a) stansiyaning tovar idorasida undirib olinadigan yig‘imlar:
- 40.2. Yukni yetib kelganligi haqida telefonda ikkinchi bor xabar berishga: 3569+ 3569x 0,15 =4,104.35 so‘m;
- 21.1. Mijozning buyutrmanomasi bo‘yicha noumumiy foydalanish joylariga tushirishga yuboriladigan vagonlarga bo‘rda belgi qo‘yishga: 10931 + 10931 x 0,15 = 12,570.65 so‘m;
- 9.1. Sutkaning mijoz belgilagan muayyan davrida vagonlarni tushirishga olib kirib berishga: 107632 + 107632 x 0,15= 123,776.8 so‘m;
- 26.3. Bir olib kirib berishda temir yo‘l shoxobcha yo‘li egasining hududidagi dorvozalarni temir yo‘lni kuchi va vositasida ochish va berkitishga: 6082+ 6082 x 0,15 = 6,994.3 so‘m;
- 26.2. Bir olib kirib berishda temir yo‘l shoxobcha yo‘li egasining hududidagi uchta markazlashtirilmagan (dastaki) strelkani temir yo‘lni kuchi va vositasida aylantirishga:
3 x (5963+ 5963x 0,15) =20,572.35 so‘m;
- 16.1. Yuklarni tushirishdan so‘ng vagonlarni yuvish shart bo‘lgan yuklar ro‘yxatiga kiritilmagan bir dona oddiy vagonni tozalashga:
29559 + 29559x 0,15 =33,992.85 so‘m;
Jami so‘m. Shunday qilib temir yo‘l yuk jo‘natuvchidan qo‘shimcha ishlar va xizmatlar uchun hammasi bo‘lib 202,011.3 so‘m yig‘im undiradi.
Har bir talaba guruh jurnalidagi familiyasi, ismi va sharifining tartib raqamiga muvofiq 13.2-jadvaldagi variantlar bo‘yicha yukni jo‘natish va yetib kelishi bo‘yicha qo‘shimcha ishlar va xizmatlar uchun yig‘imlarni undirishni aniqlaydi.
13.2-jadval
Variantlar bo‘yicha topshiriqlar
№
|
Yukning nomi
|
Yukning vazni, t.
|
Rtex , t.
|
1
|
Бумага газетная в рулонах шириной 1260 мм
|
38300
|
41,0
|
2
|
Картон коробочный марок «В» и «Г» в рулонах шириной 105 см
|
37800
|
40,0
|
3
|
Холодильники бытовые «Днепр»
|
16400
|
17,5
|
4
|
Карбид кальция в металлических барабанах
|
56700
|
64,0
|
5
|
Крупа в мешках
|
65300
|
68,0
|
6
|
Бумага газетная в рулонах шириной 1680 мм
|
26400
|
29,8
|
7
|
Картон коробочный марок «В» в рулонах шириной 110 см
|
32100
|
36,0
|
8
|
Холодильники бытовые «Минск-5»
|
12100
|
13,2
|
9
|
Сурик железный в мешках
|
61200
|
64,0
|
10
|
Сахар – рафинад прессованный в картонных ящиках
|
59700
|
63,0
|
11
|
Мука кормовая рыбная в мешках массой (нетто) 25 кг
|
52570
|
55,0
|
12
|
Бумага газетная листовая форматом 60 х 80 мм
|
34400
|
37,0
|
13
|
Порошки для шлифовки в мешках
|
58700
|
63,0
|
14
|
Мыло хозяйственные твердое в ящиках
|
56800
|
63,0
|
15
|
Сахар – рафинад прессованный быстрорастворимый в картонных ящиках
|
59400
|
63,0
|
16
|
Мука кормовая рыбная в мешках массой (нетто) 30 кг
|
54400
|
56,0
|
17
|
Хлопок – волокно
|
51200
|
54,0
|
18
|
Бумага типографская, писчая в рулонах
|
43300
|
45,0
|
19
|
Цемент в мешках
|
67560
|
70,0
|
20
|
Смолы искусственные во флягах
|
47600
|
50,0
|
21
|
Белила во флягах
|
62200
|
63,0
|
22
|
Мука кормовая рыбная в мешках массой (нетто) 35 кг
|
56700
|
58,0
|
23
|
Холодильники бытовые «Мир»
|
92300
|
11,3
|
24
|
Картон коробочный марок «А» и «Б» в кипах размером 100 х 70 см
|
33200
|
36,0
|
25
|
Холодильники бытовые «Брюса»
|
10200
|
13,1
|
26
|
Ангидрид фталевый в мешках
|
53400
|
57,0
|
27
|
Мука пшеничная в мешках
|
65600
|
68,0
|
28
|
Мука кормовая рыбная в мешках массой (нетто) 40 кг
|
55700
|
60,0
|
29
|
Тетради школьные
|
40300
|
44,0
|
30
|
Картон коробочный марок «В» и «Г» в рулонах шириной 100 см
|
35600
|
38,0
|
14-laboratoriya ishi
Vagonlarni ortishda belgilangan muddatlardan ziyod to‘xtab turishi va ortishga tozalanmagan vagonlarni olib kirib berish uchun jarimalarni hisoblash
Laboratoriya ishini bajarishdan maqsad: Talabalarga vagonlarni ortishda belgilangan muddatlardan ziyod to‘xtab turishi va ortishga tozalanmagan vagonlarni olib kirib berish uchun jarimalarni hisoblashni o‘rgatish va ko‘nikmalarini shakllantirish.
