Yu. S. Shokirova, E. Yunusaliyev



Download 2,17 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/197
Sana28.06.2022
Hajmi2,17 Mb.
#712752
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   197
Bog'liq
Korxonalarda ishlab chiqarishni tashkil qilish (1)

2.5. Kommandit shirkatlar 
 
Shirkatning majburiyatlari yuzasidan o‘zining butun mol-mulki bilan 
javobgar bo‘ladigan bir yoki undan ortiq qatnashchilari bilan bir qatorda 
javobgarligi qo‘shilgan hissalar summasi doirasidagina cheklanadigan bir yoki bir 
necha qatnashchisi (kommanditchilar) ham bo‘lgan xo‘jalik shirkati kommandit 
(aralash) shirkat deb e’tirof etiladi. 
Shaxs faqat bitta kommandit shirkatda to‘liq sherik bo‘lishi mumkin. To‘liq 
shirkat ishtirokchisi esa kommandit shirkatga to‘liq sherik bo‘la olmaydi. 
Kommandit shirkatning firma nomi barcha to‘liq sheriklarining nomlari 
(nomlanishi)ni, shuningdek, kommandit shirkat degan so‘zlarni yoki kamida bitta 
to‘liq shirkatning va «kompaniya» degan so‘zlar qo‘shilgan nomni o‘z ichiga olishi 
kerak. Agar kommandit shirkat firma nomiga hissa qo‘shuvchining nomi kiritilsa, 
bunday hissa qo‘shuvchi to‘liq sherikka aylanadi. 


29 
Kommandit shirkatning ta’sis shartnomasida to‘liq shirkatlar uchun ko‘zda 
tutilgan majburiyatlar bilan birga kommanditlarning shirkat mol-mulkidagi 
ulushlarining umumiy miqdori, ular tomonidan o‘z hissalarini qo‘shish miqdori 
tarkibi va tartibi, ya’ni shirkat kommanditchilari huquq va burchlari quyidagicha 
aks ettiriladi: 

kommanditchi kommandit shirkatga a’zo bo‘lib kirishda ham pulli, ham 
moddiy hissa qo‘shishga haqlidir; 
Kommanditchi: 

topshiriq mavjud bo‘lganda topshiriqqa muvofiq kommandit shirkat 
tomonidan ish ko‘rishi; 

shirkat tugatilgan taqdirda to‘liq mas’uliyatli qatnashchilariga nisbatan 
hissasi birinchi navbatda qaytarib berilishini talab qilishi; 

unga shirkat faoliyati to‘g‘risidagi balanslar va yillik hisobotlar taqdim 
etilishi, shuningdek, ularning to‘g‘ri tuzilishini tekshirish imkoniyati 
berilishini talab qilish huquqiga ega; 

kommandit hissalari va qo‘shimcha badallar ta’sis shartnomasida nazarda 
tutilgan miqdorda, usulda va tartibda qo‘yiladi. 
Kommandit shirkatni davlat ro‘yxatiga olish paytiga qadar aksiyadorlardan 
har biri o‘z badali summasining kamida 25 % ini qo‘yadi. 
Nizom sarmoyasi tarkibi va miqdorida har bir to‘liq shirkatchilarning nizom 
sarmoyasidagi ulushi miqdori va ulushni o‘zgartirish tartibi, ya’ni to‘liq shirkatlar 
tomonidan omonat pullarini kiritish tartibi miqdori, tarkibi va muddatlari, omonat 
pullarini kiritish majburiyatlarini bajarmaganligi uchun to‘liq shirkatlarning 
javobgarligi; kommandit shirkat nizom sarmoyasida omonatchilar tomonidan 
kiritilgan omonat pullarining ulushiy miqdori ko‘rsatiladi. 
Omonatchilar shirkatdan chiqib ketishda to‘liq sheriklardan farq qilib, 
faqatgina o‘zlarining nizom sarmoyasiga qo‘shgan omonatlarini oladilar xolos. 
Ular nizom sarmoyasidagi ulushga teng mulk qismini olish huquqiga ega emas, 
ammo shirkat ularning nizom sarmoyasiga kiritgan omonatlarini qaytarib berishi 
shartligi ularning xo‘jalik jamiyatlaridan farqini ko‘rsatadi. Kommandit 
ishtirokchilari nizom sarmoyasidagi o‘z ulushini kommandit shirkat 
ishtirokchilarining roziligisiz ham boshqa shaxsga berib yuborishlari mumkin. 
Kommandit 
shirkatni 
boshqarish 
xususiyatlari 
shulardan 
iboratki, 
kommandit shirkat ishlarini boshqarish faqat to‘liq mas’uliyatli qatnashchilar 
tomonidan amalga oshiriladi. Kommanditchilar kommandit shirkatning ishlarini 
boshqarish yuzasidan to‘liq mas’uliyatli qatnashchilar faoliyatiga to‘sqinlik 
qilishga haqli emaslar. 
Kommandit shirkatni tugatishning o‘ziga xos xususiyatlari shundaki, to‘liq 
shirkatni tugatishda nazarda tutilgan holatlardan tashqari, kommandit shirkatchilar, 
shuningdek to‘liq mas’uliyatli barcha qatnashchilar chiqib ketgan taqdirdagina 
tugatiladi. 
Barcha kommanditchilar chiqib ketgan taqdirda, to‘liq mas’uliyatli 
qatnashchilar shirkatni tugatishi o‘rniga uni to‘liq shirkatga aylantirishlari ham 
mumkin. 


30 
Kommandit shirkat ixtiyorida mavjud bo‘lgan pul mablag‘lari, tugatish 
chog‘ida uning mol-mulkini sotishdan olingan tushumni ham qo‘shgan holda, 
shirkatning yollangan xodimlari mehnatiga haq to‘lash bo‘yicha hisob-kitob 
qilinganidan so‘ng banklar, byudjet, boshqa kreditorlar oldidagi majburiyatlar 
bajarilgandan keyin, birinchi navbatda kommanditchilar o‘rtasida ularning 
hissalarini qaytarish uchun taqsimlanadi. Undan keyin esa, to‘liq mas’uliyatli 
qatnashchilar o‘rtasida amaldagi qonunda va ta’sis shartnomasida nazarda tutilgan 
tartibda taqsimlanadi. Aksiyadorlarga ularning hissalarini to‘liq qaytarish uchun 
shirkatning mablag‘lari yetmay qolishi ham mumkin. Bunday hollarda mavjud 
mablag‘lar qatnashchilar o‘rtasida ularning shirkat mol-mulkidagi ulushlariga 
mutanosib ravishda taqsimlanadi. 
Kommandit shirkatda uning to‘liq ishtirokchilari tijoratchi huquqiy shaxslar 
bo‘lib, omonatchilari esa har qanday shaxslar bo‘lishi mumkinligi tadbirkorlik 
faoliyatini amalga oshirishda ma’lum qulayliklar yaratadi. 

Download 2,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   197




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish