema atomlarning tashqi ya’ni valent elektronlarini umumlashtirish tufayli vujudga keladi. Qattiq jismda nechta atom bo’lsa (1sm3 da taxminan 1022 atom bo’ladi) shuncha atomlarning valent elektronlari umumlashgan bo’ladi. Pauli prinsipiga asosan bitta elektron sathda (qobig’) 2 tadan ortiq elektronlar joylasha olmaydi. Shuning uchun valent elektronlar bir-biriga juda yaqin joylashgan sathlarda ikkitadan bo’lib joylasha boshlaydi. Yonma-yon joylashgan sathlar orasidagi energyetik masofa ~10-22-10-22 eV atrofida bo’lganligi uchun, qattiq jismning valent elektronlari o’zaro bir-biriga yopishib turgan sathlardan iborat butun bir zonani tashkil qiladi deb qarash mumkin. Masalan, Pd uchun valent zona kengligi ~6 eV, Si uchun esa ~12 eV ni tashkil qiladi.
Alohida atomlarda valent elektronlari o’tishi mumkin bo’lgan bo’sh sathlar mavjud. Qattiq jismda bu sathlar qo’shilishi natijasida o’tkazuvchanlik zonasi vujudga keladi. Agar valent zonaning yuqoridagi va o’tkazuvchanlik zonasining pastki chegaralari bir-biriga juda yaqin joylashgan (yoki qo’shilib ketgan) bo’lsa bunday jismlar o’tkazgich bo’ladi. Agar bu atomlar orasida biror Eg energetik farq bo’lsa, bunday moddalar yarim o’tkazgich (shartli ravishda Eg£2,5 eV) yoki dielektrik (Eg³2,5 eV) bo’ladi.
Atomlardagi valent elektronlar joylashgan sathlardan pastki sathlardagi elektronlar, bu elektronlar qattiq jism tarkibiga kirganda ham shu atomga tegishli bo’lib qolaveradi, ya’ni umumlashmaydi. Ularni negiz yoki o’zak (ostovnie) elektronlar deb ataymiz. Ammo ularning energyetik holati biroz o’zgarishi mumkin. Albatta bu o’zgarish valent zonaga yaqin sathlarda ko’proq bo’lib, undan uzoqlashgan (ya’ni atom yadrosiga yaqinlashgan) sari kamayib boradi.
Qattiq jismlarda sathlar atomlardagi kabi harflar yoki sonlar bilan belgilanadi. Qattiq jismda elektronlarning energiya bo’yicha taqsimlanishi va sathlarning belgilanishi (germaniy misolida) 14.1-rasmda keltirilgan. Endi bu rasmga izoh beramiz.
1. Yadroga eng yaqin joylashgan sath K harfi yoki 1 raqami bilan belgilanadi. Bu sathda 2 tagacha elektron joylashishi mumkin. Uni 1s1/2 deb belgilash mumkin.
2. K dan keyingi sathlar to’plamini L yoki 2 deb belgilanadi. Bu to’plamdagi 4 ta sathda 8 tagacha elektron joylashadi. Bu sathlar L1 yoki (2s1/2), L2 (2p1/2), L3 (2 p3/2) deb belgilanadi. L3 ya’ni (2p3/2) sath bir-biriga juda yaqin joylashgan 2 ta sathdan iborat bo’lganligi uchun unda 4 tagacha elektron bo’ladi.

  1. Keyingi bir necha sathlar to’plamini M yoki 3 deb belgilanadi. Bu to’plamda 9 ta sath bo’lib, ularda 18 tagacha elektronlar joylashishi mumkin. Bu sathlardagi belgilashlar: M1 - 3s1/2 (2 ta elektron), M2 -3p1/2 (2ta ), M3 - 3p3/2 (4 ta ), M4 - 3d3/2 (4 ta ), M5 - 3d5/2 (6 ta ).

  2. M dan keyingi sathlar to’plami N yoki 4 deb belgilanadi. Bu to’plamda 32 tagacha elektron bo’lishi mumkin. Bizning misolimiz (14.1-rasm) shartli ravishda Ge ga to’g’ri kelganligi uchun bu sathlar to’plamida 4 ta elektron bo’ladi. Bu elektronlar umumlashib valent zonani tashkil qiladi.

Sathlarni hisobga olganda Ge atomi uchun elektron konfiguratsiyalarni quyidagicha yozish mumkin: 1s2 2s2 2p6 3s2 3p6 3d10 4s2 4p2. s, p va d larning daraja ko’rsatkichlari shu sathlardagi elektronlarning soniga teng bo’ladi. Ge atomi uchun 4 s2 4p2 valent elektronlarga to’g’ri keladi. Qattiq jismda bu elektronlar valent zonani tashkil qilganligi uchun V deb belgilanadi. Boshqa belgilashlar atomdagidan farq qilmaydi.

Download 5,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish