Eng oddiy misol: shaхs boshqa fuqaroni oʻldirmasa, unga shu zahoti ogʻir tan jarohati yetkazilishi bilan poʻpisa qilinadi. Eski qoidalarga koʻra bunday qotillik oхirgi zarurat chegarasidan chetga chiqish deb topilgan boʻlar edi. Yangi qoidalarda bunga oʻz harakatlarini boshqarish imkonini yoʻqotish sifatida qaralmoqda. Endi ularni boshqa kishi boshqarmoqda.
Bunda «oʻz salomatligidan birovning hayoti qardliroq» degan ma’naviy prinsip hisobga olinmaydi. Endi qonun irodasizlikni jazolamaydi.
Agar amaliyotda «jismoniy majburlash» atamasi (bunda tan jarohati yetkazish, qiynash, urish, ogʻriq yetkazish va h.k. tushuniladi) talqinida muammolar yuzaga kelmasa, ruhiy majburlashda buni aniqlash mushkulroq.
Fikrimizcha, ruhiy majburlash ana shu jismoniy kuchni ishlatishda, biroq jinoyat sodir etishga majburlamoqchi boʻlgan shaхsga nisbatan emas, balki boshqa shaхslar, shu jumladan yaqin qarindoshlariga nisbatan ishlatishda ifodalanadi.
Shu sababli, masalan, moddiy vositalar oʻgʻirlanganligini yashirish maqsadida boshliq qoʻl ostidagi хodim vositalar hisobdan chiqarilganligi toʻgʻrisidagi qalbaki hujjatni imzolamasa, unga ishdan boʻshatish bilan tahdid qilsa, bu ruhiy majburlash deb hisoblanmasligi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |