Didaktika
Didaktika (yun. didaktikos — oʻrga-tuvchi,
taʼlim beruvchi) — pedagogikaning
tarmogʻi. Taʼlim nazariyasi bilan
shugʻullanadi. "D." atamasi ilk bor
Yevropada 17-asrda oʻqitish va taʼlim
jarayoni haqida asarlar yaratgan olimlar
tomonidan qoʻllanila boshlagan. Chex
pedagogi Ya. A. Komenskiy oʻzining
"Buyuk didaktika" asari (1657)da bolalar
va oʻsmirlarni maʼlumotli qilish va ularga
taʼlim berishning didaktik jihatlarini ishlab
chikdi. Nemis pedagogi A. Disterveg
oʻzining "Nemis oʻqituvchilarini
maʼlumotli qilishga rahbarlik" (1834—35)
asarida D.ning ped.da taʼlim nazariyasini
bayon etuvchi alohida qism ekanligini
taʼkidlagan. Shundan keyin D.ga taʼlim
nazariyasi haqidagi fan sifatida qarash
keng yoyildi. 19-asrning oxiri va 20-
asrning boshlarida D.ga oid maxsus
monografiyalar paydo boʻla boshladi.
Hoz. zamon ped.sida D.ga taʼlim va
maʼrifat berish nazariyasi bilan
shugʻullanadigan alohida soha sifatida
qaraladi. Taʼlim mazmunini aniklash,
taʼlim jarayoni qonuniyatlarini ochish
hamda oʻqitishning eng samarador usul
va yoʻllarini topish D.ning asosiy
muammolaridir. D.ning mohiyatini
belgilash, yoʻnalishini aniqlashda falsafiy-
nazariy asosning oʻrni katta. Uzoq vaqt
mobaynida marksizm-leninizm D.ning
taraqqiyot yoʻnalishini belgilab beruvchi
metodologik asos deb qarab kelindi.
Lekin mazkur taʼlimotning ilmiy asoslari
puch, jamiyat va tabiat taraqqiyoti
qonuniyatlarini toʻgʻri hamda xolis
koʻrsatish imkoniyatidan mahrum boʻlgan
tarafkash (tendensioz) qarash ekanligi
maʼlum boʻlgach, unga tayanish mumkin
boʻlmay qoldi. Keyingi vaqtda, kalom
falsafasiga milliy D.ning metodologik
asosi sifatida qaralmoqda. Chunki
olamning yaralish, rivojlanish
qonuniyatlari, insonning bilish
imkoniyatlari, maʼrifatning shaxs
kamolotidagi, oʻzini anglash borasidagi
oʻrni singari jihatlar ana shu falsafiy
asosga tayanilgandagina tushunarli
tarzda izohlanishi mumkinligi anglab
yetildi. Kalom falsafasi taʼlim olamni
bilishning vositasi ekanligini, bilish
jarayonining cheki yoʻq, ammo inson
bilishi mumkin boʻlgan bilimlar
cheklanganligini koʻrsatishi bilan
diqqatga sazovordir.
D. umumiy psixologiya, oʻqitish
psixologiyasi hamda bilish nazariyasi
bilan uzviy bogʻliq. Bu fanlarning har biri
bolaning bilish faoliyati va uni amalga
oshirilish jarayoni toʻgʻrisida alohida bilim
beradi. Taʼlim mazmuni va usullarini
belgilash borasida ham mazkur
aloqadorlik katta ahamiyatga ega. D. har
qanday alohida predmetni oʻqitish va
uning mazmunini tayin etish
qonuniyatlarini aniqlaydigan fan sifatida
taʼlim va maʼrifat ishlarini samarali tashkil
etishning umumiy usullarini belgilab
berishi lozim. Ayni vaqtda, alohida
predmetlarni oʻqitish metodikasi maktab
amaliyotining aniq tajribalaridan kelib
chiqqanligi uchun D.ning tamoyillari
taʼlim jarayonida uchraydigan har xil
favqulodda hodisalarning oʻziga xosligini
hisobga olgan holda tuziladi.
