“Yupqa qatlamlar fizikasi va texnologiyaSI”



Download 5,79 Mb.
bet22/47
Sana11.06.2022
Hajmi5,79 Mb.
#654268
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   47
Bog'liq
2 5222017720345691303

Tayanch so’zlar:
Oje-elektron, kimyoviy tarkib, yupqa yuza qatlam, Mendeleyev jadvali, elementning tartib nomeri, kimyoviy bog’lanishlar, metallshunoslik, kataliz, yuzalarni yemirish, oje-jarayon, elektron tuzilish, elektron sathlar, atomlar to’plami, valent elektronlar, Pauli prinsipi, negiz yoki o’zak(ostovnыye) elektronlar, atom yadrosi, elektronlar konfigurasiyasi.
Savollar

  1. Oje-elektronlarning spektroskopiyasi.

  2. Qattiq jismlarni elektron tuzilishi. Elektron sathlar qanday belgilanadi?

  3. Zonalar va elektron sathlar nima?

  4. Metall, yarimo’tkazgich va dielektriklarning zonaviy tuzilishini tushuntiring.

  5. Oje-elektronlarning spektroskopiyasi usulining asosiy afzalliklari.

  6. Ge atomining elektron konfiguratsiyasini yozing.

  7. ßdroga eng yaqin joylashgan sath qanday belgilanadi, bu sathda nechta elektron bo’lishi mumkin?

  8. Qanday qilib materiallarni ularning zonaviy strukturalariga qarab farqlash mumkin?



Adabiyotlar:
1. 200-212 betlar
2. 11-17 betlar

  1. 17-26 betlar

4. 16-34 betlar
5. 20-61 betlar
15-ma’ruza


Reja

  1. Oje-jarayon va uning bosqichlari.

  2. Oje-elektronlarni energiyasini hisoblash formulalari.

  3. Oje-jarayonda oje-elektronlarni chiqish chuqurligi ().



OJE - JARAYoN
Energiyasi etarli darajada katta bo’lgan birlamchi elektron jism atomlarining ichki sathlarining bittasidan, masalan, K dan elektron urib chiqarish mumkin. Bu bo’sh qolgan joy tezda (10-12 - 10-13 sek ichida) yuqori sathlardan biridagi (masalan, L1 dagi) elektronning o’tishi bilan to’ladi. Bu o’tish natijasida Ek -EL energiya ajralib chiqadi. Bu energiya xarakterli rentgen nurlanish holida ajralishi mumkin yoki boshqa (masalan,L2) sathdagi elektronga berilishi mumkin. Agar aytilgan energiya elektronga berilib uni vakuumga chiqarsa ko’rib o’tilgan jarayon oje - jarayon, uchib chiqqan elektron esa oje-elektron deyiladi. Bu o’tishlar quyidagicha belgilanadi: KL1 L2
Demak oje-jarayon uchta bosqichdan iborat bo’lar ekan:
1) ichki sathlarning birida vakant (bo’sh) joy hosil bo’ladi;

  1. yuqoridagi sathlardan biridagi (yoki valent zonadagi) elektron bilan vakant joy to’ldiriladi;

  2. a
    jralib chiqqan energiya yuqori sathlardagi yoki valent zonadagi elektronlardan biriga berilib uni vakuumga chiqaradi. (Ajralib chiqqan energiya albatta to’ldiruvchi elektron joylashgan sathdagi yoki undan yuqoridagi sathlardagi elektronga beriladi).

15.1-rasmda oje-o’tishlarga ayrim misollar keltirilgan. Oje-elektronlarning energiyasi Ewxy umumiy holda taxminan quyidagiga teng bo’ladi:


Ewxy = Ew - Ex - Ey (15.1)
w - vakansiya hosil bo’lgan sath: x - vakansiyani to’ldirish uchun elektron bergan sath: y - oje-elektron uchib chiqqan sath.
Oje-elektronlarning energiyasini aniqroq hisoblash uchun quyidagi empirik formuladan foydalanish mumkin:
Ewxy=Ew(z)-Ex(z)-Ey(z)-1/2{Ey(z+1)-Ey(z)+Ex(z+1)-Ex(z)}-ja (15.2)
Bu erda, z - tekshirilayotgan elementning tartib nomeri, ja -oje-elektronlarni qabul qilib olayotgan elektrod (analizator)ning chiqish ishi.
Demak, oje-jarayon uchun kamida 2 ta elektron sath bo’lishi kerak ekan. Shuning uchun ham N va Ne atomlari uchun oje-o’tish ro’y bermaydi. Elementning tartib nomeri oshib borgan sari unda ro’y beradigan oje-o’tishlarning soni ham ortib, ya’ni har xil energiyali oje-elektronlar hosil bo’ladi. Har qanday elementdagi bir necha oje-o’tishlar energiyasi, boshqa elementdagi oje-o’tishlarning energiyasi bilan hech qachon bir xil bo’lmaydi. ß’ni oje-elektronlarning energiyasini analiz qilib har qanday elementni aniqlash mumkin.
Oje-elektronlarning chiqish chuqurligi l, ikkilamchi elektronlarning erkin yo’l uzunligiga teng bo’lib, ularning energiyasiga bog’liq bo’ladi. Bu chuqurlik elementning turiga unchalik bog’liq emasligi tajribada aniqlangan. 15.2-rasmda barcha elementlar uchun universal bo’lgan oje-elektronlar energiyasi va chiqish chuqurligi orasidagi


15.2-расм. Оже-электронлар чиšиш чуšурлиги ва энергияси орасидаги боғланиши ифодаловчи эгри чизиš.



bog’lanish Eoje(l) berilgan. Rasmdan ko’rinadiki l ning qiymati Eoje - 50 -100 eV bo’lgan oraliqda eng kichik va bor yo’g’i 5-6 E ni tashkil qiladi.



Download 5,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish