18
III bob.
O`ZBEKISTON DAVLATINING SOLIQ SIYOSATI
l-§. O`zbekiston Respublikasidagi o`tish davri iqtisodiyotini boshqarishda
moliya siyosatining roli
Keyingi yillarda O`zbekiston Respublikasi hukumati bozor munosabatlariga
asoslangan iqtisodiyotni yaratishga qaratilgan izchil iqtisodiy islohotlarni amalga
oshirmoqda. Islohotlar strategiyasi davlat iqtisodiy
siyosatining keng qamrovli
dastaklarini o`z ichiga oladi. Mana shunday dastaklardan eng muhimlaridan
biridavlatning izchil moliyaviy siyosati hisoblanadi. Iqtisodiyotni erkinlashtirish
sharoitida davlat moliyaviy siyosatini olib borish va iqtisodni moliyaviy tartibga
solish muammolariga alohida e'tibor beriladi.
Moliyaviy siyosat davlat iqtisodiy siyosatining tarkibiy qismi bo`lib, uni
falsafiy kategoriyaga taqqoslaydigan bo`lsak, ustqurmaga taalluqlidir. Ma'lumki,
har qanday jamiyatda ham davlat
biron-bir maqsadga erishish, oldiga qo`ygan
vazifa va majburiyatlarni bajarish uchun moliyadan keng foydalanadi.
Moliyaviy siyosat qo`yilgan maqsadlarga hayotga tatbiq etish uchun
bajarilishi lozim bo`lgan vazifalarni tashkil etishda asosiy rol o`ynaydi. Moliyaviy
siyosatni ishlab chiqish jarayoni va hayotga tatbiq etishda u jamiyat oldida turgan
vazifalarni bajarish sharoitlarini ta'minlab, iqtisodiy manfaatlarga ta'sir
ko`rsatadigan qurol sifatida namoyon bo`ladi.
Moliyaviy siyosatning asosiy yo`nalishi moliyaviy resurslardan foy-dalanish
samaradorligini oshirish, moliyaviy tizim sohalari o`rtasida
qayta taqsimlash va
bosh yo`nalishga ega bo`lgan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni barqarorlashtirish
maqsadida davlat ixtiyoridagi moliya resurslarini markazlashtirishdan iborat.
Moliyaviy siyosat haqida so`z yuritar ekamiz, biz uning nihoyatda ko`p qirrali
va murakkab kategoriya ekanligini alohida ta'kidlashimiz kerak. Hozirgi kunga
qadar moliyaviy siyosat tushunchasi borasida yagona fikr mavjud emas. Masalan,
g`arb iqtisodchilari Stenli Fisher, Rudiger Dornbush va Richard Shmalenzilarning
fikricha, moliyaviy siyosat musta-qil tushuncha hisoblanmaydi. Ular moliyaviy
siyosat tushunchasiga fiskal siyosat tushunchasi orqali yondashadilar. «Fiskal
siyosat esa davlatning o`z daromadlari va xarajatlari bo`yicha
qaror qabul qilishi
bo`lib, hisoblanadi, deb ta'kidlanadi.
Xorij iqtisodiy maktabining Kempbell R., Makkonell va Stenli L.Bryu kabi
namoyandalari ham shunga o`xshash fikrlarni bildirib, «moliyaviy byudjet va
fiskal siyosat tushunchalarini bir o`ringa qo'yishadi».
Professor V.V Lavrovning fikricha, moliyaviy
siyosat ishlab chiqarishni
hisobga olish va nazorat qilish, tnehnat sifati va mahsulotlarni taqsimlash bilan
bog`liq. Rus olimi I.V.Levchuk moliyaviy siyosatni ishlab chiqarishni
rivqjlantirishdagi katta rolini ko`rsatib,
moliyaviy siyosat, birinchi navbatda
markazlashtirish va demokratik boshqarishni tashkil etishda xizmat qiladi, - deydi.
Moliyaviy siyosatga toiaroq tushunchani M.K.Sheremetev o`zining o`quv
qo`llanmasida beradi: «Birinchidan, moliyaviy siyosat bu moliyadan foydalanish
bo`yicha davlatning asosiy yo`nalishidir; ikkichidan,
moliyaviy siyosat mamlakat
iqtisodiyotining ichida ro`y beruvchi moliyaviy jarayonlarning natijasidir».
Yuqoridagilarga asoslanib, moliyaviy siyosat bu aholining hayot darajasini
19
oshirish maqsadida moliyaviy mablag`larning davlat tomonidan tartibga
solinishidir, deb aytishimiz mumkin.
Moliyaviy siyosat haqida fikr yuritganimizda, uning turlariga alohida to`xtalib
o`tishimiz lozim boladi. Hozirgi kunda moliyaviy siyosat
turlarini quyidagicha
guruhlash mumkin:
- iqtisodiy o`sish siyosati;
- muvozanatlashtirish siyosati;
- chegaralash siyosati.
Moliyaviy siyosatning yuqorida keltirib o`tilgan turlari milliy daromad
hajmini va aholi bandligi darajasini oshirishga davlat xarajatlari tizimini nazorat
qilishga, soliqiar vositasida iqtisodiyotni tartibga solishga,
budjet soliq siyosati
yaxlitligini ta'minlashga xizmat qiladi. Moliyaviy siyosatni amalga oshirishda
davlat moliyasining alohida bo`g`inlariga e'tibor qaratiladi.
Davlat moliyasi bo`g`inlari quyidagilarda tashkil topadi:
Do'stlaringiz bilan baham: