O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga o‘zgartishlar va qo‘shimcha kiritildi. Bu haqda Norma.uz yozmoqda.
35-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etiladi:
«Quyidagi holatlar, ya'ni kam ahamiyatli qilmishlar; zaruriy mudofaa; oxirgi zarurat; ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsni ushlash chog‘ida zarar yetkazish; buyruqni yoki boshqacha tarzdagi vazifani bajarish; kasb yoki xo‘jalik faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan asosli tavakkalchilik; jismoniy yoki ruhiy majburlash yoxud qo‘rqitish natijasida qilmish sodir etish jinoyatni istisno qiluvchi holatlar deb topiladi»;
38-moddaning beshinchi qismi chiqarib tashlandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |