Yu. S. Shokirova, E. Yunusaliyev



Download 2,17 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/197
Sana28.06.2022
Hajmi2,17 Mb.
#712752
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   197
Bog'liq
Korxonalarda ishlab chiqarishni tashkil qilish (1)

 
 
 
 
 
 
 
 
2.8 - rasm. Aksiyadorlik jamiyatlarini qayta tashkil qilish va tugatish 
AKSIYADORLIK JAMIYATLARINI QAY-
TA TASHKIL ETISH VA TUGATISH 
AJ ni qayta tashkil etish
AJ ni tugatish 
 
AJni 
qo‘shib 
yubo-
rish 
 
AJni 
birlash-
tirish 
 
AJ ni 
bo‘lish 
 
AJ ni 
ajratib 
chiqa-
rish 
 
Sud 
qaroriga 
binoan 
 
Ixtiyoriy 


43 
Ajratib chiqarish tarzida qayta tashkil etilayotgan jamiyatning kuzatuv 
kengashi aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi hukmiga ajratib chiqarish tarzida ja-
miyatni qayta tashkil etish, ajratib chiqarishni amalga oshirishning tartibi va 
shartlari, yangi jamiyatni tuzish, ajralib chiqayotgan jamiyatning aksiya va boshqa 
qimmatli qog‘ozlarini ayirboshlash imkoniyatlari va bunday ayirboshlash tartibi, 
bo‘lish balansini tasdiqlash to‘g‘risidagi masalani havola etadi. Ajratib chiqarish 
tarzida qayta tashkil etilayotgan jamiyat aksiyadorlarining umumiy yig‘ilishi ja-
miyatni ajratib chiqarish tarzida qayta tashkil etish, ajratib chiqarish tartibi va 
shartlari, yangi jamiyatni tuzish, jamiyatning aksiyalarini ajralib chiqayotgan ja-
miyatning aksiyalariga va boshqa qimmatli qog‘ozlariga ayirboshlash imkoni-
yatlari va bunday ayirboshlashni o‘tkazish tartibi, bo‘lish balansini tasdiqlash 
haqida qaror qabul qiladi. 
Jamiyat tarkibidan bir yoki bir nechta jamiyat ajralib chiqqanda ajratib 
chiqarish tarzida qayta tashkil etilgan jamiyat huquqlari va majburiyatlarining bir 
qismi bo‘lish balansiga muvofiq ularning har biriga o‘tadi. Jamiyat qonun hu-
jjatlarida belgilangan talablarga rioya etilgan holda boshqa har qanday xo‘jalik ja-
miyati yoki shirkatga aylanishga haqli.
Qayta tuzilayotgan jamiyatning kuzatuv kengashi aksiyadorlari umumiy 
yig‘ilishi hukmiga jamiyatni qayta tuzish, qayta tuzishni amalga oshirish tartibi va 
shartlari haqidagi masalalar havola etiladi. Qayta tuzilayotgan jamiyat aksiyador-
larining umumiy yig‘ilishi qayta tuzish to‘g‘risida, qayta tuzishni amalga oshirish-
ning tartibi va shartlari haqida qaror qabul qiladi. Qayta tuzish jarayonida vujudga 
keltirilayotgan huquqiy shaxsning qatnashchilari o‘zlarining qo‘shma majlislarida 
uning ta’sis hujjatlarini tasdiqlash hamda qonun hujjatlari talablariga muvofiq 
boshqaruv organlarini saylash to‘g‘risida qaror qabul qiladilar.
Jamiyat qayta tuzilganda qayta tashkil etilgan jamiyatning barcha huquqlari 
va majburiyatlari o‘tkazish dalolatnomasiga muvofiq yangi vujudga kelgan 
huquqiy shaxsga o‘tadi. Jamiyatni tugatish esa uning huquq va majburiyatlari 
huquqiy vorislik tartibida boshqa shaxslarga o‘tmagan holda jamiyat faoliyatining 
to‘xtatilishiga olib keladi. Jamiyat ixtiyoriy ravishda tugatilgan taqdirda tugatila-
yotgan jamiyatning kuzatuv kengashi, aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining hukmiga 
jamiyatni tugatish va tugatish komissiyasini tayinlash to‘g‘risidagi masalani havola 
etadi. Ixtiyoriy ravishda tugatilayotgan jamiyat aksiyadorlarining umumiy 
yig‘ilishida tugatish komissiyasining tugatish haqidagi qarori qabul qilinadi. 
Tugatish komissiyasi tayinlangan paytdan e’tiboran, jamiyat ishlarini 
boshqarish bo‘yicha vakolatlar tugatish komissiyasiga o‘tadi. Tugatish komissiyasi 
tugatilayotgan jamiyat tomonidan sudda ishtirok etadi. Agar davlat tugatilayotgan 
jamiyatning aksiyadori bo‘lsa, tugatish komissiyasi tarkibiga davlat mol-mulkini 
tasarruf etish vakolati berilgan organ vakili kiritiladi. Bu talab bajarilmagan taqdir-
da jamiyatni davlat ro‘yxatidan o‘tkazgan organ tugatish komissiyasi tayinlanishi-
ga rozilik berishga haqli emas. Jamiyatni tugatish tartibi quyidagicha amalga 
oshiriladi: 
1. Tugatish komissiyasi huquqiy shaxslarni ro‘yxatga olish to‘g‘risidagi 
qonuniga muvofiq ma’lumotlar e’lon qilinadigan matbuot organlarida jamiyatning 
tugatilishi, kreditorlarning talab qo‘yish tartibi va muddatlari to‘g‘risida xabar 


44 
e’lon qiladi. Kreditorlarning talab qo‘yish muddati jamiyat tugatilishi to‘g‘risida 
xabar e’lon qilingan sanadan e’tiboran ikki oydan ko‘p bo‘lmasligi lozim. Agar tu-
gatish to‘g‘risida qaror qabul qilingan vaqtga kelib jamiyat o‘z kreditorlari oldida 
majburiyatlarga ega bo‘lmasa yoki kreditorlar bilan hisob-kitob qilib bo‘lingandan 
keyin tugatilayotgan jamiyatning qolgan mol-mulki tugatish komissiyasi tomoni-
dan aksiyadorlar o‘rtasida quyidagi navbat bo‘yicha taqsimlanadi: 

birinchi navbatda qaytarib sotib olinishi lozim bo‘lgan aksiyalar bo‘yicha 
to‘lovlar amalga oshiriladi; 

ikkinchi navbatda imtiyozli aksiyalar bo‘yicha yozilgan, biroq 
to‘lanmagan dividendlarni va jamiyat nizomida imtiyozli aksiyalar 
bo‘yicha belgilangan tugatish qiymatini to‘lash amalga oshiriladi; 

uchinchi navbatda tugatilayotgan jamiyatning mol-mulkini oddiy aksiya-
lari bor barcha turdagi imtiyozli aksiyalarning egalari bo‘lmish 
aksiyadorlar o‘rtasida taqsimlash amalga oshiriladi. 
2. Mol-mulkni har bir navbat tartibi bo‘yicha taqsimlash avvalgi nabat tartibi 
bo‘yicha mol-mulk to‘liq taqsimlab bo‘linganidan keyin amalga oshiriladi. Agar 
jamiyatning mavjud mol-mulki yozilgan, biroq to‘lanmagan dividendlar va jamiyat 
nizomida belgilangan tugatish qiymati bir turdagi imtiyozli aksiyalarning egalari 
bo‘lmish barcha aksiyadorlarga etarli bo‘lmasa, mol-mulk ana shunday turdagi 
imtiyozli aksiyalar egalari bo‘lmish aksiyadorlar o‘rtasida, ularga qarashli shu 
turdagi aksiyalarning soniga mutanosib ravishda taqsimlanadi. Chet ellik investor 
mol-mulkni tugatish qiymatining o‘zi olgan qismini belgilangan tartibda 
ayirboshlashga haqlidir. 
Qonun huquqiy shaxslarni qo‘shib yuborish, birlashtirish yoki qayta tuzish 
tarzida qayta tashkil etishni vakolatli davlat organlarining roziligi bilangina amalga 
oshirishi mumkin. Yangi tuzilgan huquqiy shaxslar davlat ro‘yxatiga olingan pay-
tdan e’tiboran jamiyat qayta tashkil etilgan deb hisoblanadi. Jamiyat boshqa ja-
miyatga qo‘shib yuborish yo‘li bilan qayta tashkil etilganida davlat ro‘yxatga olish 
organi qo‘shib yuborilgan jamiyat o‘z faoliyatini to‘xtatgani haqidagi yozuvni 
huquqiy shaxslarning yagona davlat reyestriga kiritgan paytdan e’tiboran qayta 
tashkil etilgan deb hisoblanadi. 

Download 2,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   197




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish