Yo‘l sharoitini ko‘zdan kechirish va tekshirish
Harakat xavfsizligi va tasarruf xizmati bo‘limlarining xodimlari bajarishi shart bo‘lgan ishlardan biri, bu - ATXning transport vositalari qatnaydigan yo‘llarning sharoitini ko‘zdan kechirish va tekshirishdan iborat.
Yo‘l sharoitini ko‘zdan kechirish va tekshirish yo‘l sharoitidagi xavfli uchastkalarni, eng ko‘p YTH sodir bo‘ladigan joylarni va ularni keltirib chiqaruvchi sabablarni aniqlash imkonini beradi.
Asosan, bu tadbir har yili ikki marta - bahorda (1-apreldan boshlab) va kuzda (1-sentabrdan boshlab) o‘tkaziladi.
Yangi ochiladigan avtobus yo‘nalishlarida esa, yo‘nalishni ochish- dan avval yo‘l sharoiti ko‘zdan kechirilib va tekshirib chiqiladi.
Yo‘l sharoitini ko‘zdan kechirish va tekshirish uchun komis- siya tuziladi. Komissiya transport boshqarmasi, yo‘l xo‘jaligi (obodonlashtirish boshqarmasi), ATX, yo‘l harakati xavfsizligini nazorat qilish boshqarmalari va mahalliy davlat organlari vakillaridan tashkil topgan bo‘ladi. Komissiya ishiga O‘zbekiston Respublikasi avtomobil va daryo transporti agentligi bo‘limlarining xodimlari raislik qiladi.
Yo‘nalishlarni ko‘zdan kechirish va tekshirish ishlari to‘rt davrga bo‘linadi: tayyorlash, tekshirish, tekshirish aktini rasmiylashtirish va materiallarni tegishli tashkilotlarga taqdim etish.
Tayyorgarlik davrida komissiya a’zolari o‘z mutaxassisligidan kelib chiqqan holda yo‘nalishni tekshirish uchun zarur bo‘lgan materiallarni tayyorlaydi, masalan, ATX xodimlari yo‘nalish chizmasini, YTH sodir bo‘lgan joylarni (YTHning chiziqli grafigini), yo‘nalishdagi xavfli uchastkalarni, chorrahalarni va hokazo. Bu ko‘rsatkichlarning hammasi «Yo‘nalish pasporti»da ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak. Yo‘l harakati xavfsizligini nazorat qilish boshqarmasi vakillari yo‘nalishdagi harakatni boshqarish postlari, o‘rnatilgan yo‘l belgilari va yo‘l chiziqlari, YTH sodir bo‘lgan joylar va ularning yo‘nalish o‘tgan yo‘l qismining pasportini, yo‘lni ta’mirlash ish rejasini tuzadilar.
Yo‘l sharoitini ko‘zdan kechirish va tekshirish, yo‘nalishdagi bosh bekatdan to oxirgi bekatgacha avtomobillarda sekin harakatlanib (tezlik 10 - 15 km/s), zarur joylarda to‘xtab, xavfli uchastkalarni suratga tushirib borish bilan tugatiladi.
Komissiya yo‘l sharoitini bevosita tekshirish davrida yo‘l sharoitini shu yo‘l pasportiga to‘g‘ri kelishini, yo‘llarni yoritilganlik darajasini, trotuar va velosiped yo‘lakchalarining mavjudligini, temir yo‘l kesishmalarini, ularda harakatning qanday tashkil etilganligini, yo‘l harakatini tavsiflovchi boshqa ko‘rsatkichlarni aniqlaydi.
Tekshirish ishlarining aktini rasmiylashtirish davrida aniqlangan kamchiliklar, ularni bartaraf etish choralari va kim tarafidan bartaraf etish kerakligi va muddatlari, mavjud yoki yangi ochilayotgan yo‘nalishda tashishni boshlash mumkin yoki mumkin emasligi ko‘rsatib o‘tiladi. Agar komissiya tekshirilgan yo‘nalishda transport vositalarining harakatini taqiqlashni lozim topsa, bu qaror to‘g‘risida tegishli tashkilotlarni ogohlantiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |