Chambar ichak divertikullari va divertikulyozi
Tugma divertikullar embrional davrda gistogenezning buzilishi oKibatida yuzaga keladi.
Orttirilgan divertikullar esa, ichak mushak Kavati defektlaridan shilliK Kavatning bo'rtib
chiKishi natijasida rivojlanadi (soxta divertikul). Ichak devorida mushak Kavati uning
ko'ndalang yo'nalgan tasmalari orasida sust rivojlanganligi tufayli shu yerda paydo bo'ladi.
AyniKsa, ichak devorida Kon tomirlar kiradigan teshiklari soxasida diver-tikullar ko'p
uchraydi. Divertikullar kelib chiKishida ichakdagi yalliglanish jarayoni, Kabziyat muxim rol`
o'ynaydi. Kasallik aksariyat 40 yoshdan oshgan odamlarda ko'p uchraydi. Divertikullar 3-5 mm li
bo'yinchasi va diametri 0,5-1,5 sm bo'lgan tanasiga ega bo'rtmalardan iborat. Ko'pincha
divertikullar sigmasimon va pastga tushuvchi chambar ichak (68%) larda kuzatiladi. diver-
tikul kattalashavergach, uning devori yupKalashib, shilliK Kavati atrofiyaga uchraydi va
natijada najasning shu joylarda turib Kolishi oKibatida eroziyalar, yaralar xamda
divertikulitlar rivojlanadi (rasm 3.).
Divertikulyoz klinik belgilarisiz kechib, yalliglanish jaryoni (divertikulitlar)
rivojlanishi bilan Korin pastida ogriK, Kabziyatning ich surishi bilan almashinib
kelishi,ishtaxa pasayishi, ko'ngil aynishi, ba'zan Kayt Kilish bilan ifodalanasa, keskin
yalliglanish jarayoni tana xarorat-ining subfebril bo'lishi, Korindagi ogriKlarning
intensivliligining or-tishi, lekotsitoz bilan namoyon bo'ladi. Korinni paypaslaganda
zararlangan soxa ustida kuchli ogriK, mushaklar biroz tarangligi kuzatiladi.
Klinik kechishi xuddi o'tkir appenditsitga o'xshab ketadi, ammo bu belgilar
Korinning chap tarafida aniKlanadi. 2-27% xolatlarda divertikul Korin bo'shligiga yorilib
peritonitni, Korin orti soxasiga yorilib Korin orti flegmonasini va ichak tutKichi
klechatkasiga yorilib esa parakolik abstsessni keltirib chiKaradi. Divertikul ichida xosil
bo'lgan abstsess ichak bo'shligiga yorilib belgilarisiz kechsa, uning Korin bo'shligiga yorilishi
peritonitga, bo'shliKli a'zoga yorilishi esa, ichki oKma rivojlanishiga olib keladi. UzoK
muddat davom etib kelgan divertikul bitishmalar xosil Kilib, o'tkir ichak tutilishiga sabab
bo'ladi. Yo'gon ichak divertikulida 3-5% bemorlarda Kon ketish asorati kuzatiladi. Bunda
arteriya devori arroziyaga uchrab, aksariyat xollarda u profuz bo'ladi va umumiy xolsizlik,
bosh aylanishi, teri Koplamlarining oKimtir tusda bo'lishi, najasning Kon aralash kelishi,
taxikardiya belgilari bilan namoyon bo'ladi.
Diagnostikasi. Irrigoskopiya tekshiruv usullari ichida eng ma'Kuli xisodlanib, u
nafaKat diagnostik, balki, davolash muolajasi bilan Kimmat-lidir (Kon ketayotgan tomirli
divertikul bo'shligini bariy oxagi bilan tamponada Kilish). Divertikulitda kolonoskopiya va
rentgenologik tekshi-ruvlarini o'tkazish uning perforatsiyasi yuz berishi mumkinligi tufayli
xavflidir.
Davolash. Konservativ (parxez, spazmolitiklar, antibioti¬klar, sul`fanilamid
preparatlari, antiseptik vositali xuKnalar). Xirurgik da-voga ko'rsatma divertikul
perforatsiyasi, o'tkir ichak tutilishi, massiv Kon ketishi, juda kuchli divertikulitda
medikamentoz davo naf bermaganda va ichki oKmalar rivojlanganda yuzaga keladi. Operatsiya
gemikolektomiya, sigmasimon ichak rezektsiyasi bilan ifodalanadi. Kon ketish bilan asorat-
langan divertikulli bemorlarning 30% xirurgik davolanadi. Operatsiya Ko-nayotgan tomirni
tikish, divertikulni ichak bo'shligiga invaginatsiya Kilish yoki ichakning ushbu Kismi rezektsiyasi
bajarilishidan iborat. Bunda letal-lik 20% ni tashkil etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |