Yuldаshev Asqarali Yakubovich soliqlar va soliqqa tortish


-§. Yuridik shaxslarni jami daromadini aniqlash tartibi



Download 2,64 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/66
Sana23.05.2022
Hajmi2,64 Mb.
#607667
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   66
Bog'liq
soliq va soliqqa tortish

 
2-§. Yuridik shaxslarni jami daromadini aniqlash tartibi
Foyda solig`ining aniqlashda dastawal korxona jami daromadini aniqlash 
lozim. Jami daromad uchun jo`natilgan tovar, bajarilgan ishlar, 
ko`rsatilgan xizmatlar va boshqa operatsiyalar uchun korxona olishi lozim 
bo`lgan mablag`lar yoki tekinga olingan mablag`lar asosiy manba bo`lib 
hisoblanadi. Bularga esa quyidagilar kiradi: 
- tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan keladigan tushum; 
- asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar, qimmatli qog`ozlar, intellektual mulk 
obyektlari, materiallar va boshqa aktivlarni realizatsiya qilishdan keladigan 
daromad; 
- foizlardan keladigan daromadlar; 
- dividendlar; 
- tekinga olingan mol-mulk; 
- mol-mulkni ijaraga berishdan keladigan daromad; 
- royalti; 


33 
- tekin moliyaviy yordam (davlat byudjetidan berilgan subsidiyalar bundan 
mustasno); 
- da'vo muddati o`tkazib yuborilgan kreditorlik va deponent qarzdorlikni 
hisobdan chiqarishdan olingan daromad; 
- ilgari chegirib tashlangan xarajatlar, zararlar yoki shubhali qarzlarning 
o`rnini qoplash tariqasida olingan daromadlar; 
- valuta hisob-varaqalaridagi kurs bo`yicha musbat farq; 
- favqulodda daromadlar; 
- boshqa daromadlar. 
Agar o`zaro aloqador korxonalar tijorat va moliyaviy munosabatlarida 
mustaqil yuridik shaxslar o`rtasida qo`llanishi mumkin bo`lgan naodardan farq 
qiladigan narxlarni qo`llasalar, Qonun hujjatlarida belgilangan tartibda, narxlarda 
vujudga kelgan farqga teng miqdorda daromad surnmasini o`zgartirilishi mumkin. 
O`zaro aloqador korxonalar quyidagilardir: 
Xorijiy davlatning yuridik shaxslari va ularning O`zbekiston Respublikasida 
ro`yxatga olingan yuridik shaxslar hamda ularning O`zbekiston Respublikasidan 
tashqarida joylashgan shu'ba korxonalari; 
- ayni bir yuridik yoki jismoniy shaxslar muassislari bo`lgan, O`zbekiston 
Respublikasida ro`yxatga olingan yuridik shaxslar va xorijiy davlatlarning yuridik 
shaxslari. 
Soliq solinadigan daromadlarni (foydani) belgilashda jami daromaddan 
quyidagi chegirmalar amalga oshiriladi; 
- qo`shilgan qiymat solig`i, aksiz solig`i, mol-mulk solig`i, yer solig`i, yer osti 
boyligidan foydalanganlik uchun soliq, ekologiya solig`i, suv resurslardan 
foydalanganlik uchun soliq, boj to`lovlari; 
- banklarning va boshqa moliya-kredit tashkilotlarning qisqa muddatli 
kreditlari bo`yicha foiz to`lovlari summalari, to`lov muddati o`tgan va to'-lov 
muddati uzaytirilgan ssudalar bo`yicha foizlar bundan mustasno
- xodimlarga ish haqi to`lash bo`yicha xarajatlar (banklar, sug`urta 
tashkilotlari, videosalonlar, videoko`rsatuv, video va audio yozuv punkflari, 
auksionlar, kazino, pul yutuqi qo`yilgan uyin avtomatlari va boshqalar mustasno; 
- belgilangan tartibda kiritilgan renta to`lovlarning surnrnasi; ijara haqi (lizing 
to`lovi); 
asosiy vositalarni ta'mirlash xarajatlari; 
- chet ellik yuridik va jismoniy shaxslarning moddiy xarajatlari va 
ko`rsatilgan xizmatlarning qiymati; 
- rnajburiy sug`urta to`lovlari bo`yicha o`tkazilgan qonun xujjatlarga muvofiq 
ish haqiga hisoblangan summalar; 
- mahsulotni (xizmatlarni) sertifikatlash ishlariga haq to`lash xarajatlari 
summasi; 
- qonun hujjatlarga muvofiq normalar bo`yicha xizmat safarlari xarajatlari 
summasi; 
- qonun hujjatlariga muvofiq normalar bo`yicha vakillik maqsadlaridagi 
xarajatlar summalari
- reklama xarajatlari; 


