Nazorat savollari 1.Avtomobillarning texnik holatini tekshirish haqida tushuncha bering?
2. Gaz ballonli avtomobillarga nisbatan qo`shimcha talablar haqida tushuncha bering?
3.Avtomobil kabinasiga qanday talablar qo`yiladi?
Mavzu: 59. Harakat xavfsizligiga tegishli bo`lgan kabinetlarning jihozlari bilan tanishish va hisobot tayyorlash. Reja: 1. Harakat xavfsizligi xonasini jihozlash.
2.Harakat xavfsizligi xonasi ishini tashkil etish.
3.Yo’l transport hodisalarini oldini olishda jamoat tashkilotlarining ishi.
4. Harakat xavfsizligiga tegishli bo`lgan kabinetlarning jihozlari bilan tanishish va jihozlarini amaliyotda qo’llash.
Tayanch iboralar: Harakat xavfsizligi xonasini jihozlari, harakat xavfsizligi xonasi, yo’l transport hodisalari.
Bayoni: Harakat xavfsizligi xonasini jihozlash
va uning ishini tashkil etish Harakat xavfsizligi xizmati xodimlari o‘zlariga yuklangan vazifalarning asosiy qismini harakat xavfsizligi xonasida bajaradi.
«Avtotransportda harakat xavfsizligi xizmati ishini tashkil etish» nizomiga ko‘ra, xo‘jalik hisobida 50 nafardan ko‘p haydovchilar uchun xo‘jaliklarda harakat xavfsizligi xonasi bodishi kerak.
Harakat xavfsizligi xonasining ishiga, uning jihozlanishiga va jihozlarning holatiga bevosita harakat xavfsizligi xizmati bo‘limining rahbari javob beradi.
Harakat xavfsizligi xonasining odchamlari pastdagi jadvalga muvofiq aniqlanishi kerak.
T/r
Xo‘jalikdagi haydovchilar soni, nafar
O‘rindiqlar soni, dona
Xonaning yuzasi, m2
1.
51 - 150
10 - 15
25 - 38
2.
151- 300
15 - 20
3850
3.
301-500
20 -25
50 - 62
4.
501 -600
25 - 30
62 - 75
Harakat xavfsizligi xonasi ATXning harakat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha metodik markaz vazifasini o‘tashi kerak va quyidagi vazifalarni bajarishga yo‘naltirilgan bodishi kerak:
harakat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha fan va texnikaning yangiliklarini hamda tajribalarni teng targ‘ibot qilish;
haydovchilar (harakat xavfsizligi bo‘yicha) bilimini va mala_ kasini oshirish;
xo‘jalik xodimlariga harakat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha yo‘riqnomalar berish va hokazo.
Bu vazifalarni muvaffaqiyatli bajarish uchun harakat xavfsizligi xonasi quyidagi jihozlar bilan jihozlangan bodishi kerak:
harakat xavfsizligi xonasining ish grafigi;
harakat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha ish rejasi;
yo‘l harakati qoidalari bo‘yicha ko‘rgazmali qo‘llanmalar;
avtomobilni xavfsiz boshqarish bo‘yicha ko‘rgazmali qo‘llanmalar;
ATXning transport vositalari qatnaydigan yodlarning xavfli joylari, yo‘nalishlarning sxemalari va boshqalar;
sinf taxtasi (magnitli);
kinofilmlarni ko‘rsatish uchun apparat;
fotoapparat va videokamera;
televizor;
videomagnitofon;
stol va stullar;
shkaf;
shaxsiy kompyuter va hokazo.
Xonaning devori harakat xavfsizligiga taalluqli materiallar, yod- transport hodisalari va yo‘l harakati qoidalarining buzilishi haqidagi statistik materiallar bilan jihozlangan bodishi kerak.
ATX jamoasi orasida olib boriladigan o‘quv-uslubiy ishlarning samarasini yanada oshirish uchun xona quyidagi ko‘rgazmalar bilan jihozlanishi maqsadga muvofiq bo‘ladi:
haydovchining ruhiy fiziologik holatiga qo‘yiladigan talablar;
foydalanishdagi transport vositalarining konstruktiv xususiyatlari;
yo‘l sharoiti va unga qo‘yilgan talablar;
haydovchining ish va dam olish tartibi va uning harakat xavfsizligiga ta’siri;
harakat xavfsizligi bo‘yicha asosiy me’yoriy hujjatlar;
ma’lumotnomalar.
Harakat xavfsizligi xonasining ish grafigi unda bajarilishi lozim bo‘lgan vazifalardan kelib chiqadi:
avtomobilni xavfsiz boshqarish bo‘yicha mashg‘ulotlar;
haydovchilarga va xo‘jalikning boshqa xodimlariga maslahat- lar berish;
haydovchilarning bilimini tekshirish;
avtomobilni tejamli boshqarishni o‘rgatish.
ATX bo‘yicha harakat xavfsizligini ta’minlashning holatini tahlil qilish va baholash, ularni bartaraf etishga qaratilgan tadbirlarni hamda xo‘jalikdagi xodimlar (muhandis-texnik, ishchi- xizmatchilar, haydovchilar va ta’mirlovchilar) bilan o‘tkaziladigan mashg‘ulotlarni rejalashtirish uchun xo‘jalik haydovchilari tomoni- dan sodir etilgan barcha yo‘l-transport hodisalari va yo‘l harakati qoidalari buzilishining hisobini olib borish uchun maxsus daftarl ar tuziladi.
Bu daftarlardan tashqari, harakat xavfsizligi xizmati xodimlari tutishlari kerak bo‘lgan daftarlar yuqori tashkilot rahbariyatining buyruqlarida keltirilgan bo‘ladi.
Harakat xavfsizligi xizmatining asosiy vazifalaridan yana biri, bu - haydovchilar bilan ishlash.
Haydovchilar bilan ishlash quyidagi yo‘nalishlarda olib borilishi mumkin:
harakat xavfsizligi bo‘yicha haydovchilarga yo‘riqnomalar berish;
yangi ishga qabul qilingan haydovchilarning amaliyotda sinov- dan o‘tishini tashkil etish;
haydovchilarning ishini yo‘nalishlarda nazorat qilish;
haydovchilarning malakasini oshirish va transport intizomini yaxshilash ishlarini tashkil etish va boshqalar.