Ikkinchi seminar mashg’uloti bo’yicha topshiriqlar



Download 23,65 Kb.
Sana14.02.2021
Hajmi23,65 Kb.
#58692
Bog'liq
2-topshiriq javoblar


Ikkinchi seminar mashg’uloti bo’yicha topshiriqlar

1-savol


Mavzu va tema so’zlarining ma’nolari haqida fikr bildiring.

Tema- grekcha ‘theme’ asosga qo’yilgan narsa yoki ‘mavzu’ arabcha aynan shu ma’noni beradi. Biz 2ta atamadan ham foydalanamiz.Ijodkor tomonidan tanlab olingan va hayotning muayyan muammolarini umumiylashtirgan voqealar tasviri, ana shu akslangan hayot ko’rinishlarining mag’zini chaqish va uni g’oyaviy emotsional tarzda baholashdir. Ya’ni ijodkor bir vaqtning o’zida 3 ta vazifani, bir –biriga bog’langan va chatishgan tarzdagi yaxlit maqsadni ko’zlab ish ko’radi.

2-savol

G’oyalarni yuzaga keltiruvchi mavzular turlari haqida yozing va o’zingiz o’qigan asarlaringiz bo’yicha sharhlang.

G’oyalarni yuzaga keltiruvchi badiiy asarlarni 3ta guruhga ajratish mumkin.

Adabiy mavzular. Insoniyatga xos bo’lgan barcha fazilat u qusurlar,jumladan,sevgi, muhabbat, mehr-oqibat,vafo-sadoqat, shodlik va quvonch,g’am qayg’u, qasos,rashk, o’lim, saxiylik va baxillik, baxtu baxtiyorlik,sog’inch va jo’shqinlik bular hammasi adabiy mavzulardir.

Tarixiy mavzular. Tarixda,o’tmishdan tasvir predmetiga material tanlash va shu asosda zamondoshlarning diqqatini qiziqtirgan eng zarur muammolarga javob izlash – bosh xususiyat kasb etadi.’’Navoiy’’,’’Yulduzli tunlar’’,’’O’tgan kunlar’’,’’Kecha va kunduz’’- yaqin o’tmishimizni gavdalantiradi.

Zamonaviy mavzular.Bugungi zamonda aniq bosqich-istiqlol davri kishilarining hayotini tasvirlash va shu orqali hayotda dars berish zamonaviy mavzularga bosh xususiyatdir.

Misol tariqasida o’zim mutolaa qilgan, tarixiy mavzuga xos bo’lgan’’O’tgan kunlar’’ asarini oladigan bo’lsak, bu romanda XIV asrning 2- yarmidagi hayot ko’rinishlarini, Otabek va Homid o’rtasidagi kurashi, Kumush va Zaynab o’rtasidagi kundoshlik,ota-ona va o’g’il orzulari orasidagi qarama-qarshilik, qipchoqlar va qora-choponlar o’rtasidagi qirg’in va boshqa ko’rinishlarni keltirish mumkin.

3-savol


Asar mavzusi kompozitsiya ine’kosi xususida ekanligini izohlang.

Kompozitsiya- lotincha composio tarkib qurilish degan ma’noni bildiradi.Tasvirlanayotgan birliklarning va nutq vositalarining badiiy asar matnidagi o’zaro bo’g’liqligi va joylashish tartibi tushuniladi. U o’zida personajlarni joylashtirishni, syujet epizodlarni taqqoslashni, voqea haqidagi tartibli xabarni tasvirlash usullarining o’zgarishini, tasvirlanayotgan detallar va ifoda-tasvir vositalarining muvofiqligini, asarning qism, bob,bo’lim,band,parda,ko’rinish bo’lishini jamg’aradi.

4-savol

‘’Bahor qaytmaydi’’ asaridagi bosh g’oya va g’oyalar yig’indisi haqida fikr bildiring.

Asarda bosh g’oya har bir inson bir mevali daraxt bo’lsa, u umri davomida o’zining yaxshiliklari bilan bog’ni mevali daraxtga to’ldirishi va o’zidan iz qoldirish uchun yaxshiliklarning hosili meva yetishtirishi kerak.Yani insondan qolgan farzandlarning yaxshi tarbiya olganligi o’sha daraxtning naviga bog’liq.SHirin yoki bemazaligi uning farzandlariga bergan tarbiyasida aks etadi. Alimardondan na bog’ na meva qolmadi. Yaxshi odam faqat jism o’ladi, hech qachon nomi o’chmay qolgan yaxshi ishlari bilan birga tilga olinadi.Alimardon qabriga yo’qlab keladigan bahorfaslidan boshqa hech kim yo’qligi uning yomon odam bo’lganligidan dalolat. Odamlarni yaxshilikka undash asarda bosh g’oya hisoblanadi.

5-savol


Anor hikoyasining syujet chizig’i haqida yozing.

Anor hikoyasi 30- yillarda sho’ro istibodi kuchaygan mafkuraviy tazyiq davrining mahsulidir.’’Anor’’hikoyasi syujeti.

Ekspozitsiya- dastlabki holatda asarda yuz beruvchi voqealarning o’rni,joyi,asar qahramonlarining harakatlariga turtki beruvchi dastlabki voqealar tasvirlanadi.

Tugun- ijtimoiy konflikt-asar qahramonlari bilan ular yashayotgan sharoit o’rtasidagi kurash . Er tugunchani xotiniga berdi, xotini shu yering o’zida eshik oldida o’tirib tuguncgani ochdida, birdab bo’shashib ketdi…. Bu tugunnu hosi qiladi.

Voqealar rivoji- tugundan boshlab to kulminatsion cho’qqigacha tasvirni topgan voqealar- voqea rivoji hisoblanadi.

Kulminatsiya- syujet rivojining eng yuqori cho’qqisi sanaladi.

Yechim- asar syujetidagi voqea va qahramonlar taqdiri hal qilinadi.

6-savol


Syujet va voqeylik. Ularning o’zaro aloqasi haqida yozing.

Syujet – fransuscga predmet, mazmun,narsa. Badiiy asar mazmunini tashkil etadigan, bir biri bilan o’zaro bog’liqlikda kechadigan qahramonlar o’rtasidagi aloqalardan tarkib topgan voqealar tizimi barcga epic,drammatik va liro-epik turdagi badiiy asarlarda syujet mavjud boladi. Kopgina lirik asarlarda ko’zga yaqqol tawlanib turadigan syujet tizimi yo’’q. Ulardagi his tuyg’u va kechinmalar rivoji qaysidir ma’noda lirik asar syujetini tashkil etadi. Ayrim adabiyotshunoslar syujetlik umman lirik turga xos xususiyat emas deb hisoblaydi. Chinki lirik asarda voqealar tizimi bo’lmasligi ham mumkin. Ayni chog’da syujet faqa voqealar tizimidan iborat emas. Badiiy asarda tasvirlangan voqealar tizimining o’zaro munosabatiga ko’ra syujet asosan xronika voqeaband va konsentrik voweaband bo’lmagan turlarga bo’linadi/

7-savol

She’riyatda syujetning aks etishi xususida tahlil keltiring.

Tugun. Bosh g’oya birinchi qism.

Ey nasimi subh, ahvolim diloromimg’a ayt,

Zulfi sunbul, yuzi gul,sarvi gulandonimg’a ayt.

Voqealar rivoji. Yordamchi g’oya ikkinchi qism.

Buni la’li xasratidin qon yutarmen dam badam,

Bazmi aysh ichra lab-lab boda oshyonimg’a ayt.

Kim talhu boda zahru ayshi rangin bo’lg’onin,

La’li shirin , lafzi rangin sho’xi xudkomimg’a ayt.

SHomi hijron rozg’orning tiyra ne uchun qildi deb,

So’rmag’il mendin bu so’zni subhi yo’q shomimg’a ayt.

Kulminatsiya

Ey karomat go’y ishim og’ozi xud isyon edi,

SHa’m raxmat partovi yetgaymu anjonimg’a ayt.

Yechim bosh g’oya xulosasi uchinchi qism

Yo’q Navoiy Bedil oromi g’am ichra ey rafiq,

Zilolini zinhorkim, ko’rsang diloromimg’a ayt.

8-savol

Kompozitsiya komponentlarini to’liq izohlang va misolar keltiring

Kompozitsiya- lotincha composio tarkib qurilish degan ma’noni bildiradi.Tasvirlanayotgan birliklarning va nutq vositalarining badiiy asar matnidagi o’zaro bo’g’liqligi va joylashish tartibi tushuniladi. U o’zida personajlarni joylashtirishni, syujet epizodlarni taqqoslashni, voqea haqidagi tartibli xabarni tasvirlash usullarining o’zgarishini, tasvirlanayotgan detallar va ifoda-tasvir vositalarining muvofiqligini, asarning qism, bob,bo’lim,band,parda,ko’rinish bo’lishini jamg’aradi.

1- sarlavhasi ‘’aniqlik va qisaqalik nasrning birinchi ustunligidir. Ufikrni fikrni talab etadi, busiz go’zal ifoda hech narsaga xizmat qilmaydi/

Misol; Tohir Malik ‘’SHAYTANAT’’,’’Abdulla Qahhor ‘’O’G’RI, BEMOR’’ va b.r.

2 Epigraf- yunoncha epigraphe – yozuv. Hikmatli so’z, maqol parcha yoki iboralarning boshqa bir asar uning sarlovhasidan keyin qismi va bobining boshlarida bittasini yoki bir nechtasini keltirish mumkin.

Misol/ Said Ahmadning Qorako’z Majnun hikoyasidir.

3 Lirik chekinish- san’atkor asarida yaratayotga syujet voqealaridan ba’zida o’zi ham ta’sirlanib keatdi,qalbida tug’yonlar, hislar,fikrlar quyulib kelaveradi. Shu jarayonda syujjet voqealarini to’xtatadda ana shu kechinmalarni ifodalaydi.

Misol, A.Qodiriy ‘’O’tgan kunlar’’

4- qistirma epizod . Syujet yo’nalishiga aloqador bo’lmagan ammo asarning g’oyaviy mazmunini kop tarmoqli qiladigan uni chuqurlashtiradigan qo’shimcha voqea qistirma epizod sanaladi



5 badiiy qoliplash- G’oyaviy mazmun va kompozitsion jihatdan bog’lab mustaqil voqealarni tasvirlash usuli.
Download 23,65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish