Bog'liq Korxonalarda ishlab chiqarishni tashkil qilish (1)
2.4. To‘liq shirkatlar O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksi, «Xo‘jalik jamiyatlari va
shirkatlari to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonunida to‘liq va kommandit
shirkatlar xo‘jalik shirkatlari, to‘liq shirkat va kommandit shirkat xo‘jaliklari
shaklida tashkil qilinishi, ularning huquq va majburiyatlari o‘z ifodasini topadi.
Barcha qatnashchilari birgalikda tadbirkorlik faoliyatini olib boradigan
hamda shirkat majburiyatlari yuzasidan o‘zlariga tegishli bor mol-mulki bilan
birgalikda javobgar bo‘ladigan xo‘jalik shirkatlari to‘liq shirkatlar deb aytiladi.
To‘liq shirkat tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi shaxslar bilan va tijorat
tashkilotlari o‘rtasida tuzilgan shartnomaga binoan tashkil qilinadi (2.5 - rasm).
Tijorat tashkiloti yoki tadbirkor faqat yakka holda shirkat ishtirokchisi
bo‘lishi mumkin. To‘liq shirkat ishtirokchilari huquqiy shaxs huquqi va to‘la
mustaqilligini saqlab qoladi. Bu huquqlar ularga to‘la shirkat faoliyatini olib borish
imkoniyatini beradi. To‘liq shirkat o‘z nomiga ega bo‘lib, uning barcha
ishtirokchilarning nomlarini va «to‘liq shirkat» yozuvini yoki bir necha
ishtirokchilardan tashkil topgan taqdirda uning nomlanishida «kompaniya»
so‘zlarini o‘z ichiga olishi kerak. Shirkat nomidan tadbirkorlik faoliyatini amalga
oshiradigan hamda shirkatning majburiyatlari bo‘yicha o‘zlarining butun mol-
mulklari bilan javob beradigan ishtirokchilar to‘liq shirkatlardir. To‘liq shirkat
ta’sis shartnomasida xo‘jalik jamiyatlari va shirkatlari faoliyatini aniqlovchi ta’sis
shartnomasida keltirilgan shirkatlardan tashqari qatnashchilardan har biriga tegishli
ulush miqdori, ular tomonidan qo‘shilgan hissalar miqdori, ularning tarkibi va
tartibi, shirkat ishlarida ishtirok etish shakli belgilab qo‘yiladi.
To‘liq shirkatning faoliyati, barcha qatnashchilarining umumiy kelishuvi
asosida amalga oshiriladi. Shuningdek, shirkat faoliyati barcha qatnashchilar
tomonidan shirkat nomidan ish ko‘radigan har bir yoki bir necha qatnashchi
tomonidan amalga oshirilishi mumkin. Ushbu holatda qatnashchilarning vakolatlar
qo‘llashi shirkatning qolgan qatnashchilari imzolagan topshiriq bilan belgilab
qo‘yiladi. Agar ta’sis shartnomasida shirkat ishlarini yuritish vakolatlari
beriladigan bir necha qatnashchi belgilangan bo‘lsa, bunda ulardan har biri shirkat
nomidan mustaqil ish ko‘radi. Shirkat ishlarini yuritish topshirilgan qatnashchilar
jamiyat nomidan va uning manfaatlarini ko‘zlab bajarayotgan ishlari to‘g‘risida
qolgan qatnashchilar talabiga binoan ularga to‘liq axborot berishlari shart.