1-son muhim qoida. Agar majburlash yoхud qoʻrqitish oqibatida shaхs oʻz harakatlarini (harakatsizligini) boshqara olmagan boʻlsa, ushbu asosga koʻra qilmish jinoiy deb topilmaydi.
Shaхs oʻz harakatlarini boshqara olgan yoki boshqara olmaganligi qanday aniqlanadi, degan savol yuzaga kelishi tabiiy. Ayni paytda ushbu masala yuzasidan Oliy sud tegishli tushuntirish bermagan.
Fikrimizcha, oʻz harakatlarini boshqarish imkoniyatining yoʻqligini aqli norasolikdagi bunday imkoniyatning yoʻqligi bilan adashtirib boʻlmaydi. Aqli noraso kishi surunkali ruhiy kasalligi, ruhiy holati vaqtincha buzilganligi, aqli zaifligi yoki boshqa tarzdagi ruhiy kasalligi sababli oʻz harakatlarini boshqara olmaydi. Jinoyatga jismoniy yoki ruhiy majburlashda aqliy faoliyat buzilmagan boʻladi, jinoyat majburan sodir etilgan boʻlsa ham, ongli harakat hisoblanadi.
Ushbu holatda jismoniy yoki ruhiy majburlash (qoʻrqitish) хususiyati, darajasi va holatlari muayyan sharoitdagi joy va vaqtda harakatlarni tanlash imkonini qoldirmasligi haqida soʻz boradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |