Bog'liq globalnyy-ekonomicheskiy-krizis-covid-19-i-antikrizisnye-mery-opyt-es
Юридик фанлар ахборотномаси – Вестник юридических наук – Review of law sciences 12.00.03 – Фуқаролик ҳуқуқи. Тадбиркорлик ҳуқуқи. оила ҳуқуқи. Халқаро Хусусий ҳуқуқ ovqatlanish xizmatlari) Covid-19 iqtisodiy inqiro
-
zidan eng ko‘p zarar ko‘rgan sohalarga aylandi [2].
Shuningdek, Covid-19 global iqtisodiy inqiroz
eng ko‘p moliya bozorlariga ta’sir ko‘rsatmoq
-
da. Dunyo bo‘ylab inqiroz oqibatida nazorat qilib
bo‘lmaydigan aktiv qiymatlari pasayishi zanjir reak
-
siyasini keltirib chiqarib qator bankrotliklarga va
global moliyaviy tizim qulashiga olib kelmoqda [3].
Bugungi koronavirus pandemiyasi sharoitida
Yevropa Ittifoqi davlatlarining birinchi navbatda
-
gi vazifasi fuqarolar sog‘lig‘i hisoblanadi. Shu bi
-
lan birga, koronavirus tarqalishi Yevropa va global
iqtisodiyot uchun katta zarba bo‘ldi deb ta’kidlash
ayni haqiqatdir. A’zo davlatlar allaqachon sog‘liqni
saqlash tizimlari imkoniyatlarini oshirish va, ayniqsa,
ta’sir ko‘rsatadigan fuqarolar va sektorlarga yordam
berish uchun budjet likvidligi va siyosat choralarini
ko‘rmoqda yoki qabul qilmoqda.
Yuzaga kelgan pandemiyaning odamlar hayoti
va iqtisodiyotga zararli ta’sirini yumshatish uchun
Yevropa Komissiyasi inqirozga qarshi keng qamrov
-
li iqtisodiy choralarni qabul qildi. Xususan, Yevropa
Ittifoqi budjeti moliyaviy qoidalarining pandemiya
sharoitlariga to‘liq moslashuvchanligi, a’zo davlatlar
tomonidan yordam ko‘rsatish qoidalarini qayta ko‘rib
chiqdi va 37 milliard yevro Covid-19 ga qarshi sar
-
moya ajratdi. Bu borada kichik biznes va sog‘liqni
saqlash sektori likvidliligini ta’minlash tashabbusi
eng ahamiyatli jihatlardan biri bo‘ldi. Bundan tashqa
-
ri, Yevropa Komissiyasi Yevropa Ittifoqi budjetining
har bir yevrosini aholi hayoti va tirikchiligini himoya
qilishga safarbar qilish uchun keng ko‘lamli choralar
-
ni ishlab chiqdi. Mazkur Komissiya SURE (Favqulod
-
da ishsizlik riskini kamaytirishni qo‘llab-quvvatlash)
deb nomlangan yangi tashabbusni boshladi. Mazkur
tashabbus orqali ish o‘rinlarini saqlash va oilalar
-
ni qo‘llab-quvvatlash nazarda tutildi. Shuningdek,
Yevropa Komissiyasi mavjud bo‘lgan barcha tarkibiy
fondlarni koronavirusga qarshi reaksiyaga yo‘nal
-
tirishni taklif qildi. Yevropa Ittifoqining sog‘liqni
saqlash bo‘yicha birdamlik tashabbusi 3 milliard yev
-
roga teng bo‘lib, a’zo davlatlarning sog‘liqni saqlash
tizimidagi ehtiyojlarini qondiradi.
Ta’kidlash lozimki, Covid-19 pandemiyasining
Yevropa Ittifoqining keyingi kelajagi uchun qancha
-
lik muhim rol o‘ynashi ko‘pchilik iqtisodchilar diqqat
markazidagi masalalardan biri hisoblanadi. Bu bora
-
da mutaxassislar va olimlar o‘zlarining ilmiy tahliliy
asoslangan fikrlarini berib o‘tishdi. Ko‘pchilik mu
-
taxassislar fikricha, bu pandemiya nafaqat Yevropa
Ittifoqi davlatlarining keyingi taqdirini, balki butun
jahon iqtisodiyotining global trayektoriyasini o‘zgar
-
tirib yuborishini ta’kidlab o‘tishdi.
Brusseldagi Yevropa Ittifoqi mutaxassislari agar
a’zo davlatlar sog‘liqni saqlash, iqtisodiyot va xavf
-
sizlik masalalarini o‘zlaricha hal qiladigan bo‘lishsa,
mazkur holat Ikkinchi jahon urushidagi iqtisodiy ta
-
lafotlardan ham ko‘p bo‘lishini ta’kidlab o‘tishgan.
Yevropa Ittifoqi komissiyasi prezidenti Ursula
fon der Leyen 2020-yil 17-mart kuni Yevropa Ittifoqi
Kengashining inqirozdan chiqishga doir takliflarini
ma’qulladi. Uning fikricha, bu takliflar a’zo davlatlar
-
dan yanada kuchli integratsiyalashishni va umumiy
yechimlarni ishlab chiqishni talab qiladi.
Iqtisodiy siyosat bo‘yicha yevrokomissar Paolo
Jentilonining ta’kidlashicha, Yevropa Ittifoqi iqtisodi
-
yotidagi koronavirus epidemiyasi sababli inqirozni
bartaraf etish uchun 1,5 trillion yevro talab qilinadi
[4]. Bu summa esa avvalgi yevrohudud moliya vazir
-
larining iqtisodiyotni qayta tiklash uchun ajratishgan
mablag‘dan 3 barobar ko‘p demakdir.
Iqtisodchi ekspert Mark Uzanning fikricha, mak
-
roiqtisodiy nuqtayi nazardan rivojlangan va rivojla
-
nayotgan iqtisodiyotlarning aksariyatida davlat bud
-
jetida misli ko‘rilmagan darajada kuchli defitsit va
global miqyosda haddan tashqari qarzdorlik paydo
bo‘ladi [5].
Iqtisodiy maslahatchilar kengashining sobiq rai
-
si va Garvard universiteti professori Jeyson Furman
global iqtisodiyotning hozirgi noyob holatini qisqa
-
cha bayon qilgan. Uning fikricha, global iqtisodiyot
-
ning kelajagi haqida faqat bitta muvozanatli yechim
bor: xavf yo‘qolgunga qadar iqtisodiy harakatsizlikni
amalga oshirish lozim.
Mutaxassis Yuriy Svetovning fikricha, inqiroz tu
-
gagach, yevropaliklarning aksariyati Yevropa Ittifoqida
qolish kerakmi-yo‘qmi deb o‘ylab qolishlari mumkin.
Bu esa Yevropa Ittifoqidagi ahvol ham siyosiy, ham
iqtisodiy nuqtayi nazardan keskinlashuvini bildiradi.
Fikrimizcha, global iqtisodiyot, xususan, Yevropa
Ittifoqi iqtisodiyoti uchun eng katta zarbalardan biri
bu fond bozorlarining qulashi bo‘lishi mumkin. Bun
-
day iqtisodiy retsessiya davridan jahon iqtisodiyoti
bir necha marta o‘tgan va yetarlicha tajribaga ega. Bu
esa inqirozga qarshi choralarni kutilganidek amalga
oshishiga imkoniyat berishi tabiiy. Bir tomondan,
odamlar uchun qiyin, boshqa tomondan esa bunday
tadbirlar davolovchi ta’sirga ega. Iqtisodiy nuqtayi