Harakatlanuvchi tarkibning texnik holatiga va
jihozlanishiga qo`yiladigan talablar
Barcha xildagi, toifadagi, vazifadagi avtomobillar, tirkamalar, yarim tirkamalar va boshqa transport vositalari, texnik holati jihozlanishi va butlanishi, harakat tarkibining texnik ishlatish qoidalariga, yo`l harakat qoidalariga, shuningdek, mazkur qoidalarga javob berishi va mos bo`lishi kerak.
Avtomobil kabinasiga quyidagi talablar qo`yiladi:
old va yon tomondagi oynalari soz holatda bo`lishi kerak;
o`rindiqlar haydovchining qulay o`tirishi uchun mos va soz holatda bo`lishi kerak;
avtomobillar kabinasi va salonida zararli gazlarning me’yoriy sanitar normalardan oshmasligi kerak;
Uglerod oksidi 20 mg/m3
Akrolein 0,2 mg/m3
Azot oksidi 5 mg/m3
Benzopiren 0,00015 mg/m3
Benzin bu`gi 100 mg/m3
Butan 200 mg/m3
Propan 180 mg/m3
barcha eshiklar yarim yopilishi va o`z o`zidan ochilib ketmasligi lozim;
kabina va salonni isitish moslamalari doimo soz holatda bo`lishi shart;
kabina va salonga ishlatilgan gazlar kirmasligi lozim;
avtomobil dvigateli tizimlaridan suv, moy, antifriz, yonilg`i oqmasligi kerak;
Karter ventelyasiyasidan chiqadigan gazlar kapot osti bo`shlig`ida yig’`ilmasligi shart;
Ishlatilgan gazlardagi zararli moddalar miqdori standartlarda ko`rsatilgan me’yordan oshmasligi kerak;
Avtomobillar g`ildiraklari, ularning qulf xalqalari texnik soz va qayrilgan joylari bo`lmasligi kerak. Avtomobil transporti doimiy soz holatda bo`lishi, elektr jihozlariga yaxshi mahkamlangan bo`lishi kerak. Akkumlyator batareyalari, klemmolari va elektr tarmoq simlari mahkam ulangan bo`lishi, harakat vaqtida battareyalar siljimasligi kerak.
Har bir avtomobilda g`ildirak ostiga qo`yish uchun 2 ta tayanch damkrat uchun taglik, tibbiy aptechka, avariyali to`xtash belgisi va o`t o`chirgich bilan ta’minlanishi lozim.
Odam tashish uchun mo`ljallangan yuk avtomobili va avtobuslar 2 ta o`t o`chirgich bilan jihozlanadi.
Uzoq yo`nalishga jo`nab ketadigan (1 kecha kunduzdan ortiq davom etadigan) yuk avtomobillari va avtobuslar qo`shimcha ravishda belkurak, metall eshakchalar, shatak moslamasi, g`ildiraklarini qulf halqasi uchun saqlash vipkasi, qishki paytda esa, g`ildiraklarning sirpanishini oldini olish uchun zanjirlar bilan ta’minlanishi lozim.
Chiqindi gazlarni chiqarib yuborish uchun ovoz pasaytirgich tizimi texnik soz holatda bo`lishi shart.
Gaz ballonli avtomobillarga nisbatan qo`shimcha talablar
Gaz ballonli avtomobillarning texnik holati ularni tayyorlagan zavodlar va gaz ballonli avtomobillarni ishlatish qoidalariga javob berish lozim. Gaz yonilg`isi bilan ta’minlash tizimi gazning kabinaga va salonga kirishini va atmosferaga chiqishini oldini olishi va texnik soz holatda bo`lishi shart. Gaz ballonlari 949-73 raqamli davlat standartiga javob berishi qizil, rangga bo`yalishi va gaz nomi yozib qo`yilishi lozim.
Ballonlarda quyidagi kamchiliklari bol`gan avtomobillardan foydalanish ta’qiqlanadi.
pasport ma’limoti bo`lmagan;
sinov muddati o`tgan;
shikast yetgan joyi bo`lgan;
gaz o`tkazgichi va jumraklari nosoz;
bo`yalishi va yozuvlari talabga mos emas.
Gaz ballonlar avtomobillarga puxta joylashtirilishi va rezba joylarida o`yiqlar bo`lishi ta’qiqlanadi.
Avtomobillarni siqilgan tabiiy gazda, yoki, suyultirilgan neft gazida ishlash uchun qayta jihozlash, gaz ballonlarni tayyorlovchi zavodlarning texnik hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi. Qayta jihozlangan avtomobillarga mos keladigan raqam berilib, zavod yo`riqnomasi talablari va quyidagi qoidalarga muvofiq foydalanish zarur:
qayta jihozlangan joylarini yuvish
yonilg`i baki va quvurlardan benzinni to`qish
simlar asboblarning qisqichlariga nisbatan bo’ralmasligi;
motor bo`limidagi past bosimli gaz datchigiga, elektr – magnit benzin klapaniga va elektr uskunalar boshqa elementlariga boradigan simlar, dvigatelning qizigan qismlariga tegmasligi lozim.
Simlarning himoya qoplamasi shikastlanmagan bo`lishi;
Ballonlarda, o`tkazish quvurlari va jumraklarni o`rnatish chog`ida quyidagi talablarga rioya qilish lozim.
- gaz ballonlari Davlat texnika nazorati quyidagi talablarga mos bo`lishi;
zichlikni ta’minlash uchun konusli rezbalarga qo`rg`oshin gleti, bo`yog`i, yoki, suyuq oyna surtilishi;
o`tkazish moslamalari va jumraklar konusli rezbalarni mahkamlashda kuch 450-500 n (45-50 kgs)ni tashkil etishi va maxsus dinamometrik burash asboblaridan foydalanish;
o`tkazish moslamalari va jo’mraklarni montaj qilinmaganda, ballon uning bo’ralib ketishiga to`sqinlik qiladigan maxsus mahkamlash qurilmasiga o`rnatilishi kerak;
ballonlar puxta mahkamlanishi lozim;
Siqilgan tabiiy gaz va suyultirilgan neft gazi uchun ballonlar quyidagi muddatlarda tekshirishdan o`tkazilishi lozim.
Uglerodli po`latdan tayyorlangan, siqilgan gaz uchun mo`ljallangan ballonlar davlat texnika nazorati tashkilotlari nazoratchilari tomonidan, uch yilda bir marta ligerlangan po`latdan tayyorlangan, gaz ballonlari esa, 5 yilda 1 marta, suyultirilgan neft gazi uchun ballanlar esa 2 yilda 1 marta sinaladi.
Ballonlarni tekshirishdan o`tkazish va gaz ballonli avtomobil yonilg`i tizimini sinash bo`yicha maxsus o`qitilgan xodimlar tomonidan, Davlat texnika nazorati organlari tomonidan yozma ruxsat olgandan so`ng, bosim ostida ishlaydigan idishlar xavfsiz foydalanish qoidalariga asosan amalga oshirish mumkin. Gaz ballonlarini tekshirishdan o`tklazish va gaz ballonli avtomobillarning yonilg`i tizimini sinash uchun xonalar va ularning jihozlanishi, “Gaz ballonlarini va gaz ballonli avtomobillarning yonilg`i ta’minlash tizimini tekshirish va sinovdan o`tkazish” to`g`risidagi nizomga mos kelishi zarur. Gaz ballonli avtomobillar ballonlarini va yonilg`i ta’minlash tuzilishini tekshiruvdan va sinovdan o`tkazishda belgilangan texnologik jarayonga qat’iy rioya qilinishi zarur.
Gaz ballonlar siqilgan gaz bilan to`ldirilayotganda, xonada begona qishilarning bo`lishi qat’iy man etiladi. Shuningdek, avtomobillar gaz bilan to`ldirish uhun kiritilganida ham yo`lovchi va haydovchilar avtomobil salonida bo`lishi va gaz qo`yish shaobchalarida cheqish, ochiq olovdan foydalanish, hamda, gaz ta’minlash tizimida, sozlash ishlarini olib borish qat’iy ravishda man etiladi.Sinovdan o`tkazish uchun olib kelingan gaz ballonlari, shovqinni yutadigan maxsus qurilma orqali gazdan bo`shatilishi, gaz bilan to`ldirilayotganda boshqarish pulti oldida begona qishilarning bol`ishi ham mumkin emas.
Do'stlaringiz bilan baham: |