Oʻzbek milliy ped.si tarixida ham D.ning
asosiy xususiyatlarini aks ettirishga
bagʻishlangan koʻpgina tadqiqotlar
mavjud. Garchi turkiy mutafakkirlarning
asarlarida D. hozirgi nom bilan
atalmagan boʻlsada, lekin ular taʼlim
jarayonining qonuniyatlarini belgilashi,
uni tashkil etishning yoʻl-yoʻriqlarini
koʻrsatishi jihatidan beqiyos ahamiyatga
ega. Forobiy, Beruniy, Ibn Sino, Ahmad
alFargʻoniy, Margʻinoniy, Davoniy, Alisher
Navoiy, Munis singari mutafakkirlarning
taʼlimni uyushtirish, uning
samaradorligini oshirish, oʻqitish
jarayonida oʻqituvchi va oʻquvchi
munosabatlari borasidagi qarashlari
jahon ped. taraqqiyotining oʻziga xos
bosqichini tashkil etadi. Muayyan
yoshdagi bolalarni jamoa tarzida bir
joyda oʻqitishning samaradorligi ilk bor
Ibn Sino tomonidan koʻrsatib berilgan
boʻlsa, muallimning oʻzida ezgu insoniy
sifatlar boʻlmasa, bolalarda bunday
hislatlarni shakllantirish mumkin
emasligi Navoiy asarlarida aks etgan.
Margʻinoniy esa, bilimlarni oʻzlashtirish
yuzasidan umumiy tavsiyalar beribgina
qolmay, oʻrganilgan tushunchalarni
bolalar xotirasida uzoqroq saklash
yuzasidan aniq metodik usullar ham
tavsiya etgan.
Oʻzbek milliy D.sining shakllanishida
jadidchilik harakati, xususan,
Munavvarqori Abdurashidxonov,
Abduqodir Shu kuriy, A. Ibodiyev, M.
Behbudiy, A. Avloniy, S. Saidazizov, R.
Yusufbekov kabi maʼrifatparvar-
pedagoglarning faoliyati alohida muhim
bosqich boʻldi. 20-asr boshlarida vujudga
kelgan jadidchilik turkiy xalqlarning kad.
shonu shuxratini tiklash uchun uni
maʼrifatli qilishdan oʻzga yoʻl yoʻkligini
toʻgʻri belgiladi. Jahon ped. sining eng
soʻnggi yutuklaridan xabardor boʻlgan,
ayni vaqtda taʼlimni tashkil etishda koʻp
asrlik milliy tajribalarni hisobga olgan,
D.ning metodologik asosi sifatida islomiy
eʼtiqodni belgilagan jadidlar oʻqi-tish
borasida yuksak natijalarga erishdilar.
Jadid mutafakkirlar taʼlimni
uyushtirishning amaliy jihatlari b-ngina
shugʻullanib qolmay, uning nazariy
masalalarini ham tadqiq etganliklari
diqqatga sazovordir. Jadidlarning
didaktik karashlari ularning koʻplab
pedagogik asarlari, darelik va
qoʻllanmalarida aks etgan.
Turkistonda Okt. toʻntarishi tufayli qaror
topgan shoʻrolar zamonida D. avtoritar
ped.ning bir tarmogʻi sifatida deyarli
hamisha tarbiyaga qarshi qoʻyib kelindi.
Milliy tajribalarga tayanmagan, taʼlim
jarayonining mazmunini yangilashga
qobil boʻlmagan, maktab D.sini mafkura
zugʻumidan xalos eta olmagan
sotsialistok ped. uning tashqi jihatlarini
pardozlab, yaltiratib koʻrsatishga alohida
eʼtibor berdi. Turli-tuman usullar oʻylab
topildi, koʻpdan-koʻp "ilgʻor" tajribalar
yoyildi. Lekin taʼlimda kutilgan samaraga
erishilmadi.
Oʻzbekiston mustaqillikka erishtandan
soʻng oʻzbek ped. fani va amaliyoti milliy
asoslarga tayangan holda D.ning
tamomila yangicha yoʻnalishda taraqqiy
etishiga zamin hozirladi. Ijtimoiy ongning
oʻzgarishi pedagogik tafakkurning
sogʻlomlashuviga, u esa, oʻz navbatida,
D.ning milliy asoslarda rivojlana
boshlashiga olib keldi. Bunda milliy
D.ning asosiy tamoyillarini toʻgʻri
belgilash hal qiluvchi ahamiyatga ega.
Milliy D.ning asosiy tamoyillaridan biri
taʼlimning insoniylashuvidir. Mazkur
tamoyil taʼlim jarayoni uchun bilim emas,
balki oʻquvchi shaxsi asosiy kadriyat
ekanligini anglatadi. Bunda oʻquvchi
shaxsini shakllantirishga ustuvor oʻrin
beriladi. Taʼlimning insonparvarlashuvi
tamoyili oʻzbek D.sining asosiy
talablaridan boʻlib, taʼlim mazmoʻnini
belgilash va pedagogik amaliyotni tashkil
etishda shaxs maʼnaviyatini
shakllantirishga yoʻnaltirilgan oʻquv
fanlariga ustuvor ahamiyat berilishini
kuzda tutadi. Estetik, badiiy turkumdagi
predmetlarni oʻqitishga alohida eʼtibor
qaratish yoʻli bilan bolalarning hissiyotini
shakllantirishga erishish, ularda iroda
xususiyatlarini tarkib toptirish muhimdir.
