Chambar ichak anomaliyalari va rivojlanish nuKsonlari
Embriogenez buzilishi oKibatida chambar ichak joylashuvi (distopiyasi) vujudga
kelib, u Korin bo'shligining o'ng yoki chap yarmida joylashishi mumkin. Ichakning uzayib ketishi
uning barcha Kismlari (dolixokoliya) yoki ayrim Kismining (dolixosigma) uzayishi xisobiga
yuzaga kelishi mumkin. Natijada, ichakning motor-evakuator funktsiyasi buzilib, Kabziyat,
meteo-rizm, ogriKlar paydo bo'ladi.
Ichak stenozlari va atreziyalarining yakka xolatda yoki ko'plab joylashi-shi
kuzatilib, bola tugilishining erta davrida o'tkir ichak tutilishi bel-gilari bilan namoyon
bo'ladi. Bu esa, xirurgik davo Ko'llanilishini talab etadi.
Girshprung kasalligi
Girshprung kasalligi - chambar ichak megakoloni yoki gigantizmi, uning evakuator funktsiyasi
buzilishi bilan kechuvchi tugma kasallik xisoblanib, Kabziyat va Korinning keskin dam bo'lishi
bilan namoyon bo'ladi. Tugiladigan xar 5000 ta chaKaloKdan bittasida uchrashi mumkin. Asosan
yosh bolalarda va o'smirlarda uchrab, kattalarda esa juda kam xollarda kuzatiladi.
Etiologiya. Kasallik vegetativ nerv sistemasi rivojlanishining buzilishi, yo'gon
ichak mushaklararo (Auerbax) va shilliKosti (Meysner) nerv chigallari ganglionar
xujayralarining o'sib yetilmaganligi (gipo-ganglioz) yoki mutlaKo bo'lmasligi (aganglioz)
oKibatida kelib chiKadi. Aganglionar zona kattalarda, asosan, to'gri ichakda, bolalarda esa
sigma-simon ichak yoki chambar ichakning boshKa Kismlarida uchrab, ichakning bu Kismi doimo
spastik KisKargan xolatda, peristaltikasiz bo'ladi va ichak maxsulotining ushbu soxadan
Kiyinchilik bilan o'tishi oKibatida ichakning normal innervatsiyali yuKori turuvchi soxalari
kengayib, gipertrofiyaga uch-raydi. Ichakning kengayib ketgan Kismi gistologik tekshiruvida
mushak tolalarining gipertrofiyasi va sklerozi aniKlanadi.
Klinikasi. Girshprung kasalligi belgilari ichak maxsuloti passaji-ning buzilishi
bilan xarakterlanadi. Asosiy simptomlari – Korinning dam bo'lishi, bir necha kundan bir
necha oygacha ich kelmasligi, Kabziyat, ich kelishga aslo mayl yo'Kligi bilan ifodalanadi. Korin
keskin dam, assimet-rik bo'ladi, bunda chayKalish shovKinini payKash mumkin. Ba'zan Kabziyat
ich surishi bilan almashinadi (paradoksal ich surishi). Korinning tobora taranglashib dam
bo'lishi diafragma ekskursiyasini cheklab Ko'yadi, bu xolat o'z navbatida nafas Kisishiga, yurak
urib ketishiga olib keladi. Kabziyat yuzaga kelishi bilan intoksikatsiya alomatlari: bosh
ogrigi, bexollik, ko'ngil bexuzur bo'lishi, ishtaxa yo'Kligi paydo bo'ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |