Bog'liq globalnyy-ekonomicheskiy-krizis-covid-19-i-antikrizisnye-mery-opyt-es
Юридик фанлар ахборотномаси – Вестник юридических наук – Review of law sciences 12.00.03 – Фуқаролик ҳуқуқи. Тадбиркорлик ҳуқуқи. оила ҳуқуқи. Халқаро Хусусий ҳуқуқ di. Inqirozga qarshi kurashish uchun O‘zbekiston hu
-
kumati iqtisodiyotni qo‘llab-quvvatlash va inqirozdan
eng ko‘p zarar ko‘rganlarga yordam berish uchun
1 milliard AQSH dollari (yalpi ichki mahsulotning qa
-
riyb 2 foizi) miqdoridagi Inqirozga qarshi jamg‘arma
tashkil etdi. Inqirozga qarshi jamg‘armadan tashqa
-
ri hukumat ba’zi soliqlarni vaqtincha kamaytirdi va
Tiklanish va taraqqiyot fondi kreditlarini oshirdi.
Inqirozga qarshi choralar quyidagilarni o‘z ichiga
olgan:
– sog‘liqni saqlashni moliyalashtirish, jumladan,
dori-darmonlar, karantin xarajatlari va sog‘liqni
saqlash ishlari uchun ish haqiga qo‘shimchalarni ken
-
gaytirish;
– ijtimoiy nafaqa oladigan bolali oilalar va kam
ta’minlangan oilalar sonini ko‘paytirish;
– zarar ko‘rgan korxonalarga foizlarni subsidi
-
yalash orqali yordam berish;
– infratuzilma va bandlikni qo‘llab-quvvatlash
bo‘yicha qo‘shimcha jamoat ishlarini tashkillashtirish.
Shuningdek, hokimiyat yakka tartibdagi tadbir
-
korlar uchun ijtimoiy to‘lovlarni vaqtincha kamaytirdi,
soliq tekshiruvlari monitoringini uzaytirdi, mol-mulk
va yer solig‘i to‘lashni va 2019-yilgi daromad solig‘i
bo‘yicha soliq deklaratsiyalarini kechiktirdi. Shuning-
dek, markaziy hukumat mahalliy hokimiyatlardan
soliqlarni 30 foizga kamaytirish va mol-mulk solig‘ini
to‘lashda 6 oylik imtiyozli muddat berishni so‘radi.
Markaziy bank tijorat banklarga Covid-19 pan
-
demiyasi davrida iqtisodiy zarar ko‘rgan firmalar
uchun kredit to‘lovlarini kechiktirishni taklif qildi.
Binobarin, davlat banklari zarar ko‘rgan tarmoqlar,
jumladan, milliy aviakompaniya uchun kreditlarni
to‘lash muddatlarini uzaytirdi. Iqtisodiyotni yanada
qo‘llab-quvvatlash maqsadida Markaziy bank qayta
moliyalashtirish stavkasini 2020-yilda 200 bazaviy
punktga pasaytirdi. Xususan, qayta moliyalashtirish
stavkasi 2020-yil 15-aprelda 16 foizdan 15 foizgacha,
8-sentabrda esa 15 foizdan 14 foizgacha pasaytirildi.
Markaziy bank me’yoriy kapitalga bo‘lgan talablarni
o‘zgartirmagan holda real sektordagi ishlab chiqarish
subyektlarining likvidlilik hamda moliyaviy salohi
-
yatlarini kuzatishda davom etmoqda. Bundan asosiy
ko‘zlangan maqsad iqtisodiyotni pandemiya sharoi-
tida inqirozdan saqlash va barqaror iqtisodiy o‘sishga
erishishni ta’minlashdir.
Bundan tashqari, mamlakatimizda pandemi
-
ya sharoitida iqtisodiy qo‘llab-quvvatlash va in
-
qirozning oldini olish maqsadida Vazirlar Mahkama
-
sining 2020-yil 22-apreldagi 213-F-sonli farmoyishi
bilan “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasini tashkil
etilganligi inqirozga qarshi ko‘rilgan choralardan
biri hisoblanadi [10]. Bu jamg‘armani shakllantirish
orqali nafaqat ijtimoiy himoya nazarda tutilgan, balki
kichik va o‘rta biznesda moliyaviy zarar ko‘rayotgan
ishlab chiqarish korxonalari faoliyatini moliyaviy
qo‘llab-quvvatlash choralari maqsad qilingan edi.
Shuningdek, Vazirlar Mahkamasi tomonidan
2020-yil 17-iyunda “O‘zbekiston Respublikasi
Moliya vazirligi huzuridagi Inqirozga qarshi kurash
-
ish jamg‘armasiga Xalqaro valyuta jamg‘armasidan
mablag‘lar jalb qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”
-
gi 388-son qaror qabul qilindi. Unga ko‘ra Xalqaro
valyuta jamg‘armasi tomonidan 2020-yil 18-may
kuni O‘zbekiston Respublikasiga imtiyozli qarz mab
-
lag‘lari ajratilishi ma’qullangan, bu qarz mablag‘lari
quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
– Tezkor kreditlash dasturi (Rapid Credit Facility)
bo‘yicha 10 yil muddatga (5 yillik imtiyozli davri bi
-
lan) 92,05 mln SDR (yoki MAH – maхsus ayirbosh
-
lash huquqi) miqdoridagi foizsiz qarz;
– Tezkor moliyalashtirish instrumenti (Rapid
Financing Instrument) boʻyicha 5 yil muddatga
(3 yillik imtiyozli davri bilan) 1,05% yillik foiz
stavkasi bilan 183,55 mln SDR miqdoridagi qarz [11].
Fikrimizcha, bu ko‘rilayotgan chora-tadbirlar-
ning barchasi koronavirus pandemiyasi va karantin
davrida iqtisodiyotni harakatlantirishning muhim va
zaruriy richaglaridir.
Yuqorida ko‘rib chiqilganlardan xulosa qilib
aytadigan bo‘lsak, Yevropa Ittifoqining hozirgi glo-
bal inqiroz qarshisida ko‘p tomonlama ojiz bo‘lib
qolgani tabiiy holat. Buni 2020-yil 26-martda bo‘lib
o‘tgan Yevropa Ittifoqi a’zo davlatlari prezidentlari
uchrashuvida Covid-19 inqirozi tufayli kelib chiqqan
iqtisodiy muammolarni hal qilishda umumiy va yak
-
dil to‘xtamga kela olinmagani tasdiqlab berdi.
Fikrimizcha, Yevropa Ittifoqining kelajagini ijobiy
tomonga burish uchun eng yaxshi vosita bu Yevropa
Ittifoqi integratsiyasini kuchaytirish orqali mazkur in
-
qirozdan chiqib ketishdir. Boshqacha qilib aytganda,
uning kuchayishi barcha a’zo davlatlar uchun umumiy
yechimlar ishlab chiqilishiga olib keladi. Shu nuqtayi
nazardan inqirozga qarshi choralarni ishlab chiqishda
integratsiyalashuvni kuchaytirish ulkan ahamiyatga ega.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi tomoni
-
dan koronavirus pandemiyasi va karantin davrida
ko‘rilgan chora-tadbirlar ham o‘z vaqtida amalga