Oʻquvchi maʼnaviyati bilan uning
oʻzlashtirishi oʻrtasida uzviy aloqa borligi
zamonaviy psixologiya fani tomonidan
asoslab berilgan. Bu holatni hisobga
olmay ish koʻrgan ped.
muvaffaqiyatsizlikka mahkumdir. Milliy D.
taraqqiyotini taʼminlaydigan
tamoyillardan yana biri taʼlimning
yaxlitligidir. Dunyodagi narsa-hodisalar
yaxlit va bir-biridan ajralmagan holda
mavjud ekan, uni urganish ham imkon
qadar yaxlit tarzda amalga oshirilishi
kerak. Taʼlim jarayonida oʻquv predmetlari
miqdorini koʻpaytirish emas, balki olamni
bilish vositasi boʻlmish oʻquv fanlarini
imkon qadar umumlashtirish yoʻlidan
borish lozim. Shuning uchun ham
mustaqil Oʻzbekistonning yangilangan
oʻquv rejalarida taʼlimning asosiy yetti
tarmogʻi belgilangan boʻlib, oʻquv fanlari
miqdorini zaruratga qarab oʻzgarib turishi
koʻzda tutilgan. Taʼlim jarayonida
oʻquvchilarning alohida jihatlarini hisobga
olish ham D.ning asosiy tamoyillaridan
sanaladi. U oʻqitish jarayonini har bir
oʻquvchiga xos xususiyatlarni koʻzda
tutgan holda tashkil qilishni taqozo etadi.
Maʼlumki, har qanday shaxs muayyan
geografik muhitda shakllanadi. Uning
tabiatida oʻsha muhitga xos jihatlar
muhrlangan boʻladi. Shuning uchun ham
oʻqitish jarayonida mintaqaviy
xususiyatlarni hisobga olish tamoyili ham
D.ning zarur talablaridan biridir. OʻzRning
"Kadrlar tayyorlash milliy dasturi"da
mazkur tamoyilga alohida eʼtibor
qaratilgan. Tarbiyaning ustuvorligi ham
bugungi oʻzbek D.sining asosiy
tamoyillaridan sanaladi. Komil shaxsni
tarbiyalash har qanday taʼlim
muassasasining asosiy vazifasiga
aylandi. Maʼnaviyatni shakllantirish
maksad darajasiga koʻtarilgan sharoitda
tarbiyaga ustuvor maqom berilishi
tabiiydir. Milliy D. oʻquvchilarni taʼlim
jarayonining ishtirokchilarigina emas,
balki ijrochilari deb qarashni ham koʻzda
tutadi. Taʼlim oʻquvchilarning ichki
ehtiyojiga aylanmasa, ular bu jarayonda
faol ishtirok etmasalar, hech qanday
ijobiy samaraga erishib boʻlmaydi.
D. taʼlim usullari muammosini ham
qamrab oladi. Oʻqituvchi biror predmet
boʻyicha oʻquvchilarning tizimli bilim
olishini taʼminlash maqsadi sari intilar
ekan, maʼlum ishlarning bajarilish
namunasini koʻrsatadi. Ayni vaqtda, u
taʼlimning barcha bosqichlarida
uquvchining faolligi va mustaqilligini
taʼminlaydi. Oʻquvchilar oʻqituvchi
rahbarligida tajriba va kuzatuvlari
asosida yangi bilimlarni oʻzlashtiradi.
Ularga chuqur va mustaqil
oʻzlashtirishlari, oʻrgangan bilimlarini
amaliyotda ijodiy qoʻllashlari uchun
maxsus topshiriklar beriladi.
OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Karimov I., Barkamol avlod Oʻzbekistan
taraqqiyotining poydevori, T., 1997;
Oʻrta Osiyoda pedagogik fikr
taraqqiyotidan lavhalar, T.: 1996;
Hoshimov K., Nishonova S, Inomova
M., Pedagogika tarixi, T., 1996;
Oʻzbekistan mutafakkirlari taʼlimtarbiya
qaqida, T., 1995; Yoʻldoshev J.,
Mustaqil Oʻzbekiston taʼlimi, T., 1997.
Qozoqboy Yoʻldoshev.
Adabiyot
Soʻnggi tahrir 1 yil avval IluvatarBot tomonidan amalga oshirildi
Matndan CC BY-SA 3.0 litsenziyasi boʻyicha
foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan
boʻlsa).
Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib,
Vikipediyaga yordam berishingiz
mumkin.
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak.
"
https://uz.wikipedia.org/w/inde
x.php?
title=Didaktika&oldid=2055109
"
dan olindi
Do'stlaringiz bilan baham: |