Stansiyalarda va temir yo‘l shoxobcha yo‘llarida yuk jo‘natuvchilarning vositalarida ortishga olib kirib berilgan vagonlarni belgilangan muddatlardan ziyod to‘xtab turishi uchun mulkiy javobgarlikning miqdori Ustavning 132-bandida bayon etilgan.
Mulkiy javobgarlikning miqdori vagonni turiga, to‘xtab turish vaqtiga va vagon kimning tasarrufida ekanligiga bog‘liq. Jarima miqdori so‘mlarda emas balki bozor iqtisodiyotining o‘ziga xosligini inobatga olgan holda eng kam ish haqidan kelib chiqib belgilangan.
Oddiy vagonlarning – yopiq va yarim ochiq vagonlarning, platformalarning belgilangan muddatdan ziyod to‘xtab turishi uchun har bir vagondan soatiga quyidagi miqdorlarda jarimalar undiriladi:
- to‘xtab turish 1 dan 6 soatgacha bo‘lganida – har bir vagon soatiga 0,05 eng kam ish haqi miqdorida;
- to‘xtab turish 7 dan 12 soatgacha bo‘lganida – har bir vagon soatiga 0,1 eng kam ish haqi miqdorida;
- to‘xtab turish 13 dan 18 soatgacha bo‘lganida – har bir vagon soatiga 0,15 eng kam ish haqi miqdorida;
- to‘xtab turish 18 soatdan ziyod bo‘lganida – har bir vagon soatiga 0,25 eng kam ish haqi miqdorida.
15 minutgacha bo‘lgan to‘xtab turish hisobga olinmaydi, 15 minut va undan ortiq to‘xtab turish to‘liq soatga qabul qilinadi. Sisternalarni, sement tashuvchilarni, transporterlarni, bunkerli yarim ochiq vagonlarni va boshqa maxsus vagonlarni (refrijeratorlardan tashqari) to‘xtab turishiga jarima miqdori 2 marotabaga, refrijerator vagonlarni to‘xtab turishiga 3 marotabaga oshiriladi. Tashkilotlarning va jismoniy shaxslarning tasarrufidagi yoki ular ijaraga olgan vagonlar temir yo‘lining yo‘llarida to‘xtab turishiga jarima 50 foiz miqdorida undiriladi. №1 Tarif qo‘llanmasi [8] ning II qismida jarimalarni tezlikda aniqlash imkoniyatini beruvchi hisob jadvali keltirilgan.
Temir yo‘l stansiyasining boshlig‘i yuk jo‘natuvchining vositalarida ortishga bo‘sh vagonlarni olib kirib berish vaqti haqida yuk jo‘natuvchini bo‘sh vagonlarni olib kirib berishdan 2 soatdan kech qolmay xabar berishi shart (Ustavning 57-bandi). Xabar berish tartibini stansiya boshlig‘i belgilaydi (telefon, telegraf, pochta aloqasi va boshqalar). Yuk jo‘natuvchi xabar berish usullaridan birini tanlab oladi va bu haqida stansiya boshlig‘iga ma’lum qilib qo‘yaadi. Telefon orqali xabar berish tartibi belgilanganida, yuk jo‘natuvchi xabarni qabul qilish uchun mas’ul shaxsni tayinlashi kerak va uni familiyasi va telefon nomerini stansiya boshlig‘iga bildirib qo‘yishi shart. Agar yuk ortish, tushirishga olib kirib berilgan vagonlar hisobidan ta’minlansa, ortishga vagonlarni olib kirib berish vaqti haqida xabar berish talab etilmaydi. Vagonlarni ortishga olib kirib berish vaqti haqida xabarlarni yozib borish uchun stansiyada GU-2 shakldagi vagonlarni ortishga yoki tushirishga olib kirib berish vaqti haqida xabar berish Kitobi yuritiladi (yuklarni tashish Qoidalarining 3-bo‘limi, 32-§).
Ortish uchun bo‘sh vagonlarni olib kirib berish, xabardagi muddatdan so‘ng 2 soatdan ortiqqa kechiksa, stansiya yuk jo‘natuvchiga yangitdan kelgusi olib kirib berish vaqti haqida xabar berishi kerak (yuklarni tashish Qoidalarining 3-bo‘limi, 33-§).
Do'stlaringiz bilan baham: |