34 
- belgilangan normalar doirasida kadrlar tayyorlash va ularni qayta tayyorlash 
uchun xarajatlar summalari; 
- soliq to`lovchi balansidagi so`glikni saqlash obyektlari, qariyalar va 
nog`ironlar uylari, maktabgacha tarbiya bolalar muassasalari, bolalarning dam 
olish lagerlari, madaniyat va sport obyektlari xalq ta'limi muassasalari, uy-joy 
fondini saqlashga mahalliy davlat hokimiyat organlari tasdiqlangan normativlaiga 
muvofiq keladigan xarajatlar summalari, shuningdek, soliq to`lovchilar sanab 
o`tilgan muassasalarni saqlashda ulush qo`shib qatnashib, ana shu maqsadlar 
uchun qilinadigan xarajatlarning summalari; 
- qonun hujjatlarida belgilab qo`yilgan boshqa majburiy to`lovlar. Ushbu 
moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan xarajatlar va majburiy to`lovlardan 
tashqari quyidagi xarajatlar va ajratmalar ham jami daromaddan chegirib 
tashlanadi.
1) Banklar bo`yicha: 
- kredit resurslari uchun to`lovlar, operatsiya xarajatlari, pul mablag`lari va 
boyliklarni tashish hamda saqlash xarajatlari: 
- mijozlarning hisobvaraqlari, shu jumladan, jismoniy shaxslarning 
omonatlari bo`yicha hisoblangan va to`langan foizlari; 
- tavakkalchilik operatsiyalari bo`yicha zaxira hisoblash, uchirilgan umidsiz 
ssuda summalari; 
2) Sug`urta tashkilotlari bo`yicha: 
- qayta sug`urta shartnomalari bo`yicha berilgan to`lov summalari; 
- amal qilishi hisobot yili oxirigacha to`lanmagan sug`urta va qayta sug`urta 
shartnomalari bo`yicha berilgan toiov summalari; 
- sug`urta va qayta majburiyatlari bo`yicha amalga oshirilgan va hisoblangan 
to`Iov summalari. 
- o`tgan yillardagi sug`urta hodisalari bo`yicha to`lanmagan to`lov summalari, 
shu jumladan, da'vo muddati doirasidagi majburiyatlar summalari; 
- sug`urta tashkiloti sug`urta hodisalari ro`y berishini bartaraf etish va uning 
oldini olishga doir tadbirlarni moliyalashga sarflaydigan mablag`lar summalari; 
- sug`urta tashkilotlarning zaxira fondlari bu tashkilotlar ustav fondining 25 % 
yetguniga qadar sug`urta tashkilotlari o`z daromadlarining 25 % miqdorida zaxira 
fondlariga qiladigan ajratmalar. 
Jami daromaddan chegirib tashlanadigan xarajatlar, majburiy to`lovlar, 
chiqimlar va ajratmalarni aniqlash tartibi O`zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasi tomonidan belgilanadi. 
Agar amalga oshirilgan xarajatlar bir necha toifaga kiritilgan boisa, u faqat bir 
marta jami daromaddan chegirib tashlanadi. 
Asosiy vositalar amortizatsiya qilinadi, yer bundan mustasno, asosiy 
vositalarning soliq solinadigan davr mobaynida belgilangan normalar doirasida 
hisoblangan amortizatsiya ajratmalari summalari jami daromaddan chegirib 
tashlanadi. 
Bundan tashqari, nomoddiy aktivlarga qilingan xarajatlar jami daromaddan 
eskirish tarzida har oyda, korxona tomonidan ularning boshlang`ich qiymati va 
ulardan unumli foydalanish muddati asosida hisoblab chiqilgan normalar bo`yicha 


35 
chiqarib tashlanadi. 

Download 2,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   66




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish