Chambar ichak poliplari
Polip xavfsiz o'smalar katoriga kiradi, biroK uning malignizatsiyaga moyilligi bor,
aksariyat chambar ichakning chap yarmida joylashadi (75% to'gri va sigmasimon chambar ichakda
uchraydi). Poliplar yakka va ko'p sonli, o'lchami 0,5 dan 2 sm gacha bo'ladi, ular ichak bo'shligiga
osilib turadi.
Chambar ichakning yuvenal, giperplastik, bezsimon, bezsimon-tukli, tukli diffuz polipozi
uchraydi.
Poliplar paydo bo'lishini aksariyat yalliglanish, kolit, dizenteriya, yarali proktosigmoidit
bilan boglaydilar.
Klinik manzarasi Korinda joylashishi aniK bo'lmagan ogriKlar, ich ketishi, Kon, shilimshik
aralash najas, Kabziyat, ichakda galati sezgi (diskomfort) bilan xarakterlanadi.
Diagnostikasi: klinik simptomlari va anamnez ma'lumotlari bilan birga rekto- va
kolonoskopiya, irrigoskopiyaning muxim axamiyati bor.
Poliplarni davolash usulini xar kim o'ziga xos tanlashi kerak. Yakka poliplar
elektrokoagulyatsiya yo'li bilan rekto- yoki kolonoskop orKali olib tashlanadi.
Operatsiya usulida olib tashlashning iloji bo'lmasa, ichak devorini polip zonasida
ponasimon Kilib kesiladi. Polip malignizatsiyasida esa radikal operatsiya: o'ng tomonlama yoki
chap tomonlama gemikolektomiya Kilinadi. Chambar ichak diffuz polipida subtotal kolektomiya
Kilinib, ileorektal yoki ileosigmasimon anastomoz Ko'yiladi.
Demonstratsiya materialari.
1. Slaydlar
2. Rasmlar
3. Atlas
4. Videofil`mlar
Xulosa.
Yugon ichak kasalliklari bulajak shifokorlar ular kaysi mutaxasislikni egallashlaridan
kat'iy nazar juda yaxshi tashxis kila bilishlari va ba'zilarini mustakil davolash bilishlari
kerak. Yukorida keltirilgan ba'zi kasaliklar tezkor tashxis kilinmasa va tugri davolanmasa
juda orir asoratlarga olib kelishi mumkimligi ma'ruzada tushuntirildi.
Mavzuni kanchalik uzlashtirganligini bilish uchun auditoriyaga beriladigan savollar.
1. Yugon ichak yalliglanish bilan kechadigan kasalliklarni davolash printsiplari .
2. Poliplar sabablari va turlari
3. NYAK klinikasi va davolash.
4. Girshprung kasalligi, uning klinikasi va davolash usullari.
5. Yugon ichak usma kasalliklari, ularning kelib chikish sabablari.
ADABIYOTLAR
1. Vasil`ev P.A. Bolezn` Girshprunga/ Moskva, Meditsina 1981
2. Lavrov YU.M. Patogenez i lechenie Bolezni Girshprunga/ Moskva: Meditsina, 1992
3. Navruzov S.N. Xirurgicheskie bolezni, Tashkent, 2004
4. Kuzin M.I. Xirurgicheskie bolezni, Moskva, 1998
6. Petrov V.P., Yeryuxin I.A. Kishechnaya neproxodimost`./ Moskva: Meditsina, 1989
Ma'ruza bo'yicha Internetdagi adreslar:
http://www.tma.tmn.ru/Vestnik
http://medi.ru/doc/83.htm
http://www.rmj.net/index.htm
http://www.consilium-medicum.com/media/refer
http://www.mediasphera.aha.ru
Do'stlaringiz bilan